"Himoyaga ruxsat etilsin"


II BOB. BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA JISMONIY CHINIQISHGA BARQAROR EHTIYOJLARNI SHAKLLANTIRISH



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə6/15
tarix02.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
DURDONA BMI 2023 (2)

II BOB. BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA JISMONIY CHINIQISHGA BARQAROR EHTIYOJLARNI SHAKLLANTIRISH

2.1. Talabalarning jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarini shakllantirish modeli


Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar barcha davrlarda qaraganda bugungi kunda o‘ta dolzarb masalalardan biri sifatida kun tartibiga chiqmoqda. Chunki har bir davrning taraqqiyoti faqat ilm-fan negizida qurilsagina istiqbolli natijalarni qayd etishi barchaga kundek ravshan bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan zamonaviy dinamik rivojlanayotgan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o‘zgarishi sharoitida, oliy ta’limdagi innovatsion jarayonlarni yanada yuqori sifat bosqichga olib chiqadigan va uning samaradorligini belgilaydigan ta’lim paradigmalarini modernizatsiya qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayon bevosita jismoniy tarbiya va sport sohasiga ham daxildor bo‘lib, bu borada bir qator tadqiqotchilar tomonidanlmiy izlanishlar olib borilgan. Xususan, tadqiqotchi I.V. Manjeley zamonaviy jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti darajasini tahlil qilib, inson va atrof-muhit munosabatlarining epistemologik va ontologik rejalari mos kelmasligiga asoslanib: jismoniy tarbiya va sport muhitining pedagogik salohiyatini anglash va uni realizatsiya qilish vositalari hamda usullarining yetarli darajada rivojlanmaganligi [36] kabi qarama-qarshiliklarni ajratib ko‘rsatgan. Bu albatta shaxsni barkamol rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatuvchi omillarda hisoblanadi.


Talabalar o‘rtasida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ehtiyojlarni qaror toptirish, har tomonlama rivojlangan sog‘lom shaxsni shakllantirishning muhim vazifalaridan biri bo‘lib, bunda ma’naviy boylik, axloqiy poklik va jismoniy barkamollik tabiiy ravishda birlashtirilgan tizimga ega bo‘lishi lozimligi haqidagi ilg‘or fikrlarni ilgari surishgan.
Shaxs sog‘lom turmush tarzi muammosining uslubiy tahliliga asoslanib, shuni aytishimiz mumkinki, sog‘liqni saqlash motivatsiyasi - bu jismoniy tarbiya jarayonida harakat yondashuvini maqsadli tashkil etish, harakat sababini aniqlashtirish, o‘zaro bog‘liq va bo‘ysunadigan faoliyat motivlari tizimini muvofiqlashtirish ustuvorlik kasb etadi. Bunda ta’lim oluvchining mavjud ehtiyoj ko‘rsatkichi, qiymat yondashuv mezonlarida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, uning negizida ta’lim oluvchida quyidagi motivatsion komponentlarni ajratish mumkin:
- salomatlikni mustahkamlovchi;
- psixofiziologik;
- kognitiv;
- ijtimoiy-axloqiy;
- professional.
Ushbu komponentlarning - motorli, intellektual, axborot, dunyoqarash va boshqa kombinatsiyasi har bir ta’lim oluvchiga individual ravishda sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlari o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatishga imkonni beradi. So‘nggi yillarda jamiyatimizda pedagogik jarayonni texnologiyalashtirish va modellashtirishga ta’lim, sport didaktikasi va psixologiyasi, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish hamda moslashuvchan jismoniy madaniyat sohasidagi yetakchi omillar bunga asos bo‘lmoqda.
Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport sohasida "texnologiya" va "pedagogik texnologiya" tushunchalari XX asr oxirida XXI asrning boshlari keng qo‘llanila boshlandi. Ushbu konsepsiyaning joriy etilishi ko‘p jihatdan ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, yangi usullarini izlash, qo‘yilgan pedagogik maqsadlarni kafolatlanganligi bilan izohlanadi. Ta’kidlash lozimki bugungi kunda pedagogik jarayonni texnologiyalashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etib, soha mutaxassislarini diqqat markazidagi manba bo‘lib, uni ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Ma’lum bir tizimda yangi texnologiyani qo‘llash orqali bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tish jarayonini innovatsion yondashuv natijasi sifatida baholash mumkin.
Tadqiqotchi N.V. Moskalenkoning ilmiy qarashlariga ko‘ra innovatsion rivojlanish "birdaniga" tamoyili bo‘yicha amalga oshishi mumkin emas, u kamida beshta: individual o‘qituvchilar darajasidagi yangilik (ularning malakasini oshirish, izlanish faoliyatini rag‘batlantirish va boshqalar); mavjud tartiblar darajasidagi yangiliklar (jismoniy madaniyat va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazishning yangi shakllari va o‘qitish sifatini nazorat qilish); tashkilot tuzilmasidagi kompetentlik, majburiyat va funksiya o‘zgarishi, qayta taqsimlashga olib keladigan yangi qoidalar, tashkilot ichidagi munosabatlar, alohida xodimlar yoki guruhning xatti-harakatlari; tashkilotni rivojlantirishning yangi strategiyasi va o‘qituvchilarning qadriyat yo‘nalishlari hamda tashkiliy madaniyatning o‘zgarishi [39] kabi bosqichdan o‘tish kerak.
Shuningdek, innovatsion dastur quyidagi funksiyalarni bajarishi lozim:
-uning ishtirokchilari harakat yo‘nalishi va maqsadlarini aniqlash, ya’ni maqsadga muvofiqlikni ta’minlash vositasi bo‘lishi;
- individual ijrochi va guruhlari o‘rtasida aloqa o‘rnatish, ya’ni muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi;
-maqsadga erishishdagi muammolarni oldindan bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
-rejadan chetga chiqish uchun yechimlar taklif qilish.
Innovatsion dasturning maqsadlarini loyihalash va ularni baholashda asosiy munosabat va xususiyatlarini belgilaydigan maqsad modeli bilan ishlash lozim bo‘ladi. Albatta biror bir natijaga erishish uchun, eng avvalo, anglangan maqsad qo‘yilishi hamda uni amalga oshirish lozim bo‘lgan omil va vositalar aniqlab olinishi zarur. Shu nuqtai nazardan, istalgan natijaning tavsifi sifatida har qanday maqsad ba’zi ehtiyojlarga mos keladi va uni o‘z mazmunida aks ettiradi. Maqsadning bu xususiyati tegishli deb nomlanib, aniq yo‘naltirilgan vosita va metodlar belgilab olinadi. Ushbu maqsadni amalga oshirishda uni yuzaga chiqarish imkoniyati o‘rganilib chiqiladi. Bu jarayon maqsad-imkoniyat-munosabat deb yuritiladi. Agar buning uchun tegishli shart-sharoitlar bo‘lmasa, har qanday maqsadni amalga oshirish mumkin emas. Chunki qo‘yilgan maqsadning mazmuni mavjud resurs va cheklovlarga mos kelishi kerak. Bu real maqsad deb nomlanib, natija va samaradorlikni o‘zida aks ettiradi, bu jarayon barcha davr va sohalar uchun dolazrb masala bo‘lib, uni hisobga olish, maqsad-natija-munosabatlar qiyosiy tahlili, ilmiy-amaliy jihatdan har tomonlama o‘rganilib chiqilgan. Maqsad - zaruriy natijaning mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettirgan bo‘lishi kerakki, u amalda erishilgan samaradorlikni solishtirish imkonini berishi lozim.
Bizning qarashimizda maqsad cheklangan yoki cheksiz bo‘lishi mumkin. Cheksiz maqsad - bu ideal. Abu Nasir Forobiyning “Fozil odamlar shahri” haqidagi o‘y-fikrlarini bunga misol sifatida olishimiz mumkin. Biroq, har doim maqsad – cheklangan bo‘lib, unga erishish uchun ma’lum vaqt yoki vaqt oralig‘i talab etiladi. Shning uchun, bu xususiyatni vaqtinchalik aniqlik, natijaga erishishga qaratilgan motivatsiya deb atashimiz mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Shaxs oldiga qo‘yilgan har bir maqsad zamon va makon nuqtai nazaridan o‘z mohiyatiga ega bo‘lib, istalgan natijani olish mumkin, biroq bu xususiyat fazoviy aniqlikni talab etadi.
Bugungi kunda shaxs oldiga qo‘ygan maqsadga erishishi uchun yuqorida sanab o‘tilgan barcha xususiyatlarni diqqat markazda tutishi lozim. Jismoniy tarbiya, jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzini innovatsion dasturining maqsadi - jismoniy salomatlikni mustahkamlashga ongli munosabatda bo‘ladigan, noqulay ekotizimda barqaror sog‘lom faoliyatni ta’minlay oladigan, o‘zi va atrofdagilarni himoyasini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy omillarni o‘zida shakllantirgan jismoniy rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
Ushbu innovatsion jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish dasturini amaliyotga joriy etishdan ko‘zlangan maqsaddan quyidagi natijalarni qayd etishi mumkin:
-jamiyatda sog‘lom turmush tarzi yuzasidan ongli qarashni paydo qiladi;
-ommaviy ravishda salomatlik dasturi ishga tushadi;
-sog‘lom dunyoqarashning shakllanishi, jismoniy va aqliy ko‘rsatkichlarning barqarorligi;
- o‘z salomatligini shakllantirish yuzasidan bilimlarga ega bo‘lish va ularni amalda qo‘llash imkoniyati;
- jismoniy faollik, teran fikr yuritish, aqliy jarayonlarni barqarorlashtirish, ijodiy qobiliyat va shaxsiy xususiyatlarning rivojlanishi;
- olingan natija va yangiliklarni pedagogik tizimiga joriy etish dasturnining mukammal mexanizmini ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich amalga oshirib borish.
Albatta bu jarayon ta’lim oluvchilarning jismoniy madaniyati va sog‘lom turmush tarzi haqidagi dunyoqarashini nafaqat o‘zgartiradi, balki faoliyatining ajralmas qismiga aylanishiga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, innovatsion jismoniy madaniyat va sog‘liqni saqlash dasturi loyihasini amalga oshirish jamiyatda sog‘lom turmush tarziga e’tibor qaratgan holda ta’lim muassasalarining barcha bo‘g‘unlarida (MTM, maktab, litsey, kollej, texnikum va OTM) tarkibiy bo‘linmalar (markazlar, xizmatlar, kengashlar, klublar va boshqalar) yaratiladi, ta’lim oluvchilarning psixologik, pedagogik, jismoniy va tibbiy nazoratini amalga oshirish va ularga o‘z vaqtida amaliy yordam berish imkoniyati ortdi, ta’lim oluvchilarning shaxsiy fazilatlari va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda shaxsini shakllantirishga shart-sharoit yaratadi hamda ta’lim oluvchida jismoniy va aqliy jihatdan o‘zini o‘z tarbiyalash kompetentligini shakllantirish hamda istiqbolda uni yanada rivojlantirish ko‘nikmasini paydo qilish kabi bosqichdan o‘tish kerak.
Ushbu tavsiya etilayotgan innovatsion pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi ta’lim oluvchining jismoniy chiniqish barqarorligi va sog‘lom turmush tarzini tashkil etishda pedagogik ta’lim va tarbiya metodlarini samarali va omilkor jihatlarini qo‘llagan holda, yangicha nostandart qarash va yondashuvlar asosida mobillikni shakllantirish, kreativlikni qaror toptirish va analtik xususiyatni rivojlantirishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.
Bizning ishimizda ilgari surilgan g‘oya va qarashlarga yaqin bo‘lgan bir qator ilmiy tadqiqotlarda jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi texnologiyalar modeli ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan. Shunday texnologiyalardan biri tadqiqotchi Lyu Yun Syan tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u sog‘lom turmush tarzi motivatsiyasini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu modelda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashning murakkablik va tizimlilik masalalariga e’tibor qaratilgan. Unda sog‘lom turmush tarzi va jismoniy chiniqish bilan shug‘ullanuvchi ta’lim oluvchining sport yo‘nalishi, jinsi, yoshi, kasbi, milliy va ijtimoiy-madaniy xususiyatlari hisobga olingan holda ijtimoiy-pedagogik omillar yoritilgan. Sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatni shakllantirishda ustuvor o‘rin oliy ta’lim tizimining, birinchi navbatda, jismoniy tarbiya jarayonini


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin