"Himoyaga ruxsat etilsin"


ASOSIY QISM I BOB. SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA JISMONIY CHINIQISHGA BARQAROR EHTIYOJLARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIYASI



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə3/15
tarix02.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
DURDONA BMI 2023 (2)

ASOSIY QISM
I BOB. SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA JISMONIY CHINIQISHGA BARQAROR EHTIYOJLARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIYASI


1.1. Ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar metodologiyasi

Isoniyat tamaddumining ma’rifiy bosqichi tarkib topgan ilk bosqichida ta’lim va tarbiya masalasiga ilmiy yondashuv o‘z davriga xos ong va tafakkur nuqtai nazaridan yondashilgan. Ushbu davrda ham ta’limga e’tibor yuqori bo‘lib, tarbiyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Ta’lim jarayoni murakkab, biroq bizning nuqtai nazarimizcha shaxs tarbiyasi va rivojlanish jarayonlaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun bu borada murakkab va ziddiyatli fikr mulohazalar mavjud bo‘lib, uning yaxlit ta’rifini berishning imkoni kam bo‘lib, har bir davrda o‘ziga xos nuqtai nazarlar shakllangan.


Qadimgi va O‘rta asr mutafakkirlarining asarlarida "o‘qitish" va "o‘quv jarayoni" tushunchalari asosan "o‘qitish, uning maqsadi o‘rganishdir" deb qaralgan [26].
Tadqiqotchi V.V. Davыdovning fikr mulohazalariga ko‘ra o‘qitish bu - "o‘quv materialini o‘zlashtirishni ta’minlaydigan o‘qituvchilarning faoliyati, o‘rganish esa - o‘quvchilarning ularga taqdim etilgan bilimlarni o‘zlashtirishdagi faoliyati"dir [25].
Bizning fikrimizcha o‘qtish jarayoni bu - davlat va jamiyatda faoliyat olib boradigan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, millat ma’nfaatiga xizmat qiladigan, xalq taraqqiyoti va istiqbolini o‘z taqdiri bilan bog‘laydigan, ma’rifiy tafakkrga ega bo‘lgan maqsadli (barkamol avlodni) kadrlar tayyorlashga qaratilgan uzliksiz davomiy jarayonidir.
G.M. Kodjaspirova va A.Yu. Kodjaspirov fikr mulohazalariga ko‘ra o‘qitish bu bir tizim bo‘lib kadrlar tayyorlashning asosiy tarkibiy eelementlari, ya’ni maqsad, tamoyil, tarkib, usul va tashkiliy shakl natijadir [27].
Albatta o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchiga bir qator maqsadli bilimlar tizimini o‘z ichiga olgan axborotlar uzatiladi. Undan samarali foydalanish har bir bilim oluvchining dunyoqarashi mahsuli hisoblanadi.
Bu borada tadqiqotchi N.Sh. Ruzikulova - o‘quv axborotlaridan samarali foydalanish, ularni fan sohalarida qo‘llay olish, axborotlarning mazmun-mohiyati va funksiyasini tushunishi, ongli ravishda o‘zlashtirib borishi asosida amalga oshiriladi - degan ilmiy nazariyani ilgari suradi [43].
Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda dunyo miqyosidagi integratsiya hamda o‘zgaruvchan jamiyat ehtiyojlari va ta’limdagi ilmiy-amaliy o‘zgarishlarni aks ettiradigan yangi tushunchalar, nostadart yondashuvlar, bir-biriga zid nuqtai nazarlar asosida ta’lim texnologiyalari jadal rivojlanmoqda. Ushbu didaktik tizim o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni axborot texnologiyalari vositalari asosida ta’lim tizimiga olib kirilmoqda. Ushbu jarayonning nazariy va metodik acoclari A. Abduqodirov, U.Sh. Begimqulov va G. Ergasheva kabi tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan [14]. Bu integratsion jarayon an’anaviy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda rivojlantiruvchi, muammoli, dasturlashtirilgan, loyihaviy, interaktiv, shaxsga yo‘naltirilganligi bilan yuqori ahamiyat kasb etib, jamiyat ta’lim tizimda “onlayn” va “aralash” ta’limni keng joriy etilishida asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayon albatta mamlakatimizda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni sifatli va zamonaviy talablar doirasida samarali amalga oshirish imkonini yuzaga chiqarmoqda. Talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limning mohiyatini tushunish uchun bu borada ilmiy izlanish olib borgan tadqiqotchilarning fikr mulohazalariga e’tibor qaratish, prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy mulohazalarni ko‘rib chiqish o‘rinlidir.
Tadqiqotchi Sh.A. Amonashvili bu borada samarali ilmiy izlanishlar olib borgan va u shartli ravishda ta’lim modellarini avtoritar-imperativ va insonparvarlik tipiga ajratadi. Ta’limni tashkil etishda avtoritar-imperativ yondashuv, uning fikricha quyidagilarga asoslanadi:
- har bir bolaning individualligini e’tibordan chetda qoldrirish;
- ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarni kattalar maqsadlari va irodasiga bo‘ysundirish;
- bolani o‘zini o‘zi faollashtirishi asosida ta’limini tashkil etish jarayonidagi ishtirokini sun’iy ravishda cheklash;
- intizom masalasini asosiy pedagogik muammoga aylantirish;
- bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni keltirib chiqarish.
Shuningdek, uning fikricha, ta’limni tashkil etishdagi insonparvarlik yondashuvi anglangan faoliyat turiga mansub bo‘lib, shaxsga yo‘naltirilganlik darajasi imkon qadar bolaning individualligini hisobga olish va tarbiyalash; bolani o‘zini o‘z rivojlantirishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berish hamda to‘liq qobiliyatlarini yuzaga chiqarish jarayonining hammuallifiga aylantirish istagini ta’minlash; har bir bolaning "haqiqiy" tabiatiga, ya’ni individual psixologik tipologiyasiga e’tibor qaratish hamda bolaga nisbatan har qanday zo‘ravonlikning yo‘qligi [17; 18] bilan asoslanadi.
Demak, ta’limni tashkil etish va shaxsga yo‘nalganlik metodining ahamiyatli jihati sifatida, mavjud uslublarning ta’limga xizmat qiladigan jihatlarini olish, nostandartlaridan ta’lim uslubi safatida foydalanishdan voz kechish, chalkashlikka yo‘l qo‘ymaslik masalalarini ilmiy jihatini ochib berilganligi hamda pedagogik tizim mohiyati tahlilidan kelib chiqib, o‘qituvchining asosiy vazifasi har bir boladan shaxsni yaratishi, ushbu masalaga doimiy ravishda intilishi lozimligi, bolani shaxs sifatida rivojlanish uchun lozim bo‘lgan mavjud ishtiyoqning asosi bu erkinlikdir [18], degan fikri bizning tafakurimizga mos keladi. Darhaqiqat bola shaxsini kamol toptirish erkinlik negizida qurilib, eng avvalo, bolaga biz o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi bilish, ma’lum faoliyatni amalga oshirishda mustaqillikni yaratib berish negizida ta’lim va tarbiyani tashkil etish lozim. Sababi, bola shaxsga aylanib ertangi kunda o‘z taqdirini va kelajagini belgilash jarayonida, kasbiy faoliyati natijasini oldindan modellashtirishi muhim hisoblanadi. Ta’lim va tarbiya bolani shaxs sifatida shakllanishiga yo‘naltirishi va hayotning barcha jabhalarida u bilan sodir bo‘ladigan qiyin kurashda muvaffaqiyat qozonishiga yordam berishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Yuqoridagi mulohazalarimizga D.G. Levites tomonidan bildirilgan fikrlar ham yaqin bo‘lib, uning nuqtai nazaricha, har bir o‘quvchining qiziqishi, moyilligi, qadriyat yo‘nalishi, o‘zini bilishi o‘quv faoliyati xatti-harakatlarida namoyon bo‘lib, eng avvalo, o‘zini anglash imkoniyatidan kelib chiqadi. Shuningdek, bilish va ob’ektiv faoliyat sub’ekti individual xususiyatlariga asoslanib, bola shaxsining rivojlanishi, o‘zini rivojlantirishni ta’minlaydi [31] .
Bu borada tadqiqotchi E.V. Bondarevskayaning ilmiy qarashlari ahamiyatga molikdir. U shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishning quyidagi asosiy shartlarini ajratib ko‘rsatadi: o‘zini o‘zi anglash, faol hayotni yaratish, madaniy identifikasiya qilish, individualizasiya, shaxsiy-semantik yo‘nalish, ta’lim va tarbiyaning madaniy mazmuni, o‘quv faoliyatining dialogik va ijodiy xususiyati. U mashg‘ulotning ushbu turi insonning fikrlash, his qilish, harakat qilish kabi tabiiy xususiyatlari, qobiliyatlarini madaniyat sub’ekti sifatida aks ettiradi. Ushbu xususiyatlarning birlikda rivojlanishi shaxs (talabalar)iga yo‘naltirilgan ta’lim natijasidir [21, 79-b.].
Ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv masalasi tadqiqochi N.A. Alekseev tomonidan ham tadqiq etilgan bo‘lib, uning ilmiy qarashlari E.V. Bondarevskaya mulohazalariga o‘xshash bo‘lib, mantiqan bir birini to‘ldiradi. Jumladan, u shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim maqsadi bolada o‘ziga xos shaxs qiyofasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan o‘z-o‘zini anglash, o‘zini rivojlantirish, moslashish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi himoya qilish, o‘zini o‘zi tarbiyalash va boshqa mexanizmlarini yaratish lozim [15], degan fikrni bildiradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim borasida so‘z yuritganda I.S. Yakimanskaya quyidagilarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaydi: bolaning maktabgacha yoshdagi sub’ektiv tajribasi qadriyatlarni, so‘zlarning ma’nolarini almashish va muvofiqlashtirish shaklida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tajriba bilan bir xil shakllanishini ta’minlashi kerak. U o‘quvchilarni individual va shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarni o‘quvchilarning predmet tajribasini boyitadigan, o‘quv usullaridan foydalanishga yo‘naltirilgan, harakat vektorini o‘zgartiradigan o‘quv dasturlariga e’tibor qaratadi [46; 47; 48].
I.S. Yakimanskaya ta’limotiga ko‘ra, o‘qituvchi tomonidan har bir talabaning ta’lim qobiliyatiga e’tibor qaratishi va ta’limga yo‘nalganligini inobatga olib, uning shaxsiy rivojlanishiga xos individual xaritasini tuzishi hamda ijobiy ta’lim natijalariga erishishda muvaffaqiyatga asoslangan individual o‘quv dasturini loyihalashi hamda o‘z-o‘zini anglash, har bir talabaning mustaqilligi uchun sharoit yaratish, uning sub’ektiv tajribasini ochib berish va undan maksimal darajada foydalanish, talabalarni xatolardan qo‘rqmasdan vazifalarni bajarishni turli usullaridan foydalanishga yo‘naltirilgan darslarni tashkil etish [47] lozim.
Bu borada I.S. Yakimanskaya fikrlariga qo‘shilgan holda shuni ta’kidlash mumkinki, bugungi kunda shaxsni yo‘naltirishga mo‘ljallangan ta’lim dasturlarida individual yondashuv zamon talabi bo‘lib, har bir talabani muvaffaqiyat sari odimlashga undovchi motvatsion dars dasturlari hamda qobiliyatlarini namoyo etishga mo‘ljallangan “evristik xaritalar” loyihasini ishlab chiqish va jamiyatimiz ta’lim tizimiga joriy etish zarurdir.
Yuqoridagi tushunchalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda maktablarda o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashning yangicha zamonaviy tizimini joriy etish lozimligini ko‘rsatib turibdi, ya’ni individual psixologik hamda pedagogik xususiyatlarni hisobga olgan holda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi "bolada o‘ziga xos bo‘lgan shaxsiy qiyofani shakllantirish uchun zarur bo‘lgan o‘z-o‘zini anglash, o‘zini rivojlantirish, moslashish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi himoya qilish, o‘zini o‘zi tarbiyalash va boshqa mexanizmlarini yaratish" [47, 88-b.] zarurati mavjud.
Tadqiqotchi G.P. Narkabilovaning tahlilicha, muloqot madaniyati yuqori bo‘lgan ta’lim oluvchilar quyidagilarga ega bo‘lishi kerak: shaxsning psixologik xususiyatlari; muloqotdagi psixologik to‘siqlar va ularni yo‘q qilish usullari; xulq madaniyatining asoslari; nutq madaniyatining asoslari; tashqi ko‘rinish madaniyatining asoslari; shuningdek, muloqot faoliyatini tashkil qilish; muloqot jarayonlarini tartibga solish; tinglash va tushunish; muloqot mahorati, o‘z fikrlarini ifodalay olish; boshqalarga ta’sir o‘tkazish va ulardan o‘rganish; muloqotning mos shaklini tanlay olish; o‘zi va boshqalarni tahlil qilish va baholash; muhim vaziyatlarda kerakli qarorga kela olish singari ko‘nikmalarga ega bo‘lish boshqalar [41]. Har bir jamiyat o‘z taraqqiyotini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mezonlari asosida tashkil etishi, uning istiqbolli kelajagini belgilab berishidan dalolatdir. Shu nuqtai nazardan, jamiyat hayotiga faol kirib boradigan undagi barcha islohotlarning tebranish dinamikasiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadigan talaba shaxsi va uning faoliyati bunda asosiy o‘rinni egallaydi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim bu nafaqat o‘rganish mavzusining xususiyatlarini hisobga olish, balki uning shaxsiy funksiyalarini o‘z ichiga olgan o‘quv sharoitlarini tashkil qilish metodologiyasidir. Albatta shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning omilkorligi bir qator mavjud ob’ektiv sharoitlarga bog‘liq:
-birinchidan, kishilik jamiyatining integratsion rivojlanish jarayoni odamda ijtimoiy jihatdan odatdagidek emas, balki faol shaxsga xos bo‘lib shakllanishni, tez o‘zgaruvchan jamiyatda o‘z o‘rnini topish va unga munosib xatti-harakatni ta’minlashga omil bo‘luvchi mobillik xususiyatlarini qaror toptirishni talab qiladi;
-ikkinchidan, ijtimoiy-gumanitar soha tadqiqotchilarining fikr mulohazalari va ilmiy gipotizalariga ko‘ra, hozirgi maktab o‘quvchilarining pragmatik fikr yuritishi, faol xatti-harakatlari uning erkin va mustaqil faoliyatiga bevosita bog‘liqlikni taqozo etadi;
-uchinchidan, o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yondashuv va usullardan foydalanish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni ta’limning barcha bug‘in va jabhalariga olib kirish hamda zmonaviy pedagogik yondashuv masalasining dolzarbligi;
-to‘rtinchidan, zamonaviy ta’lim bolalar va kattalar o‘rtasidagi avtoritar yondashuvdan voz kechish, ma’rifiy dunyoqarash negizida munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda demokratlashtirish tamoyilini to‘liq joriy etish;
-beshinchidan, maktab o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalashning shaxsga yo‘naltirilgan tizimlarini yaratishda zamonaviy va milliy xususiyatlarni kesishgan nuqtasida standart mezonni ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish mexanizmining zarurligi.
Rus olimi N.A. Alekseev shaxsiy yo‘naltirilgan ta’limni - o‘quv sub’ektlarining o‘zaro ta’sirini maksimal darajada tashkil etishga hamda shaxs-sub’ekt modellashtirish xususiyatlariga yo‘naltirilgan ta’lim turidir [16], deya baholaydi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning metodik jihatlari borasida I.S. Yakimanskaya pedagogikaning mavjud modellarini shartli ravishda uchta asosiy guruhga bo‘ladi, ya’ni ijtimoiy-pedagogik, predmet-didaktik, psixologik.
Ijtimoiy-pedagogik model ta’limning ijtimoiy buyurtmasini shakllantirgan jamiyat talablarini amalga oshirdi, ya’ni oldindan belgilangan xususiyatlarga ega insonni tarbiyalaydi. Jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha ta’lim muassasalari orqali bunday shaxsning odatiy modelini shakllantirdi. Maktabning vazifasi, avvalambor, har bir o‘quvchi o‘sib ulg‘ayguncha ushbu modelga mos kelishini ta’minlovchi manba bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, odam ma’lum bir odatiy hodisa, "o‘rtacha" variant sifatida ommaviy madaniyatning tashuvchisi va namoyandasi sifatida tushunilgan. Demak, shaxsga qo‘yiladigan asosiy ijtimoiy talablar: individual manfaatlarning jamoatchilikka bo‘ysunishi, konformizm, tinglash va boshqalar.
Ta’lim jarayoni hamma uchun bir xil o‘quv sharoitlarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, unda hamma rejalashtirilgan natijalarga erishishni ko‘zda tutadi. Shaxsga yo‘naltirilgan pedagogikaning predmet-didaktik modeli, uning rivojlanishini an’anaviy ravishda tizimdagi ilmiy bilimlar predmet mazmunini hisobga olgan holda tashkil etish bilan bog‘liq. Bu o‘qitishga individual yondashuvni ta’minlaydigan mavzuni farqlashning bir turidir. Ta’limni individuallashtirish vositasi bilimning o‘zi bo‘lib, uni o‘ziga xos tashuvchisi - bilimlarni assimilyatsiya qilishning oqilona usullari, materialni taqdim etish, qayta ishlash jarayonidagi murakkabligi, yangiligi va integrasiya darajasiga qarab tashkil etilganligidir.
Didaktika quyidagilarni aniqlashga yo‘naltirilgan mavzuni farqlashga asoslangan:
1) ta’lim oluvchi turli mavzulardagi materiallar bilan ishlashni afzal ko‘rishi;
2) uni chuqur o‘rganishga qiziqishi;
3) ta’lim oluvchini turli xil predmetli (kasbiy) faoliyat turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarga yo‘naltirishi.
Mavzuni differensiallash texnologiyasi o‘quv materialning murakkabligi va hajmini hisobga olishga asoslangan bo‘lishi lozim. Unda ixtiyoriy kurslar, maxsus maktablarning dasturlari ishlab chiqiladi, ayrim o‘quv fanlarini chuqur o‘rganish va o‘zlashtirish uchun sharoitlar yaratiladi. O‘zgaruvchan ta’limning tashkil etilgan shakllari, albatta, uning farqlanishiga yordam berdi, ammo ta’lim mafkurasi o‘zgarmaydi. Ilmiy sohalarda bilimlarni tashkil etish, ularning murakkablik darajasi talaba shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni asosiy manbai sifatida tan oladi. Bunda pedagogik ta’sirning differensial shakllari (predmetli bilimlarni tashkil etish orqali) shaxs rivojlanishining mazmunini belgilab beradi [36].
Bizning qarashimizcha mavzuni farqlash ilmiy bilim sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ma’lum kognitiv faoliyatni belgilaydi. Talaba predmetli ta’limning differensial shakllarini joriy etishdan ancha oldin rivojlanadi va ular ta’sirinining bevosita mahsuli emas. Ta’lim shakllari orqali talabaning individual shakllanishiga emas, balki individual rivojlanishiga faol pedagogik yordam berish uchun zarurdir. Bu masala didaktik model doirasida hal etilishi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya jamiyatning barcha sohalarini tizimlilik kombinatsiyasi negizida ko‘rilishi lozim.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishning pedagogik-psixologik modeli yaqin vaqtgacha genetik, anatomik, fiziologik, ijtimoiy sabab va omillarning o‘zaro ta’siridan kelib chiqadigan murakkab aqliy shakllanish deb tushunilar edi. Ba’zi tadqiqotchilar bu masalaga qobiliyatlarning farqlarini o‘rganish asosida yondashish, kognitiv qobiliyatlarni o‘rganishni muhim deb hisoblamoqdalar. Bu jarayon shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini barpo etish tamoyillari va uni amalga oshirish mexanizmini ham belgilashga asos bo‘ladi. Bizningcha, o‘qitish tamoyillari - didaktikaning me’yoriy funksiyasini amalga oshirib, ta’lim beruvchi faoliyatini boshqarganligi bois, bugungi kun talabasiga yo‘naltirilgan yondashuv, ta’lim uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning prinsiplarga e’tibor qaratish lozim.
Yuqoridagi ilmiy fikr mulohazalardan kelib chiqib ta’kidlashimiz mumkinki, bizningcha shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika, ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish tashqi ta’sirning etakchi rolini ustuvor etib belgilash bir tomonlama yondashuv bo‘lib qoladi. Bunda albatta tegishli didaktik modellar ishlab chiqilib, o‘qitishga individual yondashish amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning psixologik modellari, avvalo, individual va tipik qobiliyatni hisobga olib, intellektual rivojlantirish vazifasiga bo‘ysundirilishi, oldindan rejalashtirilgan fazilatlar, xususiyatlar, qobiliyatlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish; ijtimoiy-madaniy muhit mahsuli sifatida shaxsning tipik xususiyatlarini ajratish va rivojlantirish; shaxsni rivojlantirishning asosiy manbai sifatida o‘qitish ta’sirini assimilyatsiya qilish (interiorizasiya) mexanizmini aniqlash zarurati mavjud bo‘lib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish nafaqat ilmiy–amaliy bilimlarni o‘z ichiga olgan ta’limni, balki uni samarali amalga oshirish mexanizmining texnologiyasi va metodikasini ham taqozo etadi.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin