"Himoyaga ruxsat etilsin"



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/15
tarix02.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
DURDONA BMI 2023 (2)

1.2. Jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarni shakllantirishning zamonaviy tamoyillari (konsepsiyasi, ehtiyojlari, muammolari)ni psixologik-pedagogik muammo sifatida o‘rganish

Sog‘lom fikrlovchi, keng tafakkurga ega hamda sog‘lom shaxsni tarbiyalash masalasining davlat siyosati darajasida ko‘tarilishi kelajak avlodning insoniyat taraqqiyoti va jamiyat ehtiyojiga xizmat qilishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu ma’noda, insonning sog‘lom turmush tarziga rioya etishi hamda jismonan chiniqishga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu masalada barqarorlikka erishish esa sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qarashning qay darajada jamiyat ongida shakllanganligiga bevosita bog‘liqdir. Jismoniy chiniqishga erishish va uning barqarorligini saqlab qolish masalalari yuzasidan tadqiqotchilar turli ilmiy qarash va nazariyalarni ilgari surgan bo‘lib, Yu.P. Kobyakov jismoniy chiniqish sog‘lom turmush tarziga rioya etish, har bir inson hayot faoliyatida unga to‘liq amal qilishi, kasallikning oldini olishi, sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan faoliyat turi, ko‘plab tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olgan murakkab tushuncha degan qarashni ilgari suradi. Uning fikricha, inson hayotining barcha sohalari, jumladan to‘g‘ri ovqatlanish, kayfiyatni boshqarish, jismoniy mashqlar, dam olish va nostandart odatlarni butunlay o‘zgartirishga qaratilgan hayot tarzi jismoniy chiniqishga qaratilgan omillardir [28].


M.Ya. Vilenskiyning nuqtai nazaricha jismoniy chiniqish sog‘lom turmush tarzi negizida shakllanadigan faoliyat turi bo‘lib, inson sog‘lom hayot faoliyatining konsepsiyasidir. Ushbu konsepsiya to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam jismoniy tayyorgarlik darajasini saqlash, yuqori ma’naviyat va yomon odatlardan voz kechish orqali inson shaxsida qaror topadi [22].
Ushbu tadqiqotchilarning inson jismoniy chiniqishi sog‘lom turmush negizida shakllanadi, degan ilmiy fikr mulohazalariga qo‘shilamiz. Sababi har bir inson sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘ysagina nafaqat jismoniy tarafdan chiniqadi, balki aqliy salohiyat jihatidan ham mukammallik sari rivojlanishda bo‘ladi. Bu esa, insonning mu’lum bir kasbni egallashida, to‘g‘ri hayotiy pozitsiyasini belgilashida va jamiyatda muhim “iz” qoldirishida zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bu jarayon oiladan tortib jamiyatdagi barcha ijtimoiy institutlarning funksional vazifasiga aylanishi, har bir shaxsni ongli ravishda sog‘lom turmush tarzini yaratishga yo‘naltirgan motvatsion loyihalarida o‘z aksini topishi, oila va ta’lim muassasalarining uzluksiz istiqbolli loyihalari tarkibida o‘z aksini topgan bo‘lishi hamda yoshlar tarbiyasi jismonan va ma’nan chiniqish konsepsiyasi tamoyilini o‘zida singdirishi zarur.
Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlarning jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzini yaratish muammosi alohida ahamiyatga ega. Yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy chiniqishini barqarorlashtirish, aqliy va jismoniy mehnatga yo‘naltirish muhim masala bo‘lib, mamlakatining rivojlanishiga hissa qo‘shadigan bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy farovonligi va ish qobiliyati, jismoniy va ruhiy salomatligi tarbiyasida olib borilgan istiqbolli amaliy faoliyat turi, qolaversa jamiyat ehtiyoji hisoblanadi. Albatta bu istiqbolli loyiha va ehtiyoj bevosita ta’lim muassasa faoliyatni nechog‘liq yoshlarning o‘z ustuda ishlay olishlari, ruhiy barqarorligi, ijtimoiy psixologik holatini hisobga olgan holda amalga oshirgan ta’lim-tarbiya masalasidagi yondashuviga bog‘liq.
Xususan, bu borada tadqiqotchi V.S. Babina o‘z ilmiy qarashlarida, ta’lim muassasasida o‘qish muayyan xususiyatlar bilan ajralib turadigan barqaror va moslashuvchan psixologik holatga, fiziologik funksiyalarga talablar qo‘yadigan murakkab va uzoq jarayondir, bu ayniqsa ta’lim muassasasiga kelgan birinchi yilida juda muhimdir. Ta’lim jarayonida yoshlarning tushunchalari va hayotiy stereotiplari o‘zgaradi. Shuning uchun yoshlarning jismoniy va axloqiy salomatligi nafaqat ta’lim sifatiga balki, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoit hamda atrof-muhit qulayligiga bog‘liq [19] ekanligini ta’kidlaydi. Ushbu ilmiy nazariyaga tayanib, jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzi asoslarini egallash yosh avlodning asosiy qadriyatlaridan biriga aylanishi, nafaqat jismoniy mashg‘ulotlarni, balki o‘qishni, ta’lim muassasasida ijtimoiylashuv jarayonida olgan bilim va ko‘nikmalarini ma’lum darajada o‘zlashtirishni talab qiladi hamda yoshlarni irodali bo‘lib shakllanishiga undaydi. Ma’lumki, har bir mustahkam iroda sohibi eng avvallo jismoniy jihatdan chiniqqan shaxs hisoblanadi. Shaxsning jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzi sohasidagi ma’lum bilimlari hayotga bo‘lgan munosabati, motivatsiyasi, jismoniy va ruhiy salomatligi uning davlat va jamiyatga munosib xizmat qila olishiga tayyorligini anglatadi.
Fikrimizcha, yoshlarning jismoniy chiniqishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar, sog‘lig‘iga zararli va jismoniy rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yadigan muammolar ilmiy jihatdan o‘rganilishi, ta’lim muassasalarida tashkil etilgan o‘qish faoliyati ko‘pincha ta’lim oluvchilarning jismoniy chiniqishi, sog‘lig‘i hamda jismoniy barqarorlik ko‘nikmalarining shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatishi zarur. Buning uchun yoshlarning ta’lim muassasasida birinchi yilda moslashish, turmush tarzini o‘zgartirishi hamda bir qator og‘irlashtiruvchi omillar sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:
birinchidan, yoshlarni maktab (OTM)da ta’limga olib kirish bosqichlarining psixologik adabtatsiya (moslashuvchanlik) omillariga asoslanmaganligi;

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin