"Himoyaga ruxsat etilsin"


II BOB. BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA JISMONIY CHINIQISHGA BARQAROR EHTIYOJLARNI SHAKLLANTIRISH....................................26



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/15
tarix02.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
DURDONA BMI 2023 (2)

II BOB. BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA JISMONIY CHINIQISHGA BARQAROR EHTIYOJLARNI SHAKLLANTIRISH....................................26
2.1. Talabalarning jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarini shakllantirish modeli .....................................................................................................................26
2.2. Nomutaxassis (jismoniy tarbiya va sport sohasida bo‘lmagan) ta’lim yo‘nalishi talabalari faoliyatida sog‘lom turmush tarzini barqaror shakllantirish texnologiyalari...............................................................................34
2.3. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni ta’minlash metodikasi.............................................................................................................39
Umumiy xulosalar................................................................................................49
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati....................................................................50

KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi va zarurati. Jahon tajribasini o‘rganish asosida, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy madaniyatni shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar yordamida jismoniy chiniqishga barqarorlik ehtiyojlarini shakllantirishning nazariy-pedagogik, kasbiy va shaxsiy kompetentligini oshirish, aholining keng qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, xususan, sport sohasida «Tashkent Marathon» xalqaro marafoni, «Save Aral» xalqaro ekomarafonlarini tashkil etish orqali sport turizmini rivojlantirish, individual ta’limda psixologik va yosh xususiyatlariga mos keladigan zamonaviy tamoyillarini yaratib berishga bo‘lgan zaruratni yanada kuchaytirdi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarni jismoniy barqarorlik ko‘nikmalarini shakllantirish dasturlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyo mamlakatlarining globallashuv jarayonidagi tez o‘zgarib borayotgan ijtimoiy holati va iqtisodiy voqeliklar, talabalarning jismoniy chiniqishga barqarorlik ehtiyojlarini shakllantirish g‘oyalari, mohiyatini va imkoniyatlarini har bir talabaning hayoti, kasbiy kompetentligini hamda mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlashni qayta ko‘rib chiqish, mashg‘ulotlarning ma’lum bosqichlarida zamonaviy AKT lardan foydalanish, amaliy ko‘nikmalarga ustuvorlik berish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish alohida ahamiyatga molikdir. Shu jihatdan mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida bilim va malakalarini orttirishga qaratilgan [3] mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish uchun bo‘lajak mutaxassislarni har tomonlama puxta tayyorlash, ularni jismoniy chiniqishga barqarorlik ehtiyojlarini shakllantirishga o‘rgatish zarur. Buning uchun esa jismoniy madaniyat mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etish, mavjud o‘qitish metodikalarini takomillashtirishni talab etadi.
Respublikamizda bo‘lajak o‘qituvchilarining jismoniy chiniqishga barqarorlik kompetensiyalarini shakllantirish, ularni innovatsion pedagogik metodlar asosida tashkillashtirishning nazariy, amaliy hamda kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan kompetensiyalarni aniqlash masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da mamlakat aholisining salomatlik darajasini yaxshilash, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning, o‘quvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish, sport sohasida boshqa zamonaviy usullar va yo‘nalishlarni joriy etish, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirishga [4] yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish vazifalari belgilangan. Bunda nafaqat sport yo‘nalishidagi mutaxassislarning kasbiy faoliyatining ijtimoiy mazmuni, kasbiy mahoratlarini shakllantirishda, balki nomutaxassis yo‘nalishdagi talabalarning jismoniy chiniqishga barqarorlik kompetensiyasini shakllantirish esa, zamonaviy ta’limga jamiyatimiz tomonidan qo‘yilgan talab ekanligi bilan ham dolzarbdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon hamda mazkur qaror asosidagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ning ijrosi hamda ushbu faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlar biz uchun metodologik asos vazifasini o‘taydi.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin