"Himoyaga ruxsat etilsin"



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə5/15
tarix02.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
DURDONA BMI 2023 (2)

ikkinchidan, ta’lim muassasalarida yuzaga keluvchi o‘zlashtirish bilan bog‘liq ta’lim va ta’lim muassasaga nisbatan antipatiya, ta’lim jarayonidagi “ulkan akademik yuklar” degan tushuncha bilan soxtakorona yopib ketishning ommalashganligi;
-uchunchidan, jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirish, targ‘ib qilish va qadriyatga aylantirish masalasida ta’lim muassasalarda tizimli ishlarning yo‘lga qo‘yilmaganligi.
Shuning uchun ham ta’lim oluvchilar o‘rtasida o‘zlashtirish natijalarining pastligi hamda ta’lim muassasaga bo‘lgan ijobiy fikrlardan ko‘ra salbiy qarash ustunligi haligacha mavjud. Bu omillarning mavjudligi, albatta ta’lim oluvchilarning ruhiyatiga, uning asosida esa sog‘lig‘i va jismoniy holatiga salbiy ta’sir qiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu holatlar inson organizmning moslashuvchan qobiliyatining pasayishiga, bu esa, hattoki, surunkali kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu o‘rinda jismoniy chiniqishga barqarorlik masalasini kun tartibiga qo‘yish tadqiqotchi K.V. Molodsovaning fikricha, yoshlarni surunkali kasalliklarga olib keladigan ko‘plab xavfli omillar va zararli odatlar mavjud bo‘lib, yoshlar jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzini to‘g‘ri tashkil etish borasida yetarlicha xabardor emas [28]. Shu bois yoshlarning jismoniy rivojlanish barqarorligi va sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydigan ta’lim sharoitlarini zamon talabi doirasida yangicha yondashuvlar asosida ilmiy jihatdan ko‘rib chiqish lozim, deb hisoblaymiz. Buning natijasida moslashuv mezonlari, turli xil dinamik rivojlanish tamoyiliga asoslangan dastur va loyihalar ilmiy asosda ishlab chiqilishi va ta’lim mezoniga singishi yoshlarning sog‘lig‘i, jismoniy rivojlanish, aqliy ko‘rsatkich hamda o‘qish samaradorligi manbasiga aylanishi zarur.
Albatta bu borada respublikamizda davlat va jamiyat ahamiyatiga molik bo‘lgan bir qator qonun va qarorlar ishlab chiqilib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, ma’nan va jismonan sog‘lom avlodni qo‘llab-quvvatlash doirasida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan konsepsiyalar hayot faoliyatiga joriy etilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 fevraldagi “2019-2023 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 118-son qarorning ikkinchi bandida quyidagilar ustuvor yo‘nalish va vazifa etib belgilangan:
- aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olishni ta’minlaydigan innovatsion shakllar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil etish;
- ilg‘or jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishni ilmiy-metodik ta’minlashni takomillashtirish;
- yangicha fikrlaydigan trener kadrlarni tanlash va tayyorlashni tashkil etish;
- innovatsion tafakkurli ma’muriy kadrlarni tayyorlash va tanlashni tashkil etish;
- sport tibbiyotini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzini va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- seleksiya yo‘li bilan iqtidorli sportchilarni tanlash, seleksioner trenerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish;
-jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida axborotlashtirishning yuqori darajasini ta’minlash va multimedia mahsulotlaridan foydalanish [5].
[ОКОЗ:
1.14.00.00.00 Соғлиқни сақлаш. Жисмоний тарбия. Спорт. Туризм / 14.02.00.00 Жисмоний тарбия ва спорт / 14.02.01.00 Умумий масалалар]
[ТСЗ:
1.Ижтимоий-маданий масалалар / Жисмоний тарбия ва спорт]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni 1-ilovasi, “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da esa, 2025 yilga kelib mamlakat aholisining salomatlik darajasini yaxshilashga erishish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning, o‘quvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish, yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda "ta’lim muassasalari - sport maktabi - oliy sport" tamoyilida uzviylik tizimini hamda mashg‘ulot va iqtidorli sportchi-yoshlarni saralash jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish, sport turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilar yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida sport pasportini joriy etish va muntazam ravishda yuritib borish tizimini qo‘llash; jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida sport ta’limi muassasalari mutaxassis va xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish [4] kabi yo‘nalishlar belgilangan.
Mazkur qaror va farmonlar hamda uning asosida shakllantirilgan sportni rivojlantirish, yoshlarni jismoniy jihatdan chiniqishi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan konsepsiyalar ilmiy ishimizning metodologik asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy manbalar tahlili va amaliy kuzatishlar natijalariga tayangan holda ta’kidlash mumkinki, zamonaviy ta’lim sharoitida ta’limning barcha bosqichlarida ta’lim oluvchilarning sog‘ligidagi muammolar, ularning jismoniy chiniqish bilan bog‘liq masalalar hamda sportga bo‘lgan ehtiyojlari rivojlanmasdan qolayotganligi kuzatiladi. Bunga albatta ma’lum oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy darajaning pastligi hamda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish motivasiyasining yetarli darajada shakllanmaganligini sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish barqaror emasligi, moddiy resurslar bilan to‘laqonli ta’minlanmaganligi hamda bu sohadagi kadrlar kompetentligining pastligi o‘z vaqtida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Yurtimizda dunyo hamjamiyati bilan integratsion jarayolarining tezlashgan bir davrda, ta’lim tizimilarida tahsil oluvchilarning jismoniy chiniqishga barqarorligi, sog‘lom turmush tarziga amal qilish muammosi hozirgi bosqichda har qachongidan ham dolzarb va zaruriy ehtiyojdir. Shu ma’noda jamiyat yoshlarini jismoniy chiniqish va sport bilan shug‘ullanish barqarorligini ta’minlashning konseptual yondashuvlarini tahlil qilish, ta’lim oluvchilarning jismoniy chiniqishini takomillashtirish, uning asosiy tushuncha va yondashuvlarini har tomonlama ilmiy jihatdan o‘rganish hamda istiqbolli usullarini aniqlash zarur.
Bu borada ta’lim muassasalari tahsil oluvchilarining jismoniy chiniqishi uchun zarur bo‘lgan omil va mavjud ehtiyoj xususida L.K. Sidorov va Ye.V. Xrominlar yoshlarda jismoniy tarbiya samaradorligini oshirish yo‘li va mashg‘ulotlarga yo‘naltirishda motor (konditsionerlik) qobiliyatni rivojlantirish zarurligini ta’kidlashgan [43]. Tadqiqotchi S.V. Menkovaning ilmiy qarashlariga ko‘ra, yoshlarning jismoniy chiniqishi va sport bilan shug‘ullanishida harakat madaniyatini shakllantirish ustuvor vazifa bo‘lib, ularning jismoniy holatini optimallashtirish uchun asosiy narsa harakat soni yoki yuk hajmi emas, balki motor harakatning sifati, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-biri bilan asosiy faoliyat turlari tarkibidagi o‘zaro ta’sirlashishi lozim [37].
Shuningdek, taqiqotchilar I.M. Vorotilkina va S.V. Menkova ilmiy tadqiqotlarida, yoshlarning jismoniy chiniqish va sport bilan shug‘ullanishi hayotiy zarurat ekanligi har tomonlama yoritilgan bo‘lib, talabalarning jismoniy tarbiya jarayonida motorli va kognitiv faoliyatlarining integrasiyalashuv yo‘nalishi ta’lim va sog‘liqni saqlash muammolarini kompleks echimi asosida qaralishi lozimligiga oid nazariy fikrlar ilgari surilgan [24]. Shu asosda ta’kidlashimiz mumkinki, yoshlarni jismoniy jihatdan chinqtirish zaruriy ehtiyoj ekanligi, bu borada ilmiy-amaliy tadqiqotlarni real vaziyat nuqtai nazaridan tashkil etish, jismoniy tarbiya tizimida o‘quv mashg‘ulotlarining o‘quv yo‘nalishini zamon talablariga muvofiq tashkil etish taklif etiladi. Bunda eng avvalo, nomutaxassis yo‘nalishidagi talabalarining jismoniy tarbiyaga doir maxsus bilimlar tizimini shakllantirish va mustaqil rivojlantirish hamda yoshlarning kundalik hayotda oqilona foydalanish usullarini birinchi o‘ringa qo‘yish zarur.
V.S. Yakimovichning ta’limning vazifalari (bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish) ta’lim oluvchilarning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish bilan bog‘liq ustuvorlikni o‘zida aks ettirishi lozimligi [46] ta’kidlangan.
L.I. Lubыsheva va V.K. Balsevichlarning yoshlarni jismoniy jihatdan chiniqtirish va sport bilan shug‘ullantirish masalasida yondashuvlari mohiyatan boshqacha bo‘lsada, ammo mazmunan yuqoridagi fikrlarga monand nazariy qarashlarni bildirgan holda, o‘quvchilarni sport olamiga jalb qilishni zarur shart-sharoitlari sifatida o‘quv jarayoni uchun yangi bosqichni boshlab beradi va bosqichma-bosqich ularning shaxsiy xususiyatlarini o‘zgarishga olib keladi [32; 33; 34], degan fikrni bildirishadi. Bizningcha, yoshlarda jismoniy chiniqish barqarorligini ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida munozarali qarashlar mavjud. Eng muhim e’tirozlardan biri bu, trening konsepsiyasi bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari metodikasining asosi bo‘lishi, jismoniy tarbiya masalasiga hayotiy zarurat sifatida qarash mas’ul mutaxassislarning diqqat markazidan uzoqlashib qolganligidir.
Shuningdek, yana bir omil sifatida o‘quvchilarning dastlabki jismoniy tarbiyaga ixtisoslashuvi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari (MTM va maktab) o‘quv materialining asosiy bo‘limlari bugungi zamon talabi darajasida ta’lim oluvchini jismoniy chiniqtirish va anglangan sport faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘naltira olishga to‘liq hissa qo‘shmasligi, natijada o‘quvchi ma’lum zaruriy yoshda jismoniy faoliyat turlariga etarlicha yo‘naltirilmaslik oqibatda shaxsiy qiziqishlarining yo‘qolishi hamda mavjud qobiliyatini namoyon eta olishning xronologik yosh davridan o‘tgan bo‘lishi hamdir. Ushbu ilmiy tahlilimizga yaqin fikr-mulohaza K.E. Chedov izlanishlarida ham o‘rganilgan bo‘lib, uning fikriga ko‘ra, bu kabi masalalar bolalarni tanlagan sport turiga bo‘lgan qiziqishlarining beqarorligini keltirib chiqarishi va oqibatda ikkilanish yuz beradi hamda qobiliyatini namoyon eta olmaydi [45].
Jismoniy chiniqish zarurati va muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni olib borgan S.V. Kim va L.B. Kofmanlar ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan ilmiy qarashlarini ilgari surib, asosiy e’tiborni jismoniy tarbiya, tanani chiniqtirish, sog‘lom turmush tarzi, toza muhit, ekologik madaniyatini shakllantirish va tarbiyalash vosita va usullari bilan tavsiflaydi [27].
Jismoniy chiniqish va sog‘lomlashtirish muammolaridan biri, bugungi kunda yurtimizda sog‘lomlashtirishga asoslangan musobaqa, ommaviy sport turlari, ularga motivatsion yondashuvlar barqaror loyiha va dasturlarining muntazam joriy etilmaganligi hamda ularning davriy ahamiyat kasb etayotganligida ko‘rinadi. Bu kabi masalalar jamiyatda jismoniy chiniqish va sog‘lomlashtirish masalalarini sekinlashishiga, qolaversa turg‘unlikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Ushbu masalada tadqiqotchilar V.A. Vishnevskiy va V.Yu. Salovlarning ilmiy fikr mulohazalari o‘rinli bo‘lib, o‘quvchilarning sport motivlari muhim ahamiyat kasb etishi, uning dolzarbligi yoshga qarab kamayib borishi o‘rganilgan. Shuningdek, bolalarning katta qismi uchun sog‘liq bilan bog‘liq motivlar sportga muqobil bo‘lishi, mamlakatda sport masalalariga emas, balki sog‘lomlashtirishga asoslangan musobaqalar va mukofotlarning uyg‘un tizimi mavjud bo‘lishi lozim [23].
Adabiyotlar tahlili har qanday jamiyatda jismoniy mashg‘ulotlar va sog‘lom turmush tarzining barqarorligini ta’minlash uchun eng avvalo, jismoniy madaniyat tarbiyasini modernizasiya qilish, shaxsning biologik va ijtimoiy birligi, jismoniy va ma’naviy uyg‘unlik, jismoniy madaniyatga, xalq o‘yinlari, milliy an’analarga oid qadriyatlarini o‘zlashtirishning pedagogik jihatlari talqin qilinishi zarur.
R.K. Bikmuxametov va V.I. Grigorevlar hududiy va mintaqaviy holat va real shart-sharoitlarni o‘rgangan holda amalga oshirish, jismoniy tarbiya predmeti va mazmuni muvofiqligini ta’minlash hamda tashkiliy asoslarini birlashtirish tizimini ijtimoiy-madaniy mexanizmlarini kuchaytirish zarurligini [20] etirof etishgan. Bizcha bu yondashuv bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan, aksincha bu masala konseptual ahamiyat kasb etib boradi. Bunda birinchi o‘rinda yoshlarning uyg‘un va har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan ta’lim muassasalarining hududiy joylashganligi, shahar va markaziy tumanlar hamda boshqa soha va tarmoqlar bilan integratsiyalashganligi yoki integratsiyalashuv imkoniyatlari, unga to‘siq bo‘luvchi boshqa ichki va tashqi omillar jamiyat diqqat markazida bo‘lishi kerak. Bunda ta’lim muassasalarining geografik joylashuvi (qishloq - tog‘li hudud, tog‘ oldi, tekislik va past tekislik; tuman – yon atrofi va markazi; shahar – yon atrofi va markazi) inobatga olinib, aholining kundalik turmush tarzi, jismoniy chiniqishi va sportning qaysi turi bilan bevosita shug‘ullana olishi uchun mavjud ijtimoiy-iqtisodiy ikoniyatlari, ko‘nikma va malakalar, hayotiy faoliyat tarzi, qolaversa etnopsixolgik urf-odat va madaniy qadriyatlari inobatga olinib tashkil etilsa nafaqat jismoniy chiniqishi va tayyorgarligi barqarorlashadi, qolaversa, mahalliy va milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosida sport musobaqlarida sovrinli o‘rin va unvonlar olishining zaminini yaratishi mumkin. Ushbu yondashuv yoshlarda jismoniy chiniqishni hayot tarziga aylantirib, jismoniy tayyorgarlik kompetentligini shakllantirishga yordam beradi.
Ushbu o‘rinda tadqiqotchilar G.I. Mыzan va V.V. Ponomaryovlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, atrof-muhit, mahalliy va mintaqaviy xususiyatlar nuqtai nazaridan kelib chiqib, bolalarning individual ehtiyoj va qiziqishlarini hisobga olish, ularning jismoniy tarbiya tizimida jismoniy chiniqishi va sport faoliyati muvaffaqiyatini ta’minlaydi [40].
Ma’lumki, jismoniy chiniqish va sport faoliyati yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos paradigmalar mavjud bo‘lib, bunga - shaxs paradigmasi, madaniy paradigma, kompetensiyaviy paradigma, kognitiv axborot paradigmasi, jismoniy tarbiya modernizasiyasida o‘z vektorini belgilaydigan hamda dinamik rivojlantirish xususiyatini o‘zida aks ettirgan strategiyaviy mohiyat kasb etadigan ta’limning umumiy paradigmalarini kiritish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Samaradorlikka ega bo‘lgan ilmiy fikr mulohazalarni amaliyotga tatbiq etishning mexanizmi, nostandart sharoitlarda muqobil variantlarga ega ekaligi, raqobatbardoshligi, o‘ziga xosligi va pozitsiyalar birligini aks ettirganligi ularning muvofiqligini topish imkonini yuzaga chiqaruvchi hamda birlashtiruvchi asos, ta’lim tizimida jismoniy tarbiyani takomillashtirishning gumanitar paradigmasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, yo‘nalishi jismoniy madaniyat bo‘lmagan (nomutaxassis yo‘nalishdagi) talabalarning sport mashg‘ulotlarida uning aspektlarini ko‘r-ko‘rona o‘zlashtirish kerak emas, balki qisqa vaqt ichida jismoniy tarbiya jarayonini qiziqarli va samarali qilishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatli konseptual fikr mulohaza va texnologiyalarni har tomonlama real vaziyat hamda mavjud shart-sharoitlarni tahlil qilish va tanlash kerak. Amaliy taklif va tavsiyalarni amaliyotda qo‘llashning eng maqbul usuli, bizningcha, oddiylikdan murakkablikka asoslangan dinamik xususiyatlarni o‘zida aks ettirgan evolyusion prinsiplarga asoslanishi, sport va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari o‘rtasida uzviy uyg‘unlik muhiti qaror topishi lozim. Shu bilan birga, jismoniy chiniqish va sport mashg‘uloti madaniyatida nafaqat motorni, balki ta’lim komponentini o‘z ichiga olgan ta’lim standarti ijrosini ta’minlash lozim. Xususan, mahalliy sport musobaqalariga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini, Respublika va xalqaro musobaqalariga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini, shaxsga yo‘naltirilgan sport mashg‘ulotlari, nostandart vaziyatlarga moslashish va muqobil sport turi bilan mobilizatsion shug‘ullanishga yo‘naltirilgan sport mashg‘ulotlari bilan qurallantirish masalalarini keltirib o‘tish mumkin.
Ye.V. Xromin jismoniy tarbiya fanining yangi loyiha va innovasion texnologiyalarini joriy etish ta’lim tizimida jismoniy tarbiya darslarining haftalik sonining ko‘payishining ob’ektiv sabablarga imkoniyati cheklanganligini [44] ta’kidlaydi. Biz tadqiqotchi Ye.V. Xrominning ushbu fikriga qo‘shilmaymiz, chunki bugungi kunda ta’lim tizimida pedagogik ta’lim innovatsion klasterining joriy etilishi hamda kerdit modul tizimi - ta’lim tizimidagi bu muammoli masalalarni yechimiga asos bo‘la oladi. Ta’lim tizimida faoliyat olib boruvchi mutaxassislari jismoniy tarbiya bo‘lmagan o‘qituvchilarning vazifasi ham jismoniy faollikka ega bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish, qo‘llab- quvvatlash, rivojlantirish hamda sportga qiziqishi past bo‘lgan bolalarni jismoniy bilim va madaniyatini oshirish orqali sog‘lom turmush tarzi negizida, jismoniy chiniqish barqarorligi mexanizmini amalga oshirishi zarur. Talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni ta’minlashning asosiy omillaridan yana biri bu - mashg‘ulotlarining samarador muhitini tashkil etishdir. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari muhitini faqat bitta o‘quv muassasasi yoki ta’lim tizimi doirasida tashkil etilganligi samaradorlikka yo‘naltirilgan degani emas. Bunda respublika, viloyat, shahar, tuman va qishloq kesimida tizimli va maqsadli jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanadigan sport inshootlarining mavjudligi ustuvorlik kasb etadi. Tizimli va maqsadli deganda, biz bugungi kungacha mavjud bo‘lgan sport inshootlari va muassasalari ko‘p joylarda mavjud shart-sharoit va imkoniyatlar hisobga olinmasdan barpo etilganligi, shu bois ma’lum vaqtdan keyin foaliyati to‘xtab qolayotganligi yoki to‘la quvvat bilan belgilangan maqsadga ishlamayotganligini nazarda tutyapmiz. Ushbu masalalarni bartaraf etish uchun, eng avvalo, mavjud muhit salohiyati va imkoniyatlarini hisobga olish, qolaversa, hududiy sog‘lomlashtirish, jismoniy chiniqish mashqlarini muntazam holda bajarish va uni odatga aylantirish va uning samaradorligini oshirishda sproti rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish hamda mavjud prinsipial yondashuvlarni mahalliylashtirish lozim.
Bu borada S. Boyl Angliya yoshlarini jismoniy mashq va sportga sarflanadigan vaqtini ko‘paytirish, maktablarda o‘quvchilarning kundalik o‘quv jismoniy mashg‘ulotlari uchun shart-sharoit yaratish, maktab bo‘limlarida darslar va maktablararo sport tadbirlarida ishtirok etishi uchun barcha omillarni hisobga olish, jamiyat va siyosatchilarning sa’y-harakatlari uyg‘unlagan yoshlarga jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratib berishga qaratilganligini [51] keltirib o‘tadi. Tadqiqotchi Li Min esa, jismoniy faollikni rivojlantirish strategiyalari oila va jamoat tashkilotlari darajasida birlashtirilishi lozimligi, yoshlarning jismoniy passivligi bilan bog‘liq omillar sifatida gender farqlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozimligini [52] ta’kilab o‘tadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzini amalga oshirish bilan bog‘liq konseptual yondashuv va muammolarni tahlil qilib, mutaxassis yo‘nalishidagi jismoniy chiniqish va sport mashg‘ulotlari miqdori hamda sifatini oshirishga qaratilgan dasturlarning maqsadga muvofiqligini ta’minlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
- jismoniy harakatsizlik xavfi yuqori bo‘lgan, ya’ni sport bilan shug‘ullanish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilmay qolgan hududlar davlat dasturi doirasida bartaraf etilishi;
- jismoniy chiniqish va sport mashg‘ulotlarini targ‘ib-tashviq qilishning mahalliy standart va dasturlarni ishlab chiqish;
-motivatsion, qiziqarli, xavfsiz va yoshga mos jismoniy faoliyat mashg‘ulotlarini ommalashtirish;
- jismoniy chiniqish masalasida oila, mahalla, davlat va nodavlat tashkilotlarini jismoniy faollik manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin