"Himoyaga ruxsat etilsin"



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə8/15
tarix02.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124123
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
DURDONA BMI 2023 (2)

shakllantirish modeli

amalga oshiruvchi institut o‘qituvchilarini pedagogik salohiyatiga bog‘liqligiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, ushub model quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


-sog‘lom turmush tarzining aksiologik jihatlarini aks ettiruvchi maqsadli munosabat;
-sog‘lom turmush tarzi asoslarining mazmunli jihatlari;
-pedagogik ta’sirni ularning rivojlanishiga yo‘naltirilishi;
-motivatsiyaning kognitiv, operatsion, xulq-atvor, hissiy va natijaviy komponentlarining vosita va usullari
Tadqiqotchi I.A. Konovalova ham salomatlik madaniyatini shakllantirish borasida ilmiy tadqiqot olib borgan bo‘lib, o‘ziga xos modelni yaratadi. Ushbu model quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: ijtimoiy buyurtma, maqsad, konseptual asos, pedagogik texnologiya, bosqich va darajalar, mezonlar hamda bashorat qilingan natija [29]. U biz tomonimizda tavsiya etilayotgan modelga g‘oyaviy va mazmunan monand bo‘lib, jarayonning yaxlitligi, bosqichliligi va barcha talablarni bajarilishi hamda qismlarini o‘zaro bog‘liqligini o‘z ichiga olgan bo‘lib, uchta moduldan iborat: maqsadli, tizimli jarayon va texnologik samaradorlik.
Mutaxassis yo‘nalishi talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muammosini sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishning pedagogik strategiyasini amalga oshirish orqali hal qilish mumkin. Bu strategiya, pedagogik faoliyatning maqsadli faoliyat komponenti sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa, muvaffaqiyat shartlari, usullari, texnikasi va vositalari, bosqichlari, shuningdek, talabaning turli sohalarda qobiliyatini namoyish etish, faoliyatni muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi anglashga qaratilgan pedagogik harakatlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladigan sog‘lom fikr va sog‘lom turmush tarzi mohiyatini o‘zida aks ettirgan metodik yondashuv bo‘lib, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, talabaning sog‘lom turmush tarzini yuzaga chiqaradigan norma va qoidalarini shakllantirish hamda amalga joriy etishda muhim hisoblanadi. Shuningdek, bu o‘z navbatida ta’lim oluvchining asosiy o‘quv faoliyatiga zid kelmaydi, aksincha uning kognitiv, emotsional-motivatsion, faollik bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy faoliyatlarini mustahkamlab, maqsadli axborot, tavsiyaviy yo‘nalish, o‘zini o‘zi qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmasini shakllanishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu strategiyani amalga oshirish natijasida ta’lim oluvchida milliy va umuminsoniy qadriyatga simpatik munosabatni qaror toptirish, ongli faoliyatni yuzaga chiqarish, barkamol shaxsni shakllantirish masalalari yechim topib, ijtimoiy-siyosiy faollik, iqtisodiy tushuncha va qarash, kasbiy kompetentlik hamda madaniy ong va ma’naviy dunyoqarash paydo bo‘ladi.
Mavzusiga doir olib borilgan tadqiqotlar tahliliga ko‘ra aytish mumkinki, bugungi kunda ta’lim oluvchida axborot olish va uni qayta ishlash kompetentligini shakllantirish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Axborot kompetentligi masalasi ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatning ajralmas qismiga aylashi va ustuvor masala bo‘lishi kerak. Ta’lim tizimi nafaqat jamiyatning yangi axborot muhiti haqida kerakli bilimlarni beradi, balki ta’lim oluvchida yangi dunyoqarashni shakllantiradi. Tahlil etilgan so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq axborotlar bilan ta’lim oluvchi yetarli darajada ma’lumotlar bazasi bilan ta’minlanmagan. Buning natijasida ta’lim oluvchilar faoliyatida sog‘lom turmush tarzining mohiyati, jismoniy chiniqish barqarorligining ahamiyati va salomatlikni mustahkamlash yuzasidan bilimilarning yetishmasligi kuzatilgan holda zaruriy va boshlang‘ich ko‘nikma hamda malakaning yo‘qligini ko‘rish mumkin.
Shu sababli, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, inson harakat faoliyatini samarali tashkil etishning usul va vositalari aniq ilmiy-amaliy bilimlarga tayanishi, jismoniy madaniyatini muvaffaqiyatli shakllanishini hal qiluvchi omili va kafolati ekanini ta’kidlashimiz mumkin. Shunday ekan, jismoniy madaniyat sohasida jamiyat ongini o‘stirish, ijtimoiy faolligini oshirish, mavjud bilimlarni rivojlantirish, talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirish masalasi mukammal ilmiy yondashuvni taqozo etadi.
Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan konsepsiyada asosiy tamoyillar uslubiy ahamiyatni o‘zida aks ettirgan bo‘lib, jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda shaxsning psixofiziologik birlik prinsipi hamda jismoniy madaniyati mos tarkibda ifoda etilishi zarur. Shuningdek, bu jarayonda texnologik - kombinatsiyaning murakkabligi, izchilligi, yaxlitligi, integratsion mohiyati hamda o‘zaro muvofiqlashish tamoyilini amalga oshirish mexanizmining qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan aniq dasturi va yo‘l xaritasi taklif etilishi lozim.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin