O’rgangan bilimlarimizni kundalik hayotimizga taqbiq qilish.
BOB. Yorug’lik va uning bosimi haqida 1.1 Yorug’lik haqida tushuncha Yorug’lik – inson ko’zi sezadigan elektromagnit to’lqinlar. Bu vakuumda to’lqin uzunligi 400 Nm dan 760 Nm gacha bo’lgan to’lqin uzunligiga mos keladi. Spektrning infaqizil nurlanish sohasi bilan rentgan nurlari orasida keskin chegara yo’q. Turli yoritgichlar ( Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkalari va boshqa ) Yorug’lik chiqaradi. Yorug’lik to’lqin xossaga va korpuskulyar xossaga ega. Ba’zi hodisalar ya’ni difraksiya, interferensiya, qutblanish kabilarda yorug’likning to’lqin xossalari, fotoeffekt, lyuminessensiya, atom va malekulalar spektlari kabilarda korpuskulyar xossasi namoyon qiladi. Yoruglikning to’lqin xossasini to’lqin nazariyasi, koruskulyar xossasini kvant nazariya tavsiflab beradi; har ikkala hodisa bir birini to’ldiradi. Yorug’likning korpuskulyar nazariyasini I. Nyuton, to’lqin nazariyasini X. Gyuygens, kvant nazariyasini A. Eynshteyn ishlab chiqqan. Yoruglik bosimini, ya’ni mexanik ta’sir borligini J. K. Maksvell nazariy isbotlagan. Yorug’likning issiqlik, elektr, fotokimyoviy va boshqa ta’sirlari mavjud.
Yorug’lik birliklari – Yorug’lik kuchi, yoritilganlik, ravshanlik, Yorug’lik oqimi kabi yorug’lik kattaliklari bor. Xalqaro birliklar tizmida Yorug’lik kuchini birligi sifatida kandela ishlatiladi. Yorug’lik oqimini birligi lymen, ravshanlikni birligi stilb. Fotometriyada Yorug’lik energiyasi joul, yorug’lik oqimi vattlarda o’lchanadi.
Yorugʻlik bosimi haqidagi farazni birinchi marta 1619 yilda I. Kepler kometa dumlarining Quyosh yaqinidan uchib oʻtishidagi ogʻishini tushuntirish uchun ishlatgan edi. 1873 yilda J. K. Maksvell elektromagnit nazariya asosida Yorugʻlik bosimi kattaligini hisoblab chikdi. U eng kuchli Yorugʻlik manbalari (Quyosh, elektr yey) uchun ham juda kichik miqdor ekan. Yer sharoitida u yonaki hodisalar (konveksion toklar, radiometrik kuchlar) bilan niqoblanadi. Shu sababli, Yorugʻlik bosimini sof holda oʻlchash murakkab ish. Uni birinchi marta 1899 yilda P. N. Lebedev tajribada anikdagan. Uning olgan natijalari J. K. Maksvellning hisoblashlariga moye kelgan edi. U Yorugʻlikning gazlarga beradigan bosimini oʻlchash mumkinligini 1908 yilda isbotladi. Dumli yulduzlar Yorugʻlik bosimi taʼsirida paydo buladi, deb taxmin qilinadi. Elektromagnit nazariyaga kura, jism sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit toʻlqin yuzaga keltiruvchi bosim elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi zichligi i ga teng . Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi toʻlqinlar energiyasidan tashkil topadi. Agar jism sirtining 1 sm2 ga tushuvchi elektromagnit toʻlqin quvvati Q erg/sm2s, qaytarish koeffitsiyenti R boʻlsa, u holda sirt yaqinida energiya zichligi u=Q(h+R)/c. Bundan Yorugʻlikning jism sirtiga bosimi P=Q(h+R)/c boʻladi. Yorugʻlik bosimi koʻlamlari birbiridan jiddiy farq qiluvchi astrofizika va atom sohalarida juda muhimdir. Lazerlar paydo boʻlishi bilan Yorugʻlik bosimidan turli sohalarda foydalanish imkoni keskin kengaydi .Yorugʻlik vektori (Yorugʻlik maydon nazariyasida) — Yorugʻlik energiyasining kattaligini va koʻchirilish yoʻnalishini aniklab beruvchi Yorugʻlik oqimi zichligini ifodalaydigan vektor. U fotometriyada amaliy ahamiyatga ega, uning yordamida Yorugʻlikning hajm zichligi, Yorugʻlik oqimining yutilishi, sirtning yoritilganligi va b. aniklanadi. Yorugʻlik kvanti — foton energiyasi. Yorugʻlik toʻlqin tarqatish bilan birga korpuskulyar, yaʼni kvant tabiatga ham ega boʻlishini M. Plank isbotlagan. Plank nazariyasiga koʻra, Yorugʻlik moddaning atom, molekulalaridan uzluksiz oqim tarzida emas, balki aniq miqdordagi ayrim ulushlar tarzida chiqadi va ularga shunday ulushlar tarzida yutiladi. Bu ulushlar kvantlardir. Fotoeffekt hodisasini shu nazariyaga asoslanib tushuntirish mumkin. Kvant mexanika qonunlari ham shu nazariyaga asoslangan. Yorugʻlik kuchi — koʻrinuvchi nurlanish manbaining muayyan yoʻnalishda yorugʻlanishini ifodalaydigan Yorugʻlik kattaligi. Yorugʻlik manbaidan fazoviy burchak birligi O.da tarqalayotgan Yorugʻlik oqimi F ni ifodalaydi: /=FD2. Xalqaro birliklar tizimi SIda kandela (kd) Yorugʻlik kuchi oʻlchov birligi deb qabul qilingan. Yorugʻlik kuchini aniqlash yoritish texnikasida (uyjoylarni yoritish), tibbiyotda (yorugʻlik bilan davolash), i. t. ishlarida amaliy ahamiyatga ega. Yorugʻlik oqimi. Yorugʻlik energiyasini sezishda, tabiiyki, koʻz alohida ahamiyatga ega. Inson koʻzining turli rangdagi Yorugʻlikni sezish qobiliyati ham turlicha. Shuning uchun biror sirt orqali oʻtayotgan Yorugʻlikning toʻlqin energiyasi emas, balki bu Yorugʻlik energiyasining bevosita koʻzga taʼsir etib koʻrish sezgisi uygʻotadigan qismi ahamiyatli. Biror sirt orqali vaqt birligi ichida oʻtadigan va koʻrish sezgisi bilan baholanadigan yorugʻlik energiyasi Yorugʻlik oqimi deb ataladi, yaʼni F= W/t, bunda F — Yorugʻlik oqimi; t — Yorugʻlik tushayotgan vaqt oraligʻi; W — sirt orqali oʻtayotgan, yaʼni fazoviy burchak O. da tarqalayotgan Yorugʻlik energiyasi. Agar W — nuqtaviy manbadan barcha yoʻnalishlar boʻyicha tarqalayotgan Yorugʻlik energiyasini ifodalasa, F — toʻla Yorugʻlik oqimini bildiradi. Yorugʻlik oqimining oʻlchov birligi qilib lyumen (lm) qabul qilingan. U Yorugʻlik kuchi 1 qd boʻlgan manbaning fazoviy burchak 1 sr da hosil qiladigan Yorugʻlik oqimini ifodalaydi: 1 kd1 sr=1 lm. Yorugʻlik energiyasi — inson koʻzi sezadigan elektromagnit toʻlqinlar energiyasi qismi. U Yorugʻlik oqimining yoritish davomliligiga koʻpaytmasiga teng. Yorugʻlik energiyasi birligi — lyumen x xsekund (lms).