1-topshiriq.1. Sintaktik munosabatning qanday turlari bor? Ushbu savolga yozma javob tayyorlang. 2. Sintaktik aloqa turlarining tarqalish doirasini aniqlang.
2-topshiriq.1. Qo‘shma gaplar va ularning turlarida sintaktik aloqaning qaysi turlari faoliyat ko‘rsatishini aniqlang va misollar yordamida bayon qiling.2. Kitobning varag‘i, osmondagi o‘rdaklar, Qodiriyning orzusi birikmalarini sintaktik aloqa va sintaktik munosabat turlari bo‘yicha tahlil qilib, fikrlaringizni daftaringizga qayd qiling.
3-topshiriq.1. So‘z birikmasi va unga o‘xshash hodisalarni o‘zaro qiyoslab, farqlarini tushuntiring. 2.So‘larning moslashuv, boshqaruv, bitishuv usulida bog‘lanishidan hosil bo‘lgan so‘z birikmalarida qatnashuvchi aloqa-munosabat shakllarini aniqlang va izohlang.
4-topshiriq.1. Bir bosh bo‘lakli 5 ta yoyiq sodda gap tuzib, ulardagi so‘z birikmalarini tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlang. 2. Abdulla Oripovning ona tiliga bag‘ishlangan bir she’rini so‘z birikmasining ifodalanishiga ko‘ra turlari bo‘yicha tahlil qiling.
6
2.Gap, gapning asosiy belgilari.
Predikativ-lik.Gapning ma’no-vazifasiga ko‘ra turlari.
1-topshiriq..1.«Kesim va kesimlik kategoriyasi, ularning o‘zaro munosabati» mavzusida mustaqil ilmiy axborot tayyorlang.
2-topshiriq..Quyidagi gapda modallik qanday usul va vositalar orqali ifodalangan ? Nahotki odamlar kezar darbadar ?
3-topshiriq .Quyidagi savollarga javob bering.
1.Intonatsiyaning nutqiy gapni shakllantirishdagi roli haqida gapiring. 2.Intonatsiya qaysi gaplarda predikativlikni ifodalovchi asosiy vositaga aylanadi? 3. Intonatsiyaning qanday tiplari bor?
4-topshiriq.Inkor, undov(his-hayajon) va so‘roq gaplarni hosil qiluvchi vositalarni ko‘rsating va izohlang.