1-topshiriq. Borsam,yo‘q ekansiz. Bu tuzilishiga ko‘ra qanday gap? Shu tipdagi beshta gap tuzing.
2-topshiriq. Gaplar tuzilishi jihatidan qanday me’zonlarga ko‘ra turlarga ajratilishi va shularga ko‘ra ularning turlari haqida ma’lumot bering.
3-topshiriq.1.Yoyiq va yig‘iq gaplarning turli ko‘rinishlarini ifodalang.2.Mustaqil holda 2 ta yoyiq ikki bosh bo‘lakli va 2 ta yoyiq bir bosh bo‘lakli gap tuzing.
6
4.Gapning sintaktik tuzilishi. Gap bo‘laklari. Bosh bo‘laklar.
1-topshiriq.1.Semantik-sintaktik bo‘lakning gap bo‘laklaridan farqi nimada?1.Kesimning ega bilan munosabatini ko‘rsatuvchi vositalar haqida ma’lumot bering. 2-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering Gap bo‘laklarining turi qanday aniqlanadi? Gap bo‘laklari gapda tutgan mavqeiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? Gapda gap bo‘laklaridan boshqa yana qanday sintaktik shakllar qo‘llanadi? Nima uchun ular gap bo‘lagi hisoblanmaydi? Gap bo‘laklarining tuzilishiga ko‘ra turlari haqida gapiring. 6. Ega qanday til birliklari bilan ifodalanadi? 7. Ifodalagan hukm turlari bo‘yicha kesim qanday guruhlarga bo‘linadi? 10. Kesimning tuzilishi,ifodalanishiga ko‘ra qanday turlari bor?
3-topshiriq. Gapning grammatik asosi, bosh bo‘laklarning yangicha talqinlari, ularning an’anaviysidan farqlari haqida ma’lumot bering.
6
5.Ikkinchi darajali bo‘laklar va ularning turlari
1-topshiriq To‘ldiruvchining ma’nosi,so‘roqlari, turlari, vosita-lari, ifodalanishini misollar bilan ko‘rsatib bering.
2-topshiriq Aniqlovchining ma’nosi,so‘roqlari, turlari, ifodala-nishi va gapdagi o‘rnini misollar bilan ko‘rsatib bering.
3-topshiriq. Holning ma’nosi,so‘roqlari, turlari, vositalari, ifodalanishini misollar bilan ko‘rsatib bering.