2-topshiriq. Ergash gapli qo‘shma gaplar va ko‘chirma gapli qo‘shma gap munosabati haqida ma’lumot bering.
3-topshiriq. Ergash gaplarning sintaktik vazifasiga va ma’nosiga ko‘ra turlari haqida gapiring.
4-topshiriq.Bosh va ergash gapga semantik-sintaktik tavsif bering, ularning o‘rni-tartibi haqida ma’lumot bering, buning sabablarini tushuntiring.
6
13.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap va ularning turlari.
1-topshiriq.Ergash gapli qo‘shma gaplar va ergash gapli qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni qiyosiy talqin qiling.
2-topshiriq. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning bog‘langan qo‘shma gapga sinonimligini, o‘xshashligini ko‘rsatuvchi belgi-xususiyatlarini misollar yordamida ko‘rsating.
3-topshiriq.Quyidagi gaplarni bog‘lovchi vositadalariga ko‘ra turini aniqlang. Ota-ona uchun o‘g‘ildan ko‘rgan rohat haqiqiy rohat, qolgani minnatliday tuyilaveradi.. Ota-onangiz o‘tgandan keyin, o‘zingizni sinamoq uchun ham ularni taniydiganlar bilan bir suhbatlashib ko‘ring-tamoman yangilanasiz, yuragingiz suv ichganday bo‘ladi.
4-topshiriq. Bog‘langan yoki ergashgan gapga aylantirib bo‘lmaydigan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga misollar toping, buning sabablari haqida ma’lumot bering.
6
14.Murakkab qo‘shma gap va ularning turlari.
1-topshiriq .Murakkab qo‘shma gaplarning yuzaga kelishi, ularning bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan, ergashish yo‘li bilan tuzilgan,ham tenglanish(bog‘lanish) va ergashish yo‘li bilan tuzilgan turlari haqida misollar bilan ma’lumot bering.
2-topshiriq.Teng bog‘lanishli murakkab qo‘shma gap komponentlari kesimining ifodalanish xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
3-topshiriq. Ergash gaplar bosh gapdan oldin ham ,keyin ham kelib birgalik ergashishni tashkil qilishi mumkinligini misollar yordamida asoslang.