43
bosib yozadilar.Bolalar katta barmoqdan ham yaxshi foydalana olmaydilar, buning
natijasida o’z xohishlaricha ushlaydilar. Shuning uchun ham ko’rsatkich va katta
barmoqning mayda muskullarini rivojlantirish lozim.
Tayyorgarlik mashqlarini bajarish bilan bolalar qo’llarini yozuvda kerak
bo’ladigan harf elementlarini nozik vaaniq harakatlarga tayyorlab boradilar.
Bunday mashqlarning maqsadi barmoqlar harakatining yengil va egiluvchan
bo’lishiga erishishdir. Ular o’quvchilarga harflarni to’g’ri husnixatda yozishga va
uni tez yozuvda rivojlantirishga yordam beradi.
Bu uslubni birinchi sinfning birinchi yarim yilligida yozuvga endi o’rgatishga
boshlagan davrada qo’llash katta ahamiyatga ega..Masalan ,pastga aylana shaklida
yoziladigan shtrixni yozish uchun, barmoqlarni aylana harakat qilishga mashq
qildirish lozim. Keyinchalik ular “o’”harfini yozishga ham yordam beradi.
Yozuvda yoki uslubda ko’rsatib o’tilgan mashqlarning barchasini birdaniga
bajarish mumkin emas, balki u yoki bu harf o’rgatish uchun dars jarayonida kerak
bo’ladigan, qo’l va barmoqlarni to’g’ri harakatlantirishga
Dostları ilə paylaş: