I bob. Adabiyotlar tahlili


O’yinchilar va jamoaning harakat natijalarini aniqlash usullari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə16/30
tarix22.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119299
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Нодир диплом иш 22

O’yinchilar va jamoaning harakat natijalarini aniqlash usullari

Jamoaning va o’yinchining harakat koeffitsiyenti har xil ta’sirni hisobga olgandagi o’yinchilar harakat yig’indisi orqali aniqlanadigan shartli tushunchadir. Bu har bir o’yinchining harakat samarasini ob’ektiv baholash uchun qilinadi. Ba’zida o’yinchi bir davra o’yinning boshida bir qancha ochko yutqazib, lekin o’yin oxirida bir-ikki ochko yutib, o’yinni g’alabaga olib kelishi yoki umuman teskari qilishi mumkin. Bunda har bir o’yinchini hisob 10 gacha va undan keyingi harakatlarini solishtirish qiziq. hamma koeffitsiyentlar o’yinchining umumiy harakat sonidan, ya’ni yutuqdan mag’lubiyat va o’yinda qoldirilgan to’pga qarab hisoblab chiqiladi. Boshqa qo’shimcha foydali to’siqni, to’pni qabul qilib olish sifati, ikkinchi uzatish aniqligi va shunga o’xshashlarni aniqlovchi tasnifi ham bo’lishi mumkin.


Tushunchalar aniqligi
H.K. - jamoaning, o’yinchilarning harakat koeffitsiyenti musobaqalarda va mashg’ulotlarda yutuq yoki mag’lubiyat, ko’chish ochko olish o’yinda qolgan to’pni qabul qilib olish sifati, uzatish aniqligi, blok qo’yish samarasi natijalariga qarab aniqlanadi.
I.H.K. - ijobiy harakat koeffitsiyenti ijobiy natija (+) qancha ochko yoki to’p uzatish navbatini o’yinchilar o’zlari yutganligidir.
S.H.K. - salbiy harakat koeffitsiyenti. Salbiy natija (-) qancha ochko yoki tup uzatish navbatini o’yinchilar o’zlari yutkazganligidir.
N.H.K. - nisbiy harakat koeffitsiyenti yoki har bir o’yinchining o’z jamoasidagi I.H.K. bo’yicha yutug’i va S.H.K. bo’yicha mag’lubiyati alokasi yoki farqining samaradorligidir.
Masalan, hujumdagi H.K. hammasi bo’lib 100 hujumkor zarba berilgan. YUtuq + 50 zarba.
Mag’lubiyat – 20 zarba
O’yinda qoldi 30 zarba.
Hujum natijasi foiz hisobida (%) hisobida.
«+»=x= =I.H.K. 50%

«-»=x= =S.H.K. 20%


« »= x= =30%


SHunday qilib, N.H.K. yoki samarasi barobar. N.H.K.=I.H.K.-
-S.H.K.=samara.
Samara = «+» «-» «-» = farq
% = 50% - 20% = 30%.
I.H.N.K. – ijobiy harakatlarning nisbiy koeffitsiyenti.
O’z jamoasining va qarshi jamoaning yutuq nisbiyligi (+). Masalan, jamoaning o’zi 13 ochko yutqazdi, qarshi jamoaning o’zi 30 ochko yutqazdi.
H.Y.K. – harakat yig’indisi koeffitsiyenti. O’z jamoasining yutib olgan ochkolari va qarshi jamoaning yo’qotgan ochkolari yig’indisi yoki aksincha. Masalan, o’z jamoasi 42 ochko yutdi, qarshi jamoa 30 ochko yutdi, o’z jamoamiz esa 13 ochko yutqazdi, yig’indi 43 ochkoga teng. SHunday kilib, ochkolar nisbati 72:43.
«O’zlari yutdi» atamasi karshi jamoaning xatolariga ko’rsatgan qarshiliklariga qaramasdan o’zining ustaligi, harakatga intilishi natijasida bir ochko yutib olishni bildiradi. Bundan tashqari ba’zan o’yinda tayyorlangan o’yinchi xato qilishi mumkin bo’lgan sharoit bo’ladi, o’yinchi texnik xatoga yo’l qo’yadi.
Sport mashg’ulotlari jarayonida quyidagi rejalashtirish turlari qabul qilingan.
Ko’p yillarga – perspektiv.
Bir yilga, yarim yilga – galdagi.
Har muddatga, davrga, oyga, haftaga – amaliy.
Ko’p yillik rejalashtirish.
Ko’p yillik reja bu jamoaning, o’yinchilarning mahoratini oshirish dasturi bo’lib, bunda yillar bo’yicha qo’yilgan vazifalarni yechish kuzatiladi. Bunday mashg’ulot rejasi jamoa uchun va har bir voleybolchi uchun tuziladi. Masalan, bolalar va o’smirlar jamoalari uchun uni ikki yilga yoki to’rt yilga tuzish mumkin. Oliy razryadli jamoalarda ulkan sport musobaqalari, Olimpiada o’yinlari, halqlar spartakiadasini muddatlarini hisobga olgan holda jamoaning va shaxsiy tayyorgarlikning ko’p yillik rejani to’rt yilga tuzish maqsadga muvofiqdir.
Ko’p yillik reja tuzishda shug’ullanuvchilarning boshlang’ich ma’lumoti, jamoa natijalarini analiz qilinadi, ilmiy izlanish natijalari va malakalari to’ldiriladi, o’yinni asosiy qonun-qoidada rivojlantirish o’rganiladi, o’yinchilarning jismoniy texnik va taktik tayyorlanishidagi dinamik o’zgarishi va natijalar darajasi aniqlanadi va shular asosida ko’p yillik reja ishlab chiqariladi.
Voleybolchilarning har tomonlama tayyorlanishiga bo’lgan talab yildan-yilga ortib borishi kerak. Lekin ba’zi bir o’yinchilarda ular yuqori darajada normallashib qolishi mumkin.
Trener har yili bo’ladigan musobaqalarda eng asosiysini aniqlab, ularning har biridan mashg’ulot jarayonida afzallik yo’nalishlarini o’rganishi kerak. SHu sababli ko’p yillik reja yil davomida topshiriqlar hajmini, shiddatli topshiriqlarni, tayyorlanish vositalari nisbiyligini, nazorat topshiriqlarni o’zgartirib borishi ko’zda tutiladi.
Reja tuzishda sog’lig’ining ahvoli to’g’risida vrach ma’lumotiga o’yinchilarning vazifalarni bajarish imkoniyatiga va jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda reja tuziladi.
Ko’p yillik rejalashtirish hujjatlari:
Jamoaga bo’lgan ko’p yillik reja.
SHaxsiy ko’p yillik rejalar.
Ko’p yillik rejalar faqat umumiy ma’lumotlarga ega, trener esa shunga asoslanib amaliy reja tuzadi.
Jamoa tayyorgarligining yillik rejasi ikki bo’limdan iborat: Testli qismdan va asosiy ko’rsatkichlar jadvalidan.
Ko’p yillik (perspektiv) reja bo’yicha jamoani tayyorlashning taxminiy shakli.

  1. Tayyorlash maqsadi. Asosiy musobaqalar davrida oxirgi sport natijasi va mashg’ulot jarayonining asosiy yunalishlari belgilanadi.

  2. Jamoa tarkibi va o’rinbosarlar tayyorlash. Jamoa holatini qilish vazifalari va o’rinbosarlar tayyorlash aniqlanadi.

  3. Musobaqalarda qatnashish. Musobaqalarga tayyorlanish vazifalari qo’yiladi. Tayyorlanish vaqtida o’yinchilarning umumiy soni shu bilan birgalikda kalendar va nazorat o’yinlari hisoblanadi. Jamoa qatnashadigan asosiy musobaqalar belgilanadi.

  4. Mashg’ulot topshiriqlari, asosiy vazifa va holat aniqlanadi, tayyorgarlikning yil bo’yicha mashg’ulot topshiriqlari hisobga olinadi.

  5. Tayyorlanish davriyligi, yillik tayyorlanish davrining asosiy vazifalari va ularning prinsipial tizimi aniqlanadi. Yil davomida tayyorlanish muddati va davri, ularning uzoqligi hisoblanadi.

  6. Tayyorlanish darajasi va vositalari. Tayyorlanishning har tomonlama yo’nalishi va asosiy vazifalari aniqlanadi. Yillar bo’yicha nazorat mashqlarida jismoniy va texnik tayyorlanish nozorat talablari va musobakalarda texnik usullari qo’llash topshiriqlari belgilanadi.

  7. Pedagog va vrach nazorati hisobga olish. Nazorat sinovlarini o’tkazish vaqti, vrach ko’rigi va barcha hisob qilish sistemalari nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish o’rgatiladi. Yil davomida tayyorlanish bilimlari ko’rsatkichlari qo’yiladigan jadval rejaning mazmunini yorqin ko’rsatib turadi.


Tayyorlanish bo’limlari

Bosh-lang’ich ko’r-satkichlari 20.. yil uchun

Rejalashtirish ko’rsatkichlari va ularning yillar bo’yicha bajarilishi

Es-lat-ma

20..

20..

20..

20..

Reja

Bajarilishi

reja

bajarilishi

reja

bajarilishi

reja

bajarilishi

SHaxsiy ko’p yillik rejada u, yoki bu voleybolchining imkoniyati va uning o’yindagi vazifalariga qarab jamoa rejasi ko’rsatmalari aniqlashtiriladi.
SHaxsiy ko’p yillik rejaning taxminiy shakli:

  1. Sportchi haqida ma’lumot. Umumiy va ontopometrik.

  2. Sport-texnik ta’rifnoma, jamoadagi o’rni, jismoniy rivojlanishi va nazariy tayyorgarligi, psixologik ta’rifnoma.

  3. Tayyorlanish vazifalari va maqsadi.

  • Tayyorlanishning asosiy yo’nalishlari va asosiy maqsadlari.

  • Musobaqalarda qatnashish bo’yicha vazifalari.

  • Mashg’ulot ish hajmi bo’yicha vazifalari.

  • Jismoniy, texnik, taktik, psixologik va nazariy tayyorgarlik bo’yicha vazifalari.

  1. Vrach nazorati va o’z-o’zini nazorat qilish. Nazorat sinovlarini topshirish vaqti va asosiy hamda davriylik vrach ko’rigidan o’tishi, o’z-o’zini nazorat qilish buyicha topshiriq.

  2. Tayyorlanish jadvali.




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin