I bob. Adabiyotlar tahlili


Tayyorgarlikning asosiy shakllari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə14/30
tarix22.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119299
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Нодир диплом иш 22

Tayyorgarlikning asosiy shakllari
Voleybolchilarni tayyorlashning asosiy shakllari sport mashg’ulotlari va musobaqali tayyorgarlikdan iborat. Ular bir-biri bilan bog’langan, lekin shu bilan birgalikda boshqaruvning asosiy vazifalari mazmunini aniqlovchi spetsifik xususiyatlarga ega. SHu sababli tayyorgarlikni boshqarish 2 bo’limga bo’linadi:

  1. Mashg’ulot jarayoni va musobaqali tayyorgarlikni boshqarish;

  2. Musobaqa jarayonida jamoani boshqarish.



Mashg’ulot jarayonini boshqarish
Sport tayyorlash tizimida asosiy o’rinni mashg’ulot jarayoni egallaydi. Uni muvaffaqiyatli bajarish uchun vaqt, mablag’ va energiya kam sarf qilib, yuqori samara olishni tashkil qilish kerak.
Bu masalani yechish uchun boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri mashg’ulot jarayoni va uni amaliyotda ijodiy qo’llashni yaxshi bilish kerak. Boshqaruvning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.


Sport mashg’ulotlarini rejalashtirish
Boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri rejalashtirishdir. U nafaqat butun tayyorlanish jarayonining mazmunini, balki trenerning ishi tizimini ham aniqlaydi. Rejalashtirish bu kelajakni ko’ra bilish va uni oldindan aytib berishni bilish demakdir. Voleybolchilar va voleybol jamoalarini tayyorlashni rejalashtirish, sport mashg’ulotlari tizimuida qo’llaniladigan umumiy uslub va uslubiyatlarga asoslanadi, lekin o’zining ba’zi bir spetsifik xususiyatlariga ega.
Voleybol – bu jamoa o’yini, shuning uchun rejalashtirish ham jamoa uchun va o’yinchi uchun tuziladi. YOsh guruxlar uchun umumiy reja tuziladi. Voleybolda sport ustalarining asosiy o’lchovi boshqa jamoa ustidan g’alaba qilingan bo’lsa, shu jamoaning malakasi va musobaqa masshtabi hisobga olinadi, lekin bu ko’rsatkichlar ham jamoaning mohirligini to’liq ko’rsata olmaydi, shu sababli har bir o’yinchining ko’rsatkichini baholay olmaydi. SHuning uchun tayyorlashni rejalashtirishda jamoaning va har bir o’yinchining jismoniy, texnik, taktik va o’yinga tayyorlashni ob’ektiv rejalashtiradigan va baholaydigan nazorat topshiriqlari va mashqlari keng qo’llaniladi.
Voleybol ham boshqa jamoat sport o’yinlari turlariga o’xshab qarshi jamoa bilan kurashda nafaqat shaxsiy, balki jamoa o’yinlarining birgalikdagi harakatining mukammallashtirish xususiyati xarakterlidir. SHu sababali texnik, taktik va o’yinga tayyorlanish darajasi juda muhimdir. Tayyorlanish turlariga bir yil davomida ketadigan vaqt taxminan quyidagicha taqsimlanadi: jismoniy tayyorlanish – 20%, texnik – 30%, taktik uyinga, musobaqani tayyorlashga – 50%. Bu raqamlar o’yinchilarning yoshi, malakasiga va tayyorlanish darajasiga qarab o’zgartirilib boriladi. YOsh va kichik razryadli o’yinchilar uchun vaqt jismoniy va texnik tayyorlanishga, sport malakasi oshgan sari taktik, o’yin va musobaqali tayyorlanishga kuchaytirilib boriladi.
Rejalashtirishning asosiy xususiyatlari bu rejalardir. Mashg’ulot rejalarini tuzishda va qancha talablarni bajarish kerak, ularga quyidagilar kiradi: ish sharoiti, vazifalarni hisoblash, aniqlik va mumkin bo’lgan har xillik, izdoshlik va oldinni ko’ra bilish.
Tayyorlashning vazifalarini aniqlashda, yosh toifa, professional faoliyati, jismoniy tarbiya darajasi, shug’ullanuvchilarning tayyorgarligiga ajratilgan vaqt, bo’ladigan musobaqalar masshtabi va ko’zda tutilgan natija, moddiy va boshqa sport mashg’ulotlarini tashkil qilish shartlarini e’tiborga olish kerak. Rejalar aniq bo’lishi kerak. Ularda ko’zda tutilgan ishning hajmi va mazmunini, vaqt va muddatini, shuningdek oxirgi natijani ochiq-oydin aniqlash kerak.
Ish jarayonida rejalarga, ish sharoitiga va musobaqalarda qatnashishiga qarab o’zgartirishlar kiritib boriladi. Reja tuzishda, uning vazifalarini mazmunini bajarish darajalari va yo’l qo’yilgan xatolarni, qo’yilgan vazifalarni va keyingi davrdagi ishlarni juda yaxshi amalga oshirish uchun oldingi rejalarni analiz qilib chiqish kerak.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin