I bob. Adabiyotlar tahlili


Amaliy (yillik) rejalashtirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə17/30
tarix22.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119299
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Нодир диплом иш 22

Amaliy (yillik) rejalashtirish
Bir yillik rejalashtirish ko’p yillik rejalashtirishning tarkibiy qismidir. Lekin u nazorat topshiriqlari va vositalarini aniqlashtirishni tayyorgarlikning hamma bo’limlari bo’yicha aniq vaqtni hisoblash bilan ko’p yillik rejadan farq qiladi.


Mashg’ulot davriyligi
Bu sport mashg’ulotlarni katta bir shakli, uch davrga bo’linadi:
1. Tayyorgarlik.

  1. Musobaqa.

  2. O’tish.

Voleybolda bir yil davomida ikki sport davri bo’lishi mumkin (yozgi va qishki). SHunga qarab bir yilda 2 ta katta ko’zda tutiladi. Masalan, o’quv yurtlarida (maktab, texnikum, oliy bilim yurtlari) tayyorgarlikning bir yillik shaklida rejalashtirish maksadga muvofiqdir. Muassasalarda, korxona va tashkilotlarda oliy razryadli jamoalar uchun tayyorgarlikka bir yilda ikki shaklda kuzgi-qishki (sentyabr,aprel) va bahorgi-yozgi (may,avgust) qilib rejalashtirish maksadga muvofikdir. Bu shakllarning qaysi birida yilning asosiy musobaqasi rejalashtirilgan bulsa, o’sha shakli asosi, ikkinchisi esa birinchisiga bog’liq bo’ladi. SHunday qilib, yillik ikki katta shakl, ikkita tayyorgarlik, ikkita musobaqali va yoki bitta o’tish davridan iborat bo’ladi.


Tayyorgarlik davri

Birinchi tayyorgarlik davri tayyorgarlikning qo’yilgan vazifalarga qarab, aniq rejalashtira oladigan davrlarga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Muddat, davr vaqti va davomiyligi tayyorgarlik vazifalariga va musobaqaga bog’liq.


Ikkinchi tayyorgarlik muddatini, uning qisqa vaqtini hisobga olganda davrlarga bo’lish maqsadga muvofiqdir.
Tayyorgarlik muddati har bir yangi mashg’ulot boshlanishi bilan boshlanib asosiy musobaqalarning birinchi kalendari o’yini boshlanishiga kelib tugaydi. Bu yerda kelajakdagi yutuqlar negizi yetadi va shuning uchun imkoniyatga qarab tayyorgarlik muddati ko’proq bo’lishi kerak. Bu muddatda yangi metodik usullar qo’llab ko’riladi, o’yinchilar tayyorgarligi jamoa tarkibida tekshiriladi, yangi texnik usullar va taktik harakatlar o’rganiladi.
Mashg’ulotlarning mazmuni va metodlari ikkala tayyorgarlik davrida (kuzgi va bahorgi) ham ko’pgina o’xshashliklarga ega, qisman jismoniy tayyorgarlik vositasi o’zgaradi. Biroq jamoa ochiq havodagi mashqlarni umuman to’xtatishi mumkin emas. Jismoniy tayyorgarlik vositalari tarkibiga uzoq masofaga yugurishlar kiritilishi kerak.
Yilning asosiy musobaqasiga bo’ladigan tayyorgarlik davrida shaxsiy jismoniy tayyorgarlikka ko’proq e’tibor beriladi. Irodani tayyorlash jarayonida jamoani ruxlantirishga, o’z harakatlariga bo’lgan ishonchni tarbiyalashga katta ahamiyat beriladi. Asta-sekinlik bilan musobaqali tayyorgarlikka ko’proq vaqt ajratiladi. Dinamik topshiriqlarda ham bir qancha o’zgarishlar bo’ladi, hajmi bir muncha qisqaradi. Lekin mashg’ulot mashqlarning aktivligi ko’payadi. SHunday qilib bu tayyorgarlik davrida asosiy musobaqaga bo’lgan tayyorgarlik tugatiladi.
Tayyorgarlik davri 3 bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich, umumtayyorgarlik. Uning asosiy vazifasi sport shakliga kirish uchun sharoit chratish. Bu vazifani bajarishda tayyorgarlikning hamma bo’limlari kerakli, lekin ularning har birini hissasi har xil. Jismoniy tayyorgarlik ko’proq hissa qo’shadi. Birinchi bosqichda unga umumiy vaqtning 40% beriladi. U organizmning vazifalar imkoniyatini ko’tarish va o’yinchining bajara olish va harakat mahoratini oshiradi, ya’ni keyinchalik shaxsiy jismoniy tayyorgarlik natijasida bajara olish va mahoratini takomillashtiradigan asos hosil qilishi kerak. Buning uchun yengil atletika, og’ir atletika, akrobatika vositalari va sport o’yinlarining boshqa turlari qo’llaniladi. Lekin mashqlarni voleybol uyinlari uchun oddiy bo’lgan, asab, muskul harakati va harakat tuzilishini hisobga olgan holda tuzish kerak. Texnik tayyorgarlik ham bu bosqichda oldingi o’rindadir. Unda umumiy vaqtning taxminan 40 % ajratiladi, o’yinchilar yangi texnik usullarni o’rganishadi, kamchiliklar ustida ishlashadi. Texnik va o’yinga tayyorlanishda bu bosqichda umumiy vaqtning taxminan 20% ajratiladi. Uning asosiy yo’nalishi umumiy o’yin mahoratini tiklash, shaxsiy va gruppaviy taktik harakatlarda mahoratlarni o’rganish va takomillashtirish.
Tayyorgarlikning hamma bosqichda psixologik tayyorgarlikka katta e’tibor beriladi. Birinchi bosqichda e’tibor sport tarbiyalashga, iroda imkoniyatining umumiy darajasini ko’tarishga qaratiladi.
Nazariy tayyorlash tayyorgarlikning hamma bosqichlarida olib boriladi. Birinchi o’yinchilar sport faoliyatining asosini tashkil qiluvchi bilimlarni kabul qilishadi va uni chuqur o’rganishadi. O’tgan yilgi natijalar analiz qilinadi, shug’ullanuvchilar ish rejasi bilan va bu yilgi musobaqalar kalendari bilan tanishtiriladi. Nazorat sinovlari o’tqaziladi. Bu boskichdagi asosiy mashg’ulot shakli jismoniy va texnik tayyorgarlikning maxsus va kompleks topshiriqlarining umumiy hajmi ortib boradi va shiddatlilik darajasi kamayadi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin