5. Maydon markazida turib to’pni aytilgan nuqtaga yetkazib berish va shu joyda turib darvozaning aytilgan nuqtasiga to’pni urish. Tez va aniq.
( 5-rasm )
6. 6 metrlik jarima maydoni ichida turib maydonning aytilgan nuqtasiga to’pni aniq va tez yetkazib berish. (6-rasm )
To’pni yerga tekkizmasdan yuqoridan aytilgan nuqtaga yetkizish.
Pedagogik eksperimentning maqsadi yosh voleybolchilarning tezkorlik-kuch xususiyatlarini metodi samaradorligini aqiqlash. YOsh voleybolchilarning tezkorlik-kuch tayyorgarlik sifatlarini 60m ga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash , joyidan turib yuqoriga sakrash, joyidan turib 5 xatlab sakrash, 150 li koptokni uloktirish mashqlari yordamida pedagogik ekspirement o’tkazildi. Ekspirement 2 ki gurux (xar gurux 10 kishidan) iborat gandbolchilar qatnashdilar.
VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASH JARAYONINI BOSHQARISH
Boshqarishning ayrim masalalari.
a) boshqaruv prinsiplari;
b) tayyorgarlikning asosiy shakllari;
v) mashg’ulot jarayonini boshqarish.
Sport mashg’ulotlarini rivojlantirish.
a) rejalashtirish ko’rsatkichlari;
b) o’yinchilar va jamoaning harakat natijalarini aniqlash usullari;
v) tushunchalar aniqligi;
g) ko’p yillik reja bo’yicha jamoani tayyorlashning taxminiy shakli;
d) amaliy rejalashtirish.
Mashg’ulot davriyligi.
a) tayyorgarlik davri;
b) musobaqa davri;
v) o’tish davri.
Rejalashtirish hujjatlari.
Boshqarishning ayrim masalalari. Boshqaruv prinsiplari
Voleybolchilar va voleybol jamoalari zamonaviy tayyorgarligi murakkab pedagogik jarayon bo’lib, uni trener boshqaradi. Boshqaruv deganda biror bir ob’ektga muntazam ta’sir ko’rsatib, shu ta’sir natijasida aniq bir maqsadga erishish uchun hosil qilingan o’zgarish tushuniladi. Sport tayyorlanish jarayoni murakkab dinamik tuzum sifatida qaralib, undagi boshqaruv organi vazifasini pedagog terener, boshqaruv ob’ektlari vazifasini esa sportchilar, jamoalar o’quv gruppalari bajaradi.
Sport tayyorgarligi tuzumining murakkabligi shundan iboratki, u - katta qismidagi bir-biri bilan bog’langan va bir-biri bilan harakat qiladigan komplektlardan (texnik, taktik, psixologik va boshqa) iborat.
Sport tayyorgarligi natijasida sportchilarning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi kuzatiladi. Bu jarayon tuganmasdir.
Sport tayyorgarligini boshqarishning asosiy farq qiladigan xususiyati shundan iboratki, bunda murakkab o’z-o’zini boshqaruvchi odam ob’ekti yetadi. Bu trenerga sportchining o’zini boshqarish qobiliyatini har xil yo’l bilan rivojlantirish vazifasini qo’yadi. Sport tayyorgarligini samarasi to’g’ridan-to’g’ri sportchi o’zini boshqarish va o’zini mukammallashtirish qobiliyatiga bog’liq.
Trener – sportchi - jamoa, trener o’zaro munosabatlar sistemasida aloqalarni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Boshqaruvning kerakli shartlaridan biri, bu sportchining o’zini boshqarish va o’zini mukammallashtirish qobiliyatini aktiv rivojlantirishga yo’naltirilgan ijodiy hamkorlikdan iborat.
Boshqaruvning asosiy vazifalari – rejalashtirish tashkil qilish nazorat va hisobdan iborat. Bularning hammasi boshqaruvning davriyligini va to’xtovsizligini ta’minlovchi yopiq halqa hosil qilib, bir-biri bilan o’zaro harakat qiladi.
Boshqaruv davri bir mashg’ulot davomida yoki bir hafta davomida bosqichda, muddatda, navbatdagi tayyorgarlik yo’lidan davom etadi. Boshqaruv davrining dinamikligini qarab rejalashtirishning har xil, amaliy, galdagi, perspektiv turlari ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |