Ximoyaga qo’yilgan asosiy xolatlar.
1. 15-16 yosh voleybolchilarning maxsus ish qobiloyatni sifatlarini rivojlantirish usul va uslublari
2. 15-16 yosh voleybolchilarning maxsus ish qobiloyatni tayyorgarligining yillik ilmiy natijalarini.
3. 15-16 yosh voleybolchilarning musobaqa vaqtida maxsus ish qobiloyatni oshirish natijalari.
Dissertatsiya ishining hajmi va tarkibiy tuzilishi.Ushbu dissertatsiya ishi:Kirish, uch bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan tarkib topgan bo‘lib 93 betdan iborat.
Voleybol bo’yicha o’qituvchi-murabbiy modeli Voleybol bo’yicha trener-murabbiyning kasb faoliyati o’z mohiyati va mazmuni bilan o’zga pedagogik ixtisosga munosib bo’lgan (o’qituvchi, yo’riqchi, tashkilotchi) mutaxassislardan tubdan farq qiladi. SHuning uchun ixtisoslik fanini talqin qilishdan avval murabbiyni ko’p qirralik faoliyatining namunaviy nusxasini – modelini va uni mazmuniy mohiyatini ko’rib chiqish lozim bo’ladi.
Model– fransuzcha so’z bo’lib, namuna, nusha, andoza kabi tushunchalarni anglatadi.
Mutaxassisni «modeli» 3 ta asosiy tarkibiy qismdan iborat bo’lib: - jamiyatning taraqqiyot darajasi, ijtimoiy-siyosiy yo’nalishi va kasbga bo’lgan ixlos-qiziqish xususiyatlariga bog’liqdir.
Mazkur soha. Murabbiy ommaviy sport razryadlariga loyiq voleybolchilarni tayyorlash, sport o’rinbosarlari va yuqori malakali sportchilarni yetishtirish tadbirlarini, mashg’ulotlarni tashkil qilish texnologiyasini o’zlashtirgan bo’lishi zarur.
Voleybol jumladan, nazariy mashg’ulotlarda voleybolni vujudga kelishi, rivojlanish tarixi, hamda zamonaviy voleybolning ahvoli haqida bilim beriladi. Mazkur masalalar O’zbekiston misolida chuqurroq o’rganiladi. O’yin texnikasi, taktikasi, texnik, taktik, psixologik, jismoniy va o’yin tayyorgarligi, ularning mohiyati va mazmuni ixtisoslik fanining asosiy mavzulari bo’lib hisoblanadi. O’quv-trenirovka jarayonini tashkil qilish va boshqarish, o’rgatish va takomillashtirish texnologiyasi, musobaqa qoidasi va hakamlik qilish uslubiyati, musobaqani o’tkazish, ilmiy-tadqiqot ishlarini o’rganishga oid materiallarga alohida e’tibor beriladi.
Ixtisoslik fanining muhim tarkibiy qismlaridan biri o’kuv jarayonida o’quv amaliyotini tashkil qilish, hamda o’qishdan ajralgan holda pedagogik va tashkiliy-trenerlik amaliyotidir. Bu tadbirlarning maqsadi – (o’qituvchi, terener, tashkilotchi) sirlarini o’rganish, unga xos malaka va ko’nikmalarni egallashdan iborat. Pedagoglik san’ati, ayniksa, sport maktablarida, sport jamiyatlarida o’tkaziladigan tashkiliy-trenerlik amaliyotlarida shakllantiriladi, mukammallashtiriladi. Voleybol bo’yicha o’quv-trenirovka sho’’balariga, BO’SMlarga tanlov uslublari va mashqlari (testlari) asosidv iste’dodli bolalarni jalb qilish masalalari ixtisoslik fanidan joy olgan.
Bundan tashqari ixtisoslik fanining qo’shimcha yo’nalishlaridan biri mustaqil tayyorgarlik va sport-pedagogik mahoratini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.