I bob. Adabiyotlar tahlili



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə6/30
tarix22.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Нодир диплом иш 22

Tezlik-kuch mashqlari.
Tezlik va kuch bilan bajariladigan xarakatlarda va maksimal quvvatning yuzaga chiqishi, rivojlangan kuch va tezlik natijasida sodir bo’ladi. Ishning quvvati qanchalik yuqori bo’lsa, sportchi snaryadni yoki o’z gavdasini shunchalik katta tezlik bilan siljitadi.
Harakatlarda rivojlanadigan kuch va tezlikning o’zaro munosabati og’irligi ortib boradigan snaryadlar bilan o’tkazilgan tajribalarda tekshirilgan. Energiya bilan ta’minlanish mexanizmi bo’yicha tezlik va kuch bilan bajariladigan mashqlar anaerob ishlarga kiradi. Bu mexanizm ikkita ko’rsatkich-anaerob quvvat va anaerob sig’imni ta’riflaydi.(7, 8, 42, 56.)
15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni tarbiyalash munosobati bilan kuchni oshirish va texnik tayyorgarlik.
Kuchni oshirish tayyorgarligi odatda kishi juda tez xarakat qilayotgan vaqtda anchagina tashqi qarshilikni (masalan o’z vazni boshqalarni) yengishiga to’g’ri keladi. Bunday xollarda erishilgan tezlik miqdori kishidagi kuch imkoniyatlariga anchagina bog’liq bo’ladi tashqi qarshilik xilma-xil bo’lgan xarakatlarda kuch va tezlik o’rtasida ma’lum aloqadorlik mavjud ekani yuqorida qayd qilingan edi.
Agar tashqi og’irlik ko’p bo’lmasa, kuchning ortishi amalda tezlikning o’zgarishiga ta’sir etmaydi. Aksincha, maksimal tezlik darajasi oshirilsa tashqi qarshilik kam bo’lgan zonadagina tezlik va kuch imkoniyatlari o’sadi va bunda tashqi qarshilik yetarli darajada katta bo’lsa amalda xarakatlar tezligiga ta’sir etmaydi. Faqat tezlik va kuchning maksimal miqdori bir vaqtda ortishigina tashqi qarshiliklarning barcha diapazonlarida tezlikning ortishiga olib keladi. SHunday qilib biror bir tezlikni oshirish mumkin
1) maksimal tezlikni oshirish xisobiga
2) maksimal kuchni oshirish xisobiga.
Tajriba ko’rsatadiki maksimal kuchni sezilarli oshirish juda xam qiyin kuch imkoniyatlarini oshirish esa bir muncha yengil xal qilinadi.
SHuning uchun amalda tezlik darajasini oshirish uchun kuch oshiriladigan mashqlardan kam foydalaniladi. Xarakat vaqtida yengish lozim bo’lgan qarshilik qanchalik ko’b bo’lsa bu mashqlarning samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. Xarakat tezligini oshirishga qaratilgan kuch oshirish tayyorgarligi protsessida ikki asosiy vazifa xal qilinadi.
1) Maksimal muskul kuch darajasini oshirish.
2) Tez xarakatlar sharoitida eng ko’b kuch namoyon qilish qobilyatini (tezkor-kuchlilik qobilyatlarini) tarbiyalash.
Birinchi vazifa xal qilish vositalari va metodlari “kuchni tarbiyalash metodikasi” bo’limida bayon qilingan bu yerda biz tezkor kuchlilik qobilyatlarini tarbiyalashning ba’zi bir xususiyatlarini aytib o’tamiz. Tez xarakatlar sharoitida eng ko’b kuch namoyon qilish qobilyatini tarbiyalashda takroriy orta boruvchi mashq metodidan foydalaniladi. Bu xolda biror bir chegara darajada bo’lmagan og’irlikni eng yuksak tezlikda xarakatlantirish vositasi kub jixatdan maksimal zo’r berishga erishiladi. Bunda mashqlarning bajarishdagi xarakatlar amplitudasi to’liq bo’lishi kerak. Agar xarakatlar cheklangan amplituda bilan (to’xtatib turib) bajarilsa, nomatlub kordinatsion munosobatlar mustaxkamlashib qolishi mumkin. SHuning uchun masalan, cho’qqayishlarni yuqori tomon sakrash bilan tugallash uloqtirish mashqlari zarb xarakatlari va boshqalardan keng foydalanishi tavsiya etiladi.(14, 15, 19, 35, 39, 49.)

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin