I bob. Adabiyotlar tahlili


I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə5/30
tarix22.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Нодир диплом иш 22

I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI
1.1. 15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni shakillantirish metodikasi tayyorgarligining rivojlanish asoslari

Xozirgi kunga kelib tahlililar shuni ko’rsatadiki15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni oshirish uchun ko’plab tadqiqot ishlari, ilmiy izlanishlar va amaliyotlar, har xil usul va uslublar hamma sport turlari uchun ishlanib o’rganilib chiqilmoqda.


Xozirgi zamon voleybol, o’yin usullari takomillashib, Voleybol chilarning o’yin xarakatlari mukammmlashib, bormoqda. Voleyboldagi yangi va samarali usullarning paydo bo’lishi voleybolchilarning xarakatlari yuksak darajada bo’lishini talab etmoqda. Xar bir voleybolchi bir o’yin davomida jamoasining g’alaba qozonishi uchun texnik, taktik, tezkorlik va kuch voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni xarakatlarini bajaradi.
Pulatov A.A. Tezkorlik namayon bo’lishining quyidagi shakillari mavjuddir:

  • tafakkur (fikrlash jarayonining tezligi)

  • oddiy va murakkab reaksiyalarning qanday bo’lmasin biron bir tashqi ta’sir yoki konpleks tasirlariga javoban tezligi:

  • yakka xarakatni bajarish tezligi:

  • xarakat tezligi (ayrim xarakatlar seriyasini bajarish vaqti)

O’yinchi xarakat faoliyatining tezligi, birinchi navbatda, xarakatlarni muvofiqlashtiruvchi markaziy nerf tizimining faoliyatiga munosib bo’lishi lozim. Voleybolchining tezkorligi muayyan reksiya tezligida jadal siltanishda 25-30 masofada ko’rsatiladigan yugurish tezligida xamda to’p bilan yoki to’psiz texnik usullarni bajarish tezligida aniq ifodalanadi.(5, 40, 41)
Katta tezlanishda maksimal darajaga yetkazadigan qilib tezlikni sekin asta, tekis oshirib borib, xarakat amplitudasini kattalashtirish lozim.
Bizga ma’lumki voleybolchilarning maydondagi asosiy xarakatlariga: yurish, yugurish, to’p bilan, sakrashlar, to’p bilan zarba berish, to’p bilan to’p uzatish, to’pni aniq mo’ljalga yetkazish, raqib bilan to’p uchun kurashish va bir qancha xarakatlar kiradi.(5, 6, 40.)
Tezkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan yana ko’pgina mashiqlarni keltiramiz: O’ng yonbosh, chap yonbosh, orqa bilan jadal yugurushni bajarish:
-tizzani yuqoriroq ko’tarib va qadamlarni maksimal tezlikda qo’yib yugurish:
-25-30 metr masofaga oyoq uchida depsinib tez sakrab-sakrab xarakat qilish.
-maksimal (tezlikda) suratda aylantirilayotgan kalta va uzun arg’amchi bilan sakrash: Aylanib turgan arg’amchi tagidan yoki ustidan yugurib o’tish:
-o’rta masofaga yugurayotganda sur’atni to’satdan o’zgartirish.
-dastlab yugurib borishdan so’ng (6-8 metr) 20-30 metr masofada maksimal tezlikka erishish.
-siltanish (rivok) va tez yugurishlar, mokkisimon yugurish, xar xil estofetali musobaqa o’tkazish.
Bir mashg’ulotga mo’ljallangan tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarning xajmi uncha katta bo’lmasligi kerak.(5,35,49.)
Tezkorlikni rivojlantirish uchun o’yin texnikasi va taktikasiga oid ayrim mashqlardan foydalanish mumkin. SHuningdek tez yorib urish, prerssing xam, maksimal tezlikda to’pni urish, to’p bilan mashqlar bajarish, bundan tashqari xar xil olib yurishlari, tusiqdan, to’pni uzatishlar, yondan, to’g’ridan, pastdan, yuqoridan va chalg’itib o’tish kabi mashqlar ham tezkorlikni rivojlantirishga imkon yaratadi.
V. N SHukin shuni takidlaydiki, tezkorlikni oshirish uchun quydagi mashqlardan foydalanilsa maqsadga muvofiqdir yugirayotgan vaqtda to’pni ilish va uzatish, yugirayotganda to’p bilan mashqlar bajaish, bundan tashqari xar xil olib yurishlar, aldab turga to’pni urish usullari kiradi. Olim shuni takidlaydiki, ushbu mashqlar bajarish masofasini va vaqtini taqsimlay bilish mashqning ko’p maratobalab bajarishga bog’liq, bu mashqlar voleybolchini qobiliyatini o’sishiga olib keladi.(61)
Zamonaviy sportni rivojlanishi uchun sportchilarning jismoniy tayyorgarliklari a’lo darajada bo’lishi kerak deb takidlaydi. Bu tayyorgarlikning zarur tomonlaridan biri tezkorlik va 15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni shakillantirish sifatlaridir. O’yinchilarning yakka xarakatida xujum va ximoyada oyoq xarakatini tezlashtirib chaqqonlikni rivojlantirishga katta axamiyat berish kerak.
CHaqqonlik-bu sportchining xarakatlari muvofiqlashgan va aniqligini bevosita kuchning va tezlikning yuqori darjasi ko’rastilishi bilan bog’liq konpleks qobiliyatidir. Voleybolchi uchun nihoyatda muhum narsa, bu tayanchsiz holatda bajariladigan muvofiqlashgan harakatlar, tez o’zgaruvchi sharoitlarda bo’ladigan xarakatlar muvozanatini saqlay bilish va oriyentatsiyani saqlashning a’lo darajada rivojlantirishdir.(34, 35, 60.)
Og’irligi va xajmi xar xil bo’lgan to’plarni ishlatib xarakat muvozanatini takomillashtirish jarayoni o’yin texnikasini takomillashtirishdan oldinroq yurib, o’yinchi tomonidan to’pni egallash sifati yuqori bo’lishini talab qiladi.
Bunda quyidagi taxminiy mashqlardan foydalanish mumkin:
-to’pni yuqoriga otib va ilib, o’ng va chap qo’l bilan yerga (polga) urib, gimnastika skamekasi ustidan sakrash.
To’pni yuqoriga otishi, to’pni yuqoriga otib o’tirgan va turgan xolda to’pni ilish shu mashqning o’zi 180-190 burilib to’pni ilish.
-shu mashqning o’zi, lekin o’tirgan xolatda to’pni ilish, to’pni yuqoriga otib va turgan xolatda uni ilish:
-yuqoriga otilgan to’pning tagidan yugurib o’tish va to’pga burilib uni ilib olish:
-aylanayotgan arg’amchidan sakrash va to’pni ilish xamda sherigiga uzatish:
-bir oyoqni oldinga ko’tarish va ko’tarilgan oyoq tagidan to’pni tashqi tomondan o’tkazib yuqoriga otish:
-to’pni bir qo’llab ushlab, uni gavda atrofida qo’ldan-qo’lga o’tkazib aylantirish.
-ikki qo’l bilan “jongliyor”lik qilish:
Tez o’zgaruvchan o’yin vaziyatlarida chaqqonlikni tarbiyalash uchun, “to’siqlar palasasi”ga o’xshash mashqlarni tavsiya qilish mumkin.(26, 40, 58, 63.)
Murrakab kordinatsion yaxlit xarakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga xam bog’liq. Masalan yugirishda ildamlab ketish tezligi qadam uzunligiga bog’liqdir, qadam uzunligi esa, o’z navbatida, oyoqning uzunligi va depsinish kuchiga bog’liq.
Tezlikda bajariladigan ko’p xarakatlarda ikki fazani bir-biridan farq qiladilar:
1) tezlikning ortib borishning fazasi (tezlashib ketish fazasi).
2) tezlikning nisbatan stabillashish fazasi. Start tezlanish birinchi fazaning, masofadagi tezlik esa ikkinchi fazaning xarakteristikasidir. Start tezlanish yaxshi bilgan xolda masofadagi tezlik kam bo’lishi yoki, aksincha, ko’p bo’lishi mumkin.(7, 8, 48.)
Kishining qobiliyatlari umuman ancha spetsifik bo’ladi. Faqat bir-biriga o’xshash xaraktalardagina tezkorlik to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita bir-biriga ko’chirish mumkin.
Tezkorlik rivojlanishining fiziologik mexanizmi.
Jismoniy sifatlardan biri bo’lgan tezkorlik-xarakatning bajarilish vaqti bilan ifodalanib, u yuqori tezlikda bajariladagan jismoniy mashqlar ijro etilganda rivojlanadi. Masalan, siklik xarakterli dinamik ishlarni bajarishdagi qisqa masofada: 100–200 metrga yugurish, 25–50 metrga suzish, 200 metrga velosiped poygasi kabi mashqlar, tezlik va kuch bilan bajariladigan uloqtirish, uzunlikka va balandlikka sakrash, boks, qilichbozlik, sport o’yinlari kabi sport turlari bilan shug’ullanish tezkorlik sifatini rivojlantiradi.
Tezkorlik ko’p jixatdan irsiyatga bog’liq deb xisoblanadi. Ba’zi mualliflar keltirgan dalillarga ko’ra tezlikning yuzaga chiqishida, uning 80-90% irsiyat omillariga tegishli deb ko’rsatiladi.
15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiliyatining oddiy va to’plam (kompleks) shaklida namoyon bo’lish turlari mavjud. Oddiy shaklga – oddiy va murakkab xarakat reaksiyalarini latent (yashirin) davri maksimal tezlikdagi xarakat muddati; oddiy xarakatlarning maksimal soni kiradi. Tezlikni yuzaga chiqaruvchi kompleks shakl – startda shiddatli tezlanish qobiliyati, xarakatni yuqori tezlik bilan bajarish, kurashda siltash va uloqtirish, gimnastikada sakrash, boksda zarba berish va shunga o’xshashlardan iborat.(7, 8, 56.)

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin