Klishe fransuz tilidagi “cliché”, ”clicher”so’zidan olingan bo’lib, “bosib iz qoldirmoq” poligr. qog’ozga bosish uchun yog’och yoki toshga tushirilgan bo’rtma harf, surat, rasm, plan va shu kabilar degan ma’noni bildiradi. Lingvistika sohasida esa aynan qolipga solingan so’z birikmalari, ma’lum bir vaziyatda qo’llanuvchi umumiy modelga ega so’zlar va gaplardir. Xitoy tiliga klishe 陈词滥调 chéncí làndiào deb tarjima qilinadi. Hozirgi kunda klishelarni barcha sohalarda uchratish mumkin.