I bob. Moliyaviy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


Moliyaviy tahlilning shakllari va xususiyatlari



Yüklə 39,9 Kb.
səhifə10/13
tarix24.12.2023
ölçüsü39,9 Kb.
#191861
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Презентация1

1.4. Moliyaviy tahlilning shakllari va xususiyatlari Yuqorida bayon qilganimizdek, moliyaviy tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatiga, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga va samaradorligiga baho berish hamda yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatish 35 maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari asosida o‘tkaziladigan tahlildir. Bu tahlilni xo‘jalik subyektining xodimlari tomonidan o‘tkaziladi, biroq moliyaviy hisobot ochiq bo‘lganligi uchun soliq, moliya, bank, statistika va boshqalar tomonidan ham o‘tkaziladi hamda subyektning moliyaviy holatiga baho beradi. Moliyaviy tahlilning maqsadi va uning yo‘nalishini e’tiborga olsak, u har xil shaklda bo‘lishi mumkin: tarmoqlararo, tarmoq ichida, korxonalar miqyosida, joriy va istiqbolli, tezkor, tugallangan kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. Tarmoqlararo moliyaviy tahlilda tarmoqlararo iqtisodiy aloqalarni nazarda tutgan holda, tahlil qilinayotgan xo‘jalik subyektining moliyaviy holati o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi. Tarmoq ichida o‘tkazilayotgan moliyaviy tahlilda, tahlil qilinayotgan xo‘jalik subyektlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari shu tarmoqdagi boshqa korxona hamda ilg‘or korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqil ravishda faoliyat olib borar ekan, moliyaviy tahlilning eng asosiy shakli alohida korxonalar miqyosida moliyaviy holatini tahlil qilish hisoblanadi. Joriy moliyaviy tahlil choraklik va yarim yillik moliyaviy hisobotlar bo‘yicha o‘tkazilib, xo‘jalik subyektining moliyaviy holatini yil davomida o‘zgartirib, uni yaxshilash imkoniyatini beradi. Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xo‘jalik subyekti o‘zining kelajagini ko‘ra bilishi, ya’ni o‘z istiqboliga ega bo‘lishi zarur, buning uchun esa kelajakni o‘ylagan holda kelgusida xo‘jalikning moliyaviy holatining ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi uchun istiqbolli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Shu maqsadda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holati istiqbolini ham tahlil qilib turish kerak. Tezkor tahlil xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida doimo, uzluksiz bo‘lishi kerak. Unda moliyaviy holatning alohida ko‘rsatkichlari kuzatib boriladi va ularning o‘zgarishiga qarab boshqaruv tadbirlari ishlab chiqilib amalga oshiriladi.


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin