ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilib o‘rganish zaruratini paydo qilgan. Shu tariqa, tahlilning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan fan – «Balansshunoslik» fani vujudga kelgan
ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilib o‘rganish zaruratini paydo qilgan. Shu tariqa, tahlilning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan fan – «Balansshunoslik» fani vujudga kelgan.
Fan o‘zining rivojlanish yo‘li davomida «Balansshunoslik», «Balans talqini», «Balansni tahlil qilish», «Hisobot tahlili», «Iqtisodiy tahlil», «Sosial-iqtisodiy tahlil», «Xo‘jalik faoliyati tahlili», «Moliyaviy va boshqaruv tahlili», «Iqtisodiy tahlil» va «Moliyaviy tahlil» nomlari bilan atalib kelingan.
Fan o‘zining rivojlanish yo‘li davomida «Balansshunoslik», «Balans talqini», «Balansni tahlil qilish», «Hisobot tahlili», «Iqtisodiy tahlil», «Sosial-iqtisodiy tahlil», «Xo‘jalik faoliyati tahlili», «Moliyaviy va boshqaruv tahlili», «Iqtisodiy tahlil» va «Moliyaviy tahlil» nomlari bilan atalib kelingan.
Tahlil fani 1940-yillarga kelib, «Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» fani sifatida to‘liq shakllangan va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitila boshlagan. Shu davrda iqtisodchi olimlar tomonidan ushbu fanga doir darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlandi va chop ettirildi. Jumladan, S.K.Tatur «Анализ хозяйственной деятельности промышленных предприятий», N.R.Veysman «Анализ хозяйственной деятельности промышленных предприятий», M.S.Rubinov «Основы учёта и анализа хозяйственной деятельности промышленного предприятия» va boshqa darsliklar chop ettirildi.
XX asrning 50 – 60-yillaridan boshlab, tahlil fanini iqtisodiyot tarmoqlariga mos holda bir qancha turlari vujudga keldi. Bularga sanoat korxonalari faoliyatining tahlili, qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatining tahlili, savdo korxonalari faoliyatining tahlili kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
O‘tgan asrning 70-80-yillarida iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo‘yicha ijobiy ishlar olib borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi. Ushbu fanning nazariy asoslari birinchi bo‘lib Rossiyalik iqtisodchi olimlar M.I.Bakanov va A.D.Sheremetlar tomonidan bir tizimga keltirilgan holda 1987-yilda «Теория экономического анализа» nomli darslik sifatida chop ettirildi. Shundan so‘ng bu fanga doir nazariy masalalar Ukrainalik, Belorussiyalik va O‘zbekistonlik olimlar tomonidan ham o‘rganildi. Hozirgi kunga qadar oliy o‘quv yurtlarida «Iqtisodiy tahlil nazariyasi» mustaqil fan sifatida o‘qitilib kelinmoqda.
Xo‘sh, tahlil fani Respublikamizda qachondan shakllana boshlagan va fan sifatida vujudga kelgan? degan savol tug‘iladi.