10 А.И.Алексеева, Ю.В.Васильев, А.В.Малеева, Л.И.Ушвицкий Комплексный экономический анализ хозяйственный деятельности. М.: «Финансы и статистика», 2006 г., - 16 с. 11 Л.Е.Басовский, А.М.Лунёва, А.Л.Басовский Экономический анализ. М.: «ИНФРА-М», 2008 г., - 7 с. 12 Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Sam.: «Zarafshon», 2001 y., - 183 b. 13 Ergeshev E. Davlyatov X.M. Iqtisodiy va moliyaviy tahlil. –T.: «Adolat», 2010. – 101 b. 14 Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2013. -31 b. L.E.Basovskiy, A.M.Lunyova va A.L.Basovskiylar «Moliyaviy tahlil e’lon qilinadigan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida o‘tkaziladigan tahlildir»11 deb ta’riflashgan. O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlarning asarlarida ham moliyaviy tahlilga yondashuvlar mavjud bo‘lib, xususan iqtisodchi olim M.Q.Pardaev tomonidan moliyaviy tahlilga quyidagicha ta’rif beriladi: “Moliyaviy tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy natijalari va moliyaviy holatini o‘rganishga bag‘ishlangan tahlildir”12. Iqtisodchi olim E.Akramov esa «Moliyaviy tahlil – korxonalarning ochiq tarzdagi moliyaviy hisobotlar ma’lumotlariga asoslanib o‘tkaziladigan tahlildir» deb ta’riflaydi. Iqtisodchi olimlar E.Ergeshev va X.M.Davlyatovlar moliyaviy tahlilning maqsadini quyidagicha ifodalashadi: «Moliyaviy tahlilning maqsadi hisobot ma’lumotlari orqali korxona xo‘jalik faoliyatida o‘tgan davrda, tahlil qilinayotgan vaqtda erishilgan hamda kelgusida erishiladigan moliyaviy natijalar hamda moliyaviy holatga har tomonlama baho berishdan iborat»13. Yuqoridagi iqtisodchi olimlardan farqli ravishda iqtisodchi olim M.Yu.Raximov «Moliyaviy tahlil – moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida firma va kompaniyalarning moliyaviy holatiga iqtisodiy tashxis qo‘yishni tavsiflaydi. Moliyaviy tahlilda firma va kompaniyalar mulki, kapitali va majburiyatlarining holatiga, faoliyat natijaviyligiga, asosiy va aylanma kapital holatiga va samaradorligiga, pul mablag‘lari va xususiy mablag‘larning holatiga baho beriladi»14 deb ta’kidlangan holda uning predmetini «Moliyaviy tahlilning 30 predmeti (obyekti) deb – firma va kompaniyalarni moliyaviy holatini yakuniy hisobot shakllarida ifodalangan axborotlarga tayangan holda aniq ko‘rsatkichlar tizimida, ichki va tashqi omillarga bog‘liq ravishda davriy o‘rganishga aytiladi»15 deb ta’riflaydi.