I bob. Moliyaviy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


Moliyaviy tahlil fanining predmeti



Yüklə 39,9 Kb.
səhifə4/13
tarix24.12.2023
ölçüsü39,9 Kb.
#191861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Презентация1

1.2. Moliyaviy tahlil fanining predmeti Har qanday o‘quv fanida predmet (o‘rganadigan sohasi, undagi muammolar), metod (o‘rganish usullari va qo‘llaniladigan amallarning ilmiy asoslangan majmui), obyekt, funksiyalar va prinsiplar kabi muhim elementlari shakllangan bo‘lishi lozim. Shu bois, boshqa iqtisodiy fanlar kabi «Moliyaviy tahlil» fani ham o‘zining predmetiga ega bo‘lishi kerak. Fanning predmeti faqat shu fanga xos bo‘lib, boshqa fanlarda takrorlanmasligi lozim. «Moliyaviy tahlil» fanini predmeti umumiy qilib aytganda tahlil qilinayotgan obyektning moliya-xo‘jalik faoliyati hisoblanadi. Lekin, boshqa iqtisodiy («Moliyaviy hisobi», «Boshqaruv hisobi» «Statistika», «Moliya», «Audit») fanlarning ham predmeti keng ma’noda moliya-xo‘jalik faoliyati hisoblanadi. Boshqa iqtisodiy fanlar ham moliya-xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning u yoki bu jihatini o‘rganadi. Demak, har bir fanning, xususan, «Moliyaviy tahlil» fanini o‘ziga xos jihatini, unga tegishli predmetini aniqlab olish lozim. Bu esa, shu fan nimani o‘rganadi degan savolga javob beradi. Iqtisodchi olimlarning ilmiy va o‘quv-uslubiy asarlarida keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilib o‘rganish natijasida shuni xulosa qilish mumkinki, ular tomonidan bu fan «Iqtisodiy tahlil» nomi bilan atalib, uning predmetiga quyidagicha ta’rif berilgan. Jumladan, A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov, B.Xakimovlar «Iqtisodiy tahlil fanining predmeti – korxona, firma, uyushma, birlashmalarni xo‘jalik jarayonlarini ularga ta’sir etuvchi subyektiv va obyektiv omillar asosida, mazkur voqeliklarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi vositasida, xo‘jalik subyektlarining faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi va ular faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi»6 deb ta’rif berganlar.

6 A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov, B.Xakimov. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. -T.: «Toshkent Moliya instituti», 2003, 176 b (28 b). Yana bir iqtisodchi olim E.Ergeshev «Boshqa fanlar singari «Iqtisodiy tahlil» fani ham o‘zi asoslanadigan iqtisodiy tahlil mazmuniga ko‘ra tavsiflanuvchi predmetga ega. Savdo korxonalari xo‘jalik faoliyati tahlili predmeti deb bunday 27 korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari hamda ushbu jarayonlar natijalarini, obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liqligi va bu bog‘liqlikning tegishli iqtisodiy axborotnomalarda aks ettirilishiga aytiladi»7 deb ta’kidlaydi. T.Q.Qudratov, M.M.Ibrohimov, Z.N.Karimovalar esa «Iqtisodiy tahlil fanining predmeti bo‘lib, barcha korxonalar faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida ro‘y bergan va sodir bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalari hisoblanadi. Boshqacha aytganda, tahlil obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida sodir bo‘lgan va bo‘layotgan jarayonlarning holati va harakatini hamda ularning natijalarini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganadi. Tahlil o‘z predmetini o‘rganishda iqtisodiy axborotlardan foydalanadi, ya’ni iqtisodiy axborotlar asosida jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi keng qamrovda o‘rganiladi»8 deb ta’kidlaganlar. Iqtisodchi olimlar M.Q.Pardaev., J.I.Isroilov va B.I.Isroilovlarning ta’riflashicha «Iqtisodiy tahlil fanining predmeti – xo‘jalik faoliyatida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta’sirida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni ma’lumotlar manbaida ifodalangan ko‘rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir». Demak, tahlil fanini predmetiga yuqorida mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’riflar berilgan. Umumiy mazmunda shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil fani xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalarini o‘rgangan holda yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iborat ekan.


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin