15 Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2013. -31 b. hunday qilib, moliyaviy tahlil fanining predmetiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. ««Moliyaviy tahlil» fanining predmeti deganda buxgalteriya hisobi va hisobotida ifodalangan ko‘rsatkichlar asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatiga, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga va ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv va subyektiv omillar ta’sirini o‘rgangan holda baho berish va yaxshilash imkoniyatlarini ishlab chiqishni o‘rganishga aytiladi». Fanning predmeti ta’rifidan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy tahlil fani xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini o‘rganar ekan. Bu jarayonda fan buxgalteriya hisobi va hisobotlarida ifodalangan ko‘rsatkichlarga tayanadi. Bu ko‘rsatkichlar esa axborot manbalarida o‘z aksini topadi. Shu bilan birga, berilgan ta’rifga ko‘ra moliyaviy tahlil fani predmetining markazida obyektiv va subyektiv omillarni o‘rganish lozimligi qayd qilinishi bejiz emas, chunki iqtisodiy jarayonlar o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Balki, ular ma’lum ichki va tashqi omillar ta’siri ostida ro‘y beradi. Shu bois, tahlilda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatiga, moliya-xo‘jalik faoliyati natijasiga ta’sir qilgan ijobiy va salbiy omillarni o‘rganmasdan turib, unga to‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. Chunki, tahlildan maqsad mavjud natijaga to‘g‘ri baho berish bilan 31 birgalikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf qilish va shu orqali tahlil qilinayotgan obyektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir. Shu sababli, «Moliyaviy tahlil» fani moliya-xo‘jalik faoliyatining natijasiga ijobiy va salbiy o‘zgarishlarga omillar ta’sirini aniqlab, to‘g‘ri baho berish va xo‘jalik faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozimligini ko‘rsatadi. Bu xususiyatlar faqat tahlilga xos bo‘lganligi uchun ham uning predmetida natijaga va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatgan obyektiv va subyektiv omillarga to‘g‘ri baho berish va yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqish lozimligi ko‘rsatilgan.