7 E.Ergeshev Iqtisodiy va moliyaviy tahlil. -T.: «Toshkent tezkor bosmaxonasi», 2005. 345 bet. (7 b). 8 T.Q.Qudratov, M.M.Ibrohimov, Z.N.Karimova Iqtisodiy tahlil. -T.: «Ilm Ziyo», 2005. -200 bet. (7 b). 2000-yillarning boshlarida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlar asosida Oliy ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida iqtisodiy tahlil fanini negizida «Moliyaviy va boshqaruv tahlili» nomi bilan davlat ta’lim standartlariga kiritilib, o‘quv jarayoniga mustaqil fan sifatida tatbiq etildi. Bu yangi o‘zgarishlarni nazarda tutgan holda 2005 yilda iqtisodchi olimlar A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov, N.F.Ishonqulovlar tomonidan «Moliyaviy 28 va boshqaruv tahlili» nomli darslikni yaratdilar. Ushbu darslikda iqtisodchi olimlar ««Moliyaviy va boshqaruv tahlili» fanining predmeti deb – turli mulk shaklidagi korxona, uyushma, birlashma va hokazolarning moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini sodir bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion boyliklaridan oqilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan obyektiv va subyektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi»9 deb aytib o‘tganlar. Mazkur ta’rifdan ko‘rinadi-ki, mazkur fan ham korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini o‘rganib, qanday samaradorlikka erishishini ko‘rsatib beradi. Biroq, 2014-yilda davlat ta’lim standartlariga va malaka talablariga o‘zgartirish kiritilishi munosabati bilan iqtisodchi olimlarning tavsiyalariga ko‘ra bu fan yana qayta «Iqtisodiy tahlil» fani sifatida o‘quv rejaga kiritildi va o‘quv jarayoniga tatbiq etildi.
9 A.V.Vahobov, A.T.Ibragimov, N.F.Ishonqulov. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. -T.: «Sharq» NMAK, 2005 -479 bet. (38 b). 2016-yilda 5230900 – «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishi uchun malaka talablari qaytadan ishlab chiqilib tasdiqlandi. Xorijiy davlatlarda ushbu fanning nomlanishi va o‘qitilishi o‘rganilgan holda yangidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan malaka talablari hamda o‘quv rejasiga mazkur fan «Moliyaviy tahlil» nomi bilan kiritildi. Chunki, tahlil natijalari shuni ko‘rsatadi-ki, xorijiy davlatlarda boshqaruv tahlilidan farqli ravishda moliyaviy tahlil alohida fan sifatida shakllangan. Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi: Xo‘sh moliyaviy tahlil nima va u nimani o‘rgatadi?. Iqtisodchi olimlarning ilmiy va o‘quv-uslubiy asarlarini o‘rganish natijalariga asoslangan holda shuni aytish mumkin-ki, moliyaviy tahlilga ularning yondashuvlari mazmun jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lib, turlicha bayon qilingan. Jumladan, xorijlik iqtisodchi olimlar A.I.Alekseeva, Yu.V.Vasilev, A.V.Maleeva 29 va L.I.Ushviskiylar tomonidan quyidagicha ta’rif berilgan: «Moliyaviy tahlil ichki axborot manbalaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan tashqi subyektlar tomonidan o‘tkaziladigan tahlildir»10.