I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


Xiva-Rossiya munosabatlari keskinlashuvi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə41/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Xiva-Rossiya munosabatlari keskinlashuvi. Rossiyaning maqsadi O`rta Osiyo davlatlarini, xususan Xivani egallash bo`lib, turli bahonalarni ro`kach qilib, bosim o`tkazishni kuchaytirib borgan. Ayni paytda, qozoq juzlarini, qoraqalpoqlarni va turkman qabilalarini Xivaga bo`ysunmaslikka da`vat etgan. Podsho Rossiyasi Xiva xonligi tarkibidagi turkmanlarning yovmut qabilasini Rossiya fuqaroligiga o`tish istiqbollarini hamda savdo karvonlari xavfsizligini ta`minlash bahonasida chegarada iste`hkomlar qurish imkoniyatini o`rganish maqsadida 1819 yil Xivaga zobit N.Muravyov boshchiligida ekspedisiya yuborgan. Rossiyaning tajovuzkorligi 1822 yil O`rta juz, 1824 yil Kichik juz xonliklarini bo`ysundirganida yaqqol ko`rindi. Endi Rossiya chegarasi Xiva xonligi chegarasiga yaqinlashib qoldi. Xiva xonligi qozoq cho`llarining 2 davlatni ajratib turuvchi hudud bo`lib qolishi uchun harakat qildi. Rossiya esa buni istamadi, natijada 2 davlat o`rtasidagi munosabat keskinlasha bordi.
Xiva-Rossiya munosabatlari keskinlashgan sharoitda Rahimxon 1 vafot etdi, taxtga o`tirgan o`g`li Olloqulixon Xiva-Rossiya munosabatlaridagi keskinlikni yumshatishga urindi. Eron-Rossiya (1826-1829) va Rossiya-Turkiya (1828-1829) urushlari Rossiyani Xiva bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirishdan o`zini tiyishga majbur etdi. Bu orada Markaziy Osiyo xonliklarga Buyuk Britaniya razvedkasi suqilib kira boshladi, shunday sharoitda B.Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini to`ldirish xavfi ham vujudga keldi. Eron bilan urush oqibatida Rossiya-Eron savdo ishlarining yomanlashgani sababli Markaziy Osiyo xonliklari bilan savdoni har qachongidan ko`ra rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi.
Rossiya Xivaga nisbatan o`z talablari ko`lamini tobora kengaytirib bordi, keyinchalik Xivadan Amudaryoda Rossiya savdo kemalarining suzishiga ruxsat berishini talab qila boshladi. Rossiya Xiva bilan munosabatlarni harbiy kuch orqali tartibga solish yo`lini tanladi, shu maqsadda 1839 yil V.Perovskiy harbiy ekspedisiyasi tashkil etildi. Perovskiy ixtiyorida 4 ming piyoda askar, 12 ta to`p va yuk ortilgan 10 ming tuya bor edi. Ustyurtning qattiq sovug`i, oziq-ovqat va em-xashak etishmagani uchun ekspedisiya talofat ko`rdi va Perovskiy orqaga qaytishga majbur bo`ldi. Lekin ekspedisiya izsiz ketmadi, Perovskiy ekspedisiyasi Xiva xonini Peterburg bilan kelishuv yo`lini axtarishga majbur etdi.
"Majburiyatlar akti". Rossiya zo`r berib Xiva xonligiga o`z hukmini majburan o`tkazishga kirishdi. Bu maqsadga erishish uchun G.Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi. Muzokara davom etayotgan kunlari Olloqulixon vafot etib, taxtni o`g`li Rahimqulixon (1842-1845) egalladi. Rossiya bosimi ostida 1842 yil 27 dekabrda Xiva-Rossiya o`rtasida "Majburiyatlar akti" deyilgan shartnoma imzolandi. Shartnomada Rossiya bilan tinchlik, do`stlik munosabatida bo`lishi e`lon qilindi. Xiva xoniga: Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlari sodir etmaslik; savdo karvonlarining talanishiga yo`l qo`ymaslik; Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta`minlash kabi majburiyatlar yuklandi.
Aslida bu Rossiyaning o`z istaklarini majburan bajartirishdan boshqa narsa emas edi. Shuningdek ikki davlat o`rtasidagi savdo aloqalariga ham katta e`tibor berildi: boj to`lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5% miqdoridan oshmasligi belgilab qo`yildi. Biroq Rossiya shartnomaning anna shu bandini ham amalda bajarmagan. Oqibatda o`zaro munosabatlar keskinlashib borgan.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin