I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


-§. Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə42/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

24-§. Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti


Aholisi. XIX asr 20-yillari boshlarida Xiva aholisi 800 ming kishini tashkil etgan. XIX asr o`rtalarida poytaxt Xiva shahrida 20 mingdan ortiq aholi yashagan. Hunarmandchilikning 50 dan ortiq turi rivoj topgan, 700 dan ortiq hunarmandchilik ustaxonasi, 200 dan ortiq savdo do`koni, 3 ta kata va 15 ta kichik bozorlar bo`lgan. Xonlik aholining katta qismini turli qabilalarga mansub o`zbeklar tashkil etgan, undan keyingi o`rinni turkman, qoraqalpoq va qozoqlar egallagan. Qabilalarning har biri o`zlariga ajratilgan erlarda joylashgan, har biri alohida kanalga ega bo`lib, kanali ham shu qabila nomi bilan atalgan, har bir qabila o`zlariga qarashli sug`orish inshootlarini tiklash va ta`mirlashda qatnashgan.
Davlat tuzumi va boshqaruv tizimi. Xiva xonligi ma`muriy jihatdan 15 ta viloyatga: Pitnak, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Qo`shko`pir, G`azovot, Qiyot, Shohabbos, Toshhovuz, Ambar-Manoq, Gurlan, Ko`hna Urganch, Xo`jayli, Chumanoy, Qo`ng`irot va 2 ta noiblikka bo`lingan. Viloyatlar: shahar va masjid qavmlarini (qismlarni) o`z ichiga olgan. Masjid qavmlari obro`li oqsoqollar, qozilar va miroblar tomonidan boshqarilgan.
Davlat boshlig`i – xon hokimiyati vakolati nasldan naslga o`tgan, xonlik mutlaq monarxiya edi. M.Rahimxon I davrida davlat boshqaruv tizimida islohat o`tkazgan. Xon huzurida yuqori ma`muriy organ – Oliy Kengash ta`sis etilgan, u qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bajargan. Oliy Kengashga xon rahbarlik qilgan, uning ishida xonning yaqin qarindoshlari, mehtar, qo`shbegi, devonbegi, naqib, shayxulislom, bosh qozi, inoq, otaliq va biylar qatnashgan. Oliy Kengash majlisi haftada bir marta o`tkazilgan va unda ichki va tashqi siyosatga oid eng muhim masalalar muhokama etilgan. Kundalik masalalarni hal etish uchun Kichik Kengash ham ta`sis etilgan, uning ishida xondan tashqari mehtar, qo`shbegi, devonbegi, naqib va shayxulislom qatnashgan.
Mehtar – bosh vazir hisoblanib, u xon safarda paytida xonlikni idora qilgan. Mehtar va qo`shbegi soliqlar yig`ilishiga javobgar bo`lgan. Xonlikda 3 ta devon (vazirlik): xo`jalik, ijtimoiy-siyosiy, harbiy ishlar bilan shug`ullanuvchi devonlar faoliyat ko`rsatgan, unga devonbegi rahbarlik qilgan. Qo`shinga yasovulboshi qo`mondonlik qilgan. Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar o`z biylari tomonidan, turkmanlar esa ularning vakili tomonidan boshqarilgan, ularning lavozimi nasldan naslga meros bo`lib o`tsada, nomzodini xon tasdiqlashi shart bo`lgan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin