I bob. O'qituvchining darsga tayyorgarligi funktsiyalari va bosqichlari


O'qituvchiga qo'yiladigan talablar. O'qituvchining shaxsiy xususiyatlari



Yüklə 57,46 Kb.
səhifə5/9
tarix18.05.2023
ölçüsü57,46 Kb.
#116498
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fani darsliklari va ularga qo’

2.1. O'qituvchiga qo'yiladigan talablar. O'qituvchining shaxsiy xususiyatlari
Milliy g’oya fanini o`qitish metodikasi fani bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida ikki tomonlama bog`lanish mavjud.
Bir tomondan, ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi xuquq, falsafa, tarix va boshqa fanlarning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu xol ma`naviyat asoslarini o`qitish masalalarini xal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta`minlaydi.
Ikkinchi tomondan, ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi ta`lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma`lumotlarga tayanadi, bu uning xayotiyligi va aniqligini ta`minlaydi.
SHunday qilib, metodikalarning aniq materiallaridan "oziqlanadi", undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o`z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo`llanma bo`lib xizmat qiladi.
O`qitishda predmetlararo bog`lanishni to`g`ri amalga oshirish uchun o`qituvchi buni hisobga olishi juda muximdir.
Ilmiy-tadqiqot metodlari — bu qonuniy bog`lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o`rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maksadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir.
Kuzatish, tajriba, maktab xujjatlari bilan tanishtirish, o`quvchilar ishlarini o`rganish, suxbat va so`rovnomalar o`tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi ta`lim jarayoni bilan bog`liq bo`lgan quyidagi uch savolga javob beradi:
1. Nima uchun ma`naviyatni o`rganish kerak?
2. Ma`naviyatdan nimalarni o`rganish kerak?
3. Ma`naviyatni kanday tushunish kerak?
Ma`naviyatni o`rganish va o`kitish xakida ulug` mutafakkir Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta`lim va tarbiya xaqidagi xur fikrlarida o`z davrida ilgor g`oyalarni olga surganlar.
Ma`naviyat asoslari o`zining tuzilish xususiyatiga ko`ra shartli ravishda uch bo`limga bo`linadi.
1. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitishning umumiy metodikasi.
Bu bo`limda, ma`naviyat asoslarini fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli, metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik konunlari hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi.
2. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitishning yaxlit va aniq metodikasi.
Bu bo`limda ma`naviyat asoslarini o`qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini aniq mavzu materiallariga tadbiq qilish yo`llari ko`rsatiladi.
3. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitishning maxsus metodikasi.
Bu bo`lim ikki qismdan iborat:

  1. Metodikaning umumiy masalalari.

  2. Metodikaning xususiy masalalari.

Bugungi kunda oliy ta`lim muassasalarida ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasini talabalarga o`rgatishda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlaridan shuniningdek turli xil metodlardan foydalanilmoqda.
Jumladan kuzatish metodi — odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo`naltirilgan xolda idrok qilishdan iborat.
Kuzatish aniq maqsadni ko`zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt oralig`ida davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo`lishi mumkin.
Tutash kuzatishda kengroq olingan xodisa (masalan, ma`naviyat asoslari darslarida o`quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma kuzatishda kichik-kichik xajmdagi xodisalar (masalan, ma`naviyat asoslarini darslarida o`quvchilarning mustakil ishlari) kuzatiladi.
Tajriba — bu xam kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o`zgartirib turiladigan sharoitda o`tkaziladi.
Tajriba natijalarini taxlil qilish taqqoslash metodi bilan o`tkaziladi. Milliy g’oya fanini o`qitish metodikasida suxbat metodidan ham foydalanishi mumkin.
Kursning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va tamoyillarini ishlab chiqish, ishchi faraz tuzish, ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasiiing shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi.
Davlat ta'lim standarti (DTS)-o‘quvchi –talabalar umumta'lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani, ta'lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilovchi xujjatdir. Davlat ta'lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me'yoriy xujjatlarni yaratish uchun asos bo‘ladi. Davlat ta'lim standartini bajarish O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha ta'lim muasasalari uchun majburiydir. O‘quv rejasi (tayanch va ishchi) –ma'lum bir yo‘nalishda mutaxassis tayyorlashni tartibga soluvchi me'yoriy xujjatdir. U davlat ta'lim standartining tarkibiy qismi bo‘lib ta'lim muassasasi moliyaviy ta'minotini belgilashga asos bo‘ladi. O‘quv dasturi-ma'lum bir fan bo‘yicha qanday mavzularni o‘rganishni belgilovchi me'yoriy xujjatdir. U DTSning tarkibiy qismi. Namunaviy va ishchi dasturga bo‘linadi. Ishchi dastur har yili yangilanadi va qo‘shimchalar bilan boyitib boriladi.
Demak, bu me'yoriy xujjatlar milliy g‘oya va mafkurani o‘quvchi talabalar ongiga singdirishga xizmat qiladi.
Milliy g‘oya va mafkura jamiyat rivojlanishidagi yetakchi g‘oyalarni o‘zida mujassam etib, xalqimizning azaliy an'analariga, udumlariga, ruhiyatiga, qadriyatlariga asoslanib, kelajakka bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Bu g‘oyalar bilan qurollangan insonlar o‘z orzu-intilishlari yo‘lida birlashadilar.
Mana shunday barkamol avlodni voyaga yetkazish, mamlakatimiz kelajagini ta'minlash uchun O‘zbekistonda ta'lim tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi deb belgilandi. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta'limning yangi modeli yaratildi.
Ma'naviyat millat abadiyligini va mamlakat taraqqiyotini ta'minlashdagi ustivor omil hisoblanadi. Shuning uchun ham Prezidentimizning yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maksadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”1- deb ta'kidlaganligi bejiz emas. Uning ana shu muhim roli va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, milliy-ma'naviy tiklanish, yoshlarni yuksak Ma'naviyat sohibi va barkamol inson qilib tarbiyalash mustaqilligimiz sharoitida davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bunday siyosatni real hayotga tadbiq etishda respublikamizda “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazini tuzish, hamda uning faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlanib chiqarilgan Prezident farmonlari va vazirlar maxkamasining qarorlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1997 yildan boshlab respublika oliy ta'lim tizimiga “Ma'naviyat va ma'rifat asoslari” kursining kiritilishi bu amaliy ishlardan muhimi bo‘ldi.
Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini sog‘lom insonparvarlik yo‘nalishida qayta tashkil etish, uni yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarish, barkamol, ma'naviy dunyosi boy, axloqiy pok, komil insonlarni tarbiyalash kechiktirib bo‘lmaydigan, davlat ahamiyatiga, millat kelajagiga molik vazifa bo‘lib turibdi, «Ma'naviyat asoslari» kursini oliy ta'lim tizimida o‘qitilishi ham ana shu muhim vazifani amalga oshirilishiga xizmat qilmog‘i lozim.
Xalqimiz o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ozod va obod, farovon hayot yuksak ma'naviyat tushunchasi bilan shu qadar mushtarak tushunchaki, ularning birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydi. Ma'naviyatning inson va jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati «Yuksak ma'naviyat -engilmas kuch» kitobida har tomonlama, chuqur ochib berilgan.
Ta'limni totalitar tuzum mafkurasidan xalos etib, uni milliy istiqlol mafkurasi, milliy g‘oya ruhi bilan sug‘orishda ijtimoiy gumanitar fanlarning ahamiyati kattadir. Shu nuqtai nazardan Milliy istiqlol g‘oyasi, ma'naviyat asoslari fanlari bu jarayonda o‘ziga xos metodologik fan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Milliy g‘oya,ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi” yo‘nalishi uchun tuzilgan davlat ta'lim standartlarida “Milliy g‘oya ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o‘qitish metodikasi” faniga alohida o‘rin berilgan.
Avvalo, “Ma'naviyat asoslari” kursini o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash har tomonlama yetuk, baokamol shaxsni tarbiyalash ishini yanada samarali, tabiiy hal etishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, darslarga ko‘rgazmalilikka-turli albom, plakatlar, badiiy asarlardan namunalar o‘qishga alohida ahamiyat berish ham yaxshi natija beradi.
Uchinchidan, turli muzeylarga, tarixiy joylarga, buyuk allomalar uchun mustaqillik yillari barpo etilgan majmualarga ekskursiyalar uyushtirish talabalarning ma'naviy-ruhiy, ichki-botiniy dunyosiga kuchli ta'sir o‘tkazishni ham nazardan qochirmaslik lozim bo‘ladi.
To‘rtinchidan tarixiy mavzulardagi, shu bilan bir qatorda mustaqillik yillaria xalqimizning ma'naviy poklanish, ma'naviy tiklanish, ma'naviy rivojlanishiga oid yaratilgan video filmlarni namoyish orqali darslarni olib borishning afzalliklari, talaba qalbiga kirib borishdagi ahamiyati katta ekanligini ham hisobga olish zarur.
Beshinchidan, darslarni o‘tkazishga fanimiz, adabiyot va san'atimizning ko‘zga ko‘ringan vakillarini taklif qilish, ular bilan muloqotda bo‘lish ma'naviyat darslarining samaradorligini oshiradi.
O’quv fanining maqsadi - Milliy g’oyani odamlar ongiga singdirish va uni e'tiqodga aylantirishning samarali usullarini ishlab chiqish;
O‘quv fanning vazifalari: talabalarda ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etish, ta'lim jarayoning samaradorligini oshirish, zamon talablari, innovasion pedagogik texnologiyalar asosida Milliy g‘orya fanini o‘qitishga bo‘lgan munosabatlarni shakllantirishdan iborat.

  • talabalarga maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan Milliy g‘oya fanini o‘qitish metodlarini o‘rgatish;

  • o‘quvchilar ongida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini shakllantirish;

  • talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash metodlarini o‘rgatish;

  • Milliy g‘oya fani bo‘yicha darsni tashkil etish, dars va uni turlarini ajratish, darsda turli xil manbalardan, vositalardan foydalanish usullarini o‘rgatish.

Ma'naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari. Ma'naviyat hozirgi kunda haqli ravishda tabiatning oliy va noyob mahsuli-insonning ma'naviy axloqiy kamoloti uning shaxs sifatida shakllanishi, ma'naviy barkamol inson bo‘lib yetishishini o‘rgatuvchi va shunga yo‘llovchi kurslardan biriga aylanib qoldi. Talabalarimiz

xalqimizning boy ma'naviy merosini umuminsoniy ma'naviy boyliklar bilan uyg‘un holda o‘rganib o‘zlarida ijobiy ma'naviy-ma'rifiy sifatlarni shakllantirishlari lozim.
Milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasining predmetini. Davlat Ta'lim Standarti, dastur va darsliklarning tuzilishi va mazmuni; Ma'naviyat asoslari fani darsliklari va ularga qo‘yiladigan zamonaviy talablar;Ma'naviyat asoslari fani ta'limini didaktik asoslari;Ma'naviyat asoslari fani darslarida manbalar va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash; Ma'naviyat asoslari fanini o‘qitishning tashkiliy shakllar;. Dars, uning turlari va tuzilishi; Ma'naviyat asoslari fanini o‘qitish metodlari va klassifikatsiyasi; Ma'naviyat asoslari fani o‘qituvchisiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar;Ma'naviyat asoslari darslarida o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini, tekshirish hamda baholash; Ma'naviyat asoslari darslarida pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish; Ma'naviyat asoslari bo‘yicha sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar;Ma'naviyat asoslari xonasining o‘qituvchi tomonidan ilmiy-metodik jihozlanish talablarini o‘rganish tashkil etadi.


Yüklə 57,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin