I bob. O'qituvchining darsga tayyorgarligi funktsiyalari va bosqichlari


O'quvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini tekshirib, baholab borishning maqsadi va vazifalari



Yüklə 57,46 Kb.
səhifə7/9
tarix18.05.2023
ölçüsü57,46 Kb.
#116498
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fani darsliklari va ularga qo’

2.2 O'quvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini tekshirib, baholab borishning maqsadi va vazifalari.

Milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi kursini o‘tish jarayonida barcha ijtimoiy-gumanitar xususan, pedagogika, psixologiya, falsafa, tarix, iqtisod, siyosat, adabiyot va boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘tish mumkin. Bu fanlarning qanday g‘oyaga asoslanishi, ularni o‘qitish asosida yoshlar ongi va ishonchiga, qalbiga qanday g‘oyalar singdirilishi har qanday jamiyat uchun muhim va ahamiyatlidir. Umumbashariy prinsiplarga tayanish va uni e'tirof etish qoidasi fanlarning rivoji uchun keng imkoniyat beradi. Ikkinchidan, har bir fan yo‘nalishlari (sohalari) orqali milliy istiqlol g‘oyasi negizlarini bilib olish mumkin. Masalan, milliy g‘oyaning tarixiy negizlarini - tarix orqali, falsafiy jihatlarini - falsafa, iqtisodiy asoslarini - iqtisod, diniy asoslarini - dinshunoslik, adabiyot va san'at bilan bog‘liq tomonlarini o‘rganish orqali milliy g‘oya kishilarning ishonch va e'tiqodiga aylanib boradi.
Milliy g'oya va ma’naviyat asoslari fani darsliklari va ularga qo'yiladigan zamonaviy talablar

  1. Milliy g'oya va ma’naviyat asoslari fani darsligi bilim manbai va ta'lim vositasi sifatida.

  2. Milliy g'oya va ma’naviyat asoslari fani darsligining vazifalari ta'lim vositasi asosi muvofiqlashtirish vazifasi; axborot manbai, fan bo'yicha bilimlar tizimi, o'quvchilar bilim va malakalarini integralsilash, majburiy o'quv materiali yig'indilari, nazorat vazifasi, huquqni mustaqil o'rganish vositasi, o'z-o'ziga ta'lim vazifasi, shaxs shakllanishiga ta'sir vositasi, tarbiyalovchilik vazifasi.

  3. Milliy g'oya fani darsligining asosiy tarkibiy qismlari.

  1. Darslik - davlat ta'lim standarti, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fanning asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan xamda turdosh ta'lim yo‘napishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr

Darslik tuzish har bir mutaxassisdan yuqori mas'uliyat, bilimdonlik, tajriba va bilim talab etadi va uni tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak:

  • har bir darslik yuksak g‘oyaviylik va ilmiylik asosida tuzilishi zarur. Dastur mazmuniga mos kelishi kerak;

  • qulay va ixcham bo‘lishi;

  • fikrlar aniq va ravshan, bilimlar jonli bo‘lishi;

  • uslubiy tomonlar kuchaytirilishi;

  • amaliy yo‘naltirilishi;

  • predmetlararo o‘zaro bog‘liqlik nazarda tutilishi zarur.

  • Har qaysi o‘quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va uning hajmi dastur talablariga hamda shu sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan bo‘lishi kerak.

  • Darslikda bayon kilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari va g‘oyaviy yo‘nalishi tizimli va izchil bo‘lishi, darslikda keltirilgan dalillarning ishonchli bo‘lishi, ular to‘g‘ri tahlil, anik ta'rif etilishi, tegishli xulosalar chikarilishi hamda shu orqali o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib topishini ta'kidlashi lozim.

  • Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.

  • Darslikda bayon kilinayotgan materialning xarakteriga bog‘liq holda tegishli qoida va ta'riflar berilishi, dalillar keltirilishi hamda darslik yaxshi bezatilgan bo‘lishi, ba'zi materiallar rasm, sxema, diagramma va boshka illyustratsiyalar bilan boyitilishi talab etiladi.

  • Darslik o‘quvchilar tushunishi oson bo‘lgan jonli tilda yozilishi, ayni zamonda fikrlar anik va qisqa bo‘lishi kerak.

  • Darslikda ta'lim mazmunining muhim komponentlari o‘z ifodasini topgan bo‘lishi lozim: tabiat, jamiyat, texnika, insoniyat, faoliyat usullari, tushuncha va iboralar to‘g‘risidagi nazariy bilimlar, nazariya va qonuniyatlar, metodologik va qimmatli fikrlar bo‘lishi kerak.

  • Darslik materiallari o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, ma'naviyat, axloqiy- hulqiy tushuncha va odatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

  • Unda materiallarning izchil, sistemali bayon etilishiga, bilish metodlari bilan uzviy bo‘lishiga e'tiborni qaratish kerak.

  • Darslikda o‘quvchi ijodiy qobiliyatini, bilish imkoniyatlarini oshirish, mustaqil bilishni shakllantirish yuzasidan topshiriqlar, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar beriladi.

Darslikning tuzilishi, mazmuni uning metodik apparati qanday bo‘lishi kerak
Birinchidan, darsliklar “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlanishi kerak.

  • Xususan, darsliklar ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari bo‘lmish: ta'lim bilan tarbiyaning insonparvarligi, demokratik xarakterda ekanligi, ta'limning uzluksizligi va uzviyligi, ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi to‘g‘risidagi printsplariga asoslangan bo‘lishi lozim.


  • Yüklə 57,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin