I bob. O'qituvchining darsga tayyorgarligi funktsiyalari va bosqichlari



Yüklə 57,46 Kb.
səhifə8/9
tarix18.05.2023
ölçüsü57,46 Kb.
#116498
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fani darsliklari va ularga qo’

Ikkinchidan, darsliklar, shu jumladan, umumiy o’rta ta'lim maktablari va o’rta maxsus kasb hunar kollejlarining Milliy g‘oya darsliklari O‘zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qarori bilan tasdiqlangan Milliy g‘oya ta'lim standartiga mos holda yozilgan bo‘lishi lozim. Mazkur ta'lim standartida Milliy g‘oya ta'limining maqsadi va vazifalari, ta'lim mazmunining majburiy minimumi, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar berilgan.

  • Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun yozilgan Milliy g‘oya darsligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi 400-sonli qarori bilan hamda oliy o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hay'atining 2001 yil 3 avgust 7/3- sonli qarori bilan tasdiqlangan ta'lim standarti asosida yozilgan.

  • Uchinchidan, o’quv dasturi unga asoslangan darslik - Milliy g’oya fanining so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirishi lozim.

  • To‘rtinchidan, ta'lim bilan birgalikda, tarbiyani o‘quvchilar ongiga singdirish lozim.

    O‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun quyidagi o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar yaratilgan:

    • 1. A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo‘raev qalamiga mansub «Vatan tuyg‘usi»

    qo‘llanmasi (T., «O‘zbekiston», 1996) 5-6 sinflar uchun mo‘ljallangan bo‘lib uch qismdan, 10 bobdan iborat. 5-6 sinflar uchun barcha ma'lumotlar yetarli.

    • 2. S.Nishonova, O.Musurmonova, M.Qarshiboev muallifligidagi 7- sinflar

    uchun «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari» o‘quv qo‘llanmasi (T., «Ma'naviyat», 2002) 16 fasldan iborat. Milliy g‘oyaga 8 ta mavzu berilgan.

    • 3. M.Qarshiboev, S.Nishonova, O.Musurmonova tomonidan tayyorlangan 8-

    sinflar uchun «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari» o‘quv qo‘llanmasi (T., «Ma'naviyat», 2002) XVI fasldan iborat. Milliy g‘oyaga 9 ta mavzu ajratilgan.

    • 4. O.Musurmonova, M.Karshiboev muallifligida yaratilgan 9-sinflar uchun

    «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari» o‘quv qo‘llanmasi (T., «Ma'naviyat», 2003) 19 fasldan iborat. Milliy g‘oyaga 8 ta mavzu berilgan.

    • 5. X.Sultonov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan X-XI sinflar uchun

    mo‘ljallangan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» o‘quv qo‘llanmasi (T., «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2004) uch qism va 28 mavzudan iborat.

    • 6. X.Sultonov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan o‘rta maxsus, kasb-

    hunar ta'limi tizimi uchun yaratilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» o‘quv qo‘llanmasi (T., «Yangi asr avlodi» , 2001) 12 ta nazariy va 12 ta amaliy mashg‘ulotdan iborat bo‘lib milliy istiqlol g‘oyasi bo‘yicha asosiy masalalarni qamrab olgan.

    • 7. X.Sultonov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan o‘rta maxsus, kasb-

    hunar ta'limi tizimi uchun tayyorlangan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» darsligi (T., «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» , 2003) uch qism 13 ta nazariy, 12 ta amaliy, 2 ta qo‘shimcha va ixtiyoriy mavzular hamda asosiy tushuncha va atamalarning qisqacha lug‘atidan iborat.

    • 8. Q.Nazarov rahbarligida ijodiy guruh tomonidan o‘rta maxsus, kasb-hunar

    ta'limi tizimi uchun yaratilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» o‘quv qo‘llanmasi (T., «Faylasuflar milliy jamiyati» , 2003,2009, 2010) 14 ta nazariy va 12 ta amaliy mashg‘ulotdan iborat bo‘lib milliy istiqlol g‘oyasi bo‘yicha asosiy masalalarni qamrab olgan.


    XULOSA
    Milliy g’oya fanini o`qitish metodikasi fani bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida ikki tomonlama bog`lanish mavjud.
    Bir tomondan, ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi xuquq, falsafa, tarix va boshqa fanlarning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu xol ma`naviyat asoslarini o`qitish masalalarini xal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta`minlaydi.
    Ikkinchi tomondan, ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi ta`lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma`lumotlarga tayanadi, bu uning xayotiyligi va aniqligini ta`minlaydi.
    SHunday qilib, metodikalarning aniq materiallaridan "oziqlanadi", undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o`z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo`llanma bo`lib xizmat qiladi.
    O`qitishda predmetlararo bog`lanishni to`g`ri amalga oshirish uchun o`qituvchi buni hisobga olishi juda muximdir.
    Ilmiy-tadqiqot metodlari — bu qonuniy bog`lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o`rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maksadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir.



    Yüklə 57,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin