Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasi – barkamol avlod tarbiyasini ta`minlovchi barcha ma`naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlartning shakllanishini, insonning o`ziga va o`zgalarga ta`sir etishning mexanizmlarini o`rganish eng dolzarb masalalardandir.
Ijtimoiy tasavvurlar ijtimoiy psixologiyaning o`rganish ob’ekti
Shaxsni ijtimoiy psixologik jihatdan o`rganish
Ommaviy ijtimoiy psixologik hodisalar
Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi
Oila-ijtimoiy psixologiyaning o`rganish ob’ekti sifatida
1.3- sxema.
Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi. Bu sohadagi tadqiqot ob’ektlarida odamlarni guruhda va yakka holdagi xulq-atvorlarini o`rganish, kichik guruhlarning psixologik tuzilishi, ularga ro`y beradigan dinamik jarayonlar (uyushqoqliq, o`zaro moslik va hokazolar); guruhlardagi peshqadamlik va boshqarish psixologiyasi; konformizm hodisasi; jamoalarning shakllanish shartlari, turli guruhlararo munosabatlar. Guruhlardagi kishilar o`rtasida o`zaro muloqot, o`zaro bir- biriga ta’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga o`rgatish ham guruhlar sotsial psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Ushbu sohani o`rganish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy fan sohalariga ishlab chiqarish sotsial psixologiyasi va boshqarish psixologiyasi kiradi.
Shaxsni sotsial psixologik jihatdan o`rganish. Shaxs sotsial psixologik tadqiqotlarning ob’ekti sifatida qaralganda, avvalo uning xulq-atvori, sotsial motivlari, uning yo`nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli sotsial rollari, mavqei, sotsial qo`shilish omillari - sotsiallashuvi; shaxsning o`z-o`ziga bahosi, munosabati, hurmati hamda sotsial, tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta’siri, shaxs tiplari o`rganiladi.
Ommaviy sotsial psixologik hodisalar. Sotsial psixologiyaga ommaviy hodisalar deganda turli kishilar guruhiga shaxslararo munosabatlar va o`zaro ta’sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar, an’analar, udumlar, aqidalarning shaxs shakllanishidagi roli, olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o`zaro ta’sir masalalari tushuniladi. Hozirgi murakkab sotsial hodisalar sharoitida ommaviy sotsial psixologik qonuniyatlarni bilishning hamda ularni boshqarishning ahamiyati juda kattadir.
Oila-sotsial psixologiyaning o`rganish ob’ekti sifatida.
Bu yerda oilaga xos psixologik jarayonlar oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi o`zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining sotsial-psixologik metodlari o`rganiladi.
Sotsial tasavvurlar sotsial psixologiyaning o`rganish ob’ektidir.
Sotsial tasavvurlar shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanib, ular shaxs xulq-atvorini turli sotsial vaziyatlarni boshqarib turuvchi muhim psixologik mexanizmdir. Ular individual va sotsial ong o`rtasidagi o`ziga xos psixologik ko`prik bo`lib, bizning kundalik hayot tarzimiz, ob’ektiv borliqni tushunish va anglashning muhim vositasidir.
Har bir shaxsdagi sotsial tasavvurlarni bir necha kategoriyalarga bo`lish mumkin:
turli sotsial guruhlar haqidagi tasavvurlar,
din va boshqa konfessiyalar haqidagi tasavvurlar;
fan va ilmiy tushuncha haqidagi tasavvurlar;
shaxsni bevosita o`rab turgan sotsial muhit - oila, oilaviy rollar, xulq-atvor normalari, etika haqidagi tasavvurlar;
madaniyat va madaniy qadriyatlar;
shaxsning o`z "Meni" haqidagi obrazlar tizimi.
Sotsial psixolog qanday ilmiy tadqiqot olib bormasin, u albatta sotsial tasavvurlarning biror sohasiga murojaat qiladi.
Sotsial tasavvurlarni o`rganish va tarixiga murojaat qilib, shuni ta’kidlash mumkinki, bu konsepsiya Fransiya psixologik maktabiga taalluqlidir. Uning asoschisi Emil Dyurkgeym bo`lib, u o`zining sotsiologik qarashlari tizimida sotsial tasavvurlarni"sotsial fakt"eki obrazlar tarzida talkin etgan. Uning keyingi izdoshlari bo`lgan Franzuz olimlari S. Moskovisi, D. Jadeli, Kodol, Arbik, V. Duaz, M-J. Shombar de Lov va boshqa tasavvurlarning sotsial tabiati, ularning hayotdagi o`rni, ahamiyati, tuzilishi va o`zgarishi masalasida qator ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirib, sotsial tasavvurlar haqida o`ziga xos nazariyalar yaratdilar. Ularning asosiy tadqiqot usullariga anketa, kontent-analiz, suhbat metodlari kirib, shu oddiy metodlar yordamida fransuzlarning shaxs haqidagi, freydizm haqidagi, din haqidagi tasavvurlaridan tortib, katta - sotsial guruhlar ayollar, erkaklar va bolalar haqidagi tasavvurlarini tadqiq qiladilar. Oxirgi yillarda kognitivizm yunalishi doirasida ushbu konsepsiyaning hayotiyligi isbotlanmoqda va butun dunyo psixologlari bu nazariyani tan olmoqdalar.
Ajratilgan vazifalardan eng muhimi shuki, hozirgi davrda sotsial psixologiya o`zi bilan bevosita aloqador bo`lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan hamkorlikda keskin o`zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo`ladi, u bu o`zgarishlarni qanday idrok qilmoqda, uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish mumkin, degan savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir.
Ijtimoiy psixologiyaning dolzarb masalalari
ijtimoiy tafakkur, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishi.
ijtimoiy tafakkur, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishi.
ijtimoiy tafakkur, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishi.
ijtimoiy tafakkur, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishi.
insonning o’ziga va o’zgalarga ta’sir etish mexanizmlarini o’rganish.
1.5-sxema.
3. Sotsial psixologiya bir qator sotsial fanlar bilan uzviy bog’liq .