II-Bob Kasbiy faoliyat motivasiyasi Kasbiy motiv va motivasiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng doirada tadqiq qilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida Ye.A.Klimov, V.A.Kruteskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog’liq motivasiyalarni 3 guruhga ajratish mumkin; birinchisi - mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi - kasb tanlash motivlari va uchinchisi - ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat esa barchasini jamlangan holda izohlanadi, ya’ni, bunda mehnat faoliyati motivlari, kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita motiv orqali esa ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga keladi.
Mehnat faoliyati motivlari xilma-xil bo’lib, ular o’ziga xos omillar bilan belgilanadi.
Birinchi guruh omillariga jamoaviy xarakterning uyg’onishi bilan bog’liqliklari kiritilib, bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan tobelikni xohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi.
Ikkinchi guruh omillari o’zi va oilasi uchun moddiy mablag’ning orttirilishi, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab topish motivlaridir.
Uchinchi guruhga o’zini o’zi faollashtirish, rivojlantirish, o’zini namoyon qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shug’ullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste’molchi balki yaratuvchi bo’lib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruhga mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi va boshqalarning hurmatini qozonish bilan bog’liq. Maktab o’quvchilarining mehnat tarbiyasi ham shu motiv bilan bog’liq ravishda shakllantiriladi.
Mehnat faoliyatining umumiy motivlari yukorida aytib o’tilganidek, aniq kasblar doirasida amalga oshadi. Kasb tanlash anchagina qiyin va motivasion jarayondir. Axir shaxsning to’g’ri kasb tanlashi ko’pincha insonning hayotdan qoniqishga ham sabab bo’ladi.
Insonning qaysi faoliyatini tanlashi ko’proq tashqi omillar haqidagi karorning kabul kilinishi jarayoni haqida tuxtalishi muhimdir. Bu asosan tashki xolat baxolariga, o’zining imkoniyat va kobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va moyilliklariga bog’liqdir. Tashqi holatini baholash, ijobiy ta’sir ko’rsatadigan omillar, o’zida ishlab topiladigan pul mikdori, imtiyoz, taklif etilayotgan korxona, muassasaning yashash joyiga yakin bo’lishi, transpot alokalarining kulayligi, ish joyi estetikasi va ishlab chikarishning zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iklim, maktov va tartibga chakirish kabilarni kamrab oladi.
O’z imkoniyatlarini baxolash soglomligi, ishga yarokliligi, kasbi bo’yicha muhim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori shovkinli ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan ishlay olish imkoniyati kabilarni uz ichiga oladi.
Qiziqishlarga mos ravishda tanlangan ish joyini baholash, ayni vaqtda ishlayotgan muassasasi, korxonadagi imkoniyat to’siqlari, ishni boshqarish, kasbiy o’sish, tashabbusning paydo bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Ba’zan qiziqish bo’yicha ish joyini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ish joyini va kasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay tomonidan klassifikasiya qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi:
1) Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi),
2) Vaziyat bilan bog’liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart-sharoitlarni ruyobga chiqarish).
3) Komformist.
4) Kasbiy motivasiyalar (o’ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarini, do’st va tanishlarining maslaxatlari bilan).
L.I.Bamburova musiqa ijrochilik kasbini tanlashga sabab bo’luvchi omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatadi:
Ijod va musiqa ijro etishga bo’lgan qiziqish.
Musiqadan zavqlanishga bo’lgan ehtiyoj.
Musiqa asarlarini ijro etishda o’zi tashabbus ko’rsatishga intilish.
Tinglovchilarning qadriyatini ko’tarish, ularga rohat baxsh etish xohishi.
Albatta yuqoridagilar musiqa ijrochilik faoliyatining to’liq motivlari emas. Ular faqatgina musikachilik faoliyatini boshlashga olib keladi.
A.P.Vasilyev tibbiyot xodimi kasbini tanlashning quyidagi asosiy motivlarini keltirib o’tadi:
1) Insonlarni davolash istagi.
2) Og’ir kasalliklar, qariya, yosh bolalarni og’riqlardan xalos etish istagi.
3) O’z yaqinlarining sog’lig’i haqida qayg’urish imkoniyati.
4) Ilmiy tibbiyot muammolarini hal etish.
5) O’z sog’lig’i haqida kaygurish.
6) Moddiy qiziqishlar.
Motivlarning mustaxkamlanishi mehnat faoliyatida ishlovchilarning ko’pgina omillarini qondirilishiga bog’liq bo’ladi. G’arb psixologlaridan V.Vrum va E.Disi mehnat faoliyati motivasiyasini tarkibiy qismlarini ajratadilar. Unga ko’ra insonlar qanchalik uz ishidan qoniqsa, shunchalik ular o’z ishlarini bajarishga kuchliroq xarakat qiladilar. Ularni faoliyat jarayonida ragbatlantirib borilsa, shunchalik qattiqroq ishlaydilar. Bunday yondashuvda amalga oshiriladigan ragbatlantirish ishchilar faoliyatining mahsuldorligiga bog’liq. Bunda ular faoliyat ko’rsatadigan firma, kompaniya va tashkilotlardan kuch oladilar. Bu turli qo’shimcha imtiyozlar nafaqat ta’lim olish uchun intilish, dam olish, korxona tomonidan tashkillashtiriladi.
So’rovnoma natijalariga muvofiq ishdan bo’shashning turi - obyektiv, obyektiv - subyektiv va subyektiv ko’rinishlarga ajratiladi. Obyektiv sabablarga sog’liqning yomonligi va jismoniy holati, turar joyini o’zgarishi, ta’lim olishni davom ettirish, tug’ish va bolani parvarishlash kabilar kiradi. Obyektiv - subyektiv sabablarga mehnat shartnomasining shartlari, kasbiy o’sish, yuksalish imkonining yo’kligi va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Subyektiv sabablarga jamoadagi psixologik iqlim, shaxslararo munosabatlar va boshqalar kiradi.
Ishsizlarning ish qidirish motivasiyalari haligacha ham o’rganilmayotgan muammo bo’lib qolmoqda. Shu bilan birga ishsizlarning axloqi, yangi ish joyini topish bo’yicha faoliyati ko’p jihatdan uning motivasion jabhalariga, ularning tuzilishiga kam hollarda hayot mazmunining shart-sharoitlariga bog’liq. M.V.Dmitriy ta’kidlaganidek, ishsizlarning motivasion jabhalarini o’ziga xos xususiyatlari ish izlashdagi faoliyatlari motivasion tuzilishlarining xamma ko’rsatkichlariga bog’liq holda namoyon bo’ladi. Ular ijtimoiy o’zgarishlardan mustakil bo’lish uchun kayta xarakat kilishda uz imkoniyatlaridan foydalanishga turtki beradi. Passiv ishsizlarning motivasion imkoniyatlarini tuzilish xususiyati aloxida motivlarning xam xarakatlanuvchanligi bilan tavsiflanadi.
Kasbiy faoliyat motivlari tuzilishining tavsifnomasi uchun B.N.Dadanov taklif qilgan usullarni qo’llash mumkin. U istalgan faoliyatning sabablari sifatida quyidagi omillarni o’zida aks ettiradi, deb ko’rsatadi:
1 .Ayni faoliyat jarayonidan rohatlanish.
2.Faoliyatning to’g’ri natijalari (yaratiladigan maxsulot o’zlashtirilayotgan bilim va xokazo).
3.Faoliyatni rag’batlatirish (maosh, mansabni oshirish, so’z vositasida va xokazo).
4.Bosh tortish xollarida yoki faoliyat yaxshi bajarilmaganda beriladigan jazodan o’zini olib kochishga intilish.
Bu sabablar salbiy “valentlikka” xam ega bo’lishi mumkin. Masalan, faoliyatdan uzoqlashib, qiziqishlarini so’ndirishi mumkin. Salbiy valentlikni maxsus belgi bilan izoxlab, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
T-insonga ish jarayonining mashaqqatli, yoqimsiz bo’lishi;
R-erishishi kerak bo’lgan natijaga intilishdan uzoqlashish;
V-ishdan bosh tortish uchun rag’batlantirish-taklif etish;
G-ayni ish faoliyati uchun jazo belgilashi.
Pedagogik oliy o’quv yurtlariga kirish va pedagog kasbini tanlash motivlari (o’qituvchi, bogcha tarbiyachisi va b.) turli xil bo’lib, bunda ulardan bir qanchasi pedagogik faoliyat bilan bog’liq bo’ladi. Bu jihat anchadan beri pedagogik, jamoatchilik va oliy o’quv yurtlarini o’ylantirib keladi. O’tkazilgan ko’pgina so’rovlar bo’yicha olingan natijalarda (pedagogik oliy o’quv yurtiga kirganlarning) o’qituvchi kasbiga ijobiy munosabat bildirgan. Taxminan 40 % u yoki bu narsa yoki predmetlarga qiziqqani tufayli o’qituvchilik faoliyatiga qiziqmagan xolda 13 % dan 22 % talabalar esa na o’qituvchilik faoliyatiga va na kasbiy fanga ijobiy munosabat bildiradi. Ularni oliy o’quv yurtiga kirishidan maksad ayni vaktda xarbiy xizmatdan qochish yoki oliy ta’lim nufuziga ega bo’lish hisoblanadi. Ko’pgina, talabalarning pedagogika o’quv yurtiga kirish sabablari shu dargoxning ularning turar joyiga yaqinligi bo’ladi. Bu ko’rsatkich, bunday moyillik ko’p yillar davomida saqlanib kelmoqda.
Ongli ravishda kasb tanlash insonning ijtimoiy mavqyei bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Agar inson uchun asosiysi ijtimoiy nufuz xisoblansa, unda kasb xozirda mavjud bo’lgan qoidalar, shuningdek, jamiyatdagi nufuzli kasblardan kelib chiqib tanlanadi. Ko’pchilik kasb tanlayotganda bu kasb ularga qanchalik moddiy ragbat keltirishiga tayanadi.
Insonlar orasida qiziqishlari tufayli kasb tanlovchilar xam bo’ladi va bu qiziqish kamdan-kam xollarda romantik xarakter kasb etadi.
Kasb mansabga intilish asosida, xaqiqiy tashqi taassurotlar zamirida, ota-ona, do’stlarining maslaxatlari orqali yoki omadga bog’liq xolda tanlashi mumkin. Lekin kasbdagi romantika odatda tezda yo’qoladi va uning o’rnida inson xali na hissiy, na jismoniy va na psixik jihatdan tayyor bo’lmagan “og’ir ish kunlari” qoladi. Tanlagan kasbi o’zi uchun qiyin bo’lib, ko’p hollarda turli tusiqlarni yuzaga keltiradi va ayrim xollarda uz kasbini o’zgartirishiga to’g’ri keladi.
Bunday hollarda kasb tanlash ko’pgina sharoitlarga bog’liq bo’lib qoladi. Lekin xammasidan oldin kasb tanlashga e’tiborni tortish kerak. Ko’pgina, tanlangan faoliyatlar insonning kobiliyat va moyiligiga muvofik bo’ladi.
A.K.Baymetov pedagogik faoliyat motivlarini o’rganib, ulardan 3 ta asosiylarini birlashtiradi:
a) muqarrarlik motivi (burchli);
b) o’qitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e’tiborni tortish;
v) bolalar bilan muloqotga kirishish.
Bu motivlarning ustunlik qilish xarakteriga ko’ra mualliflar 4 guruhga mansub o’qituvchilarni ajratadilar:
Burch xissining ustunligi bilan (43 %);
o’qitilayotgan fanlarga qiziqishning ustunligi (39 %);
bolalar bilan muloqotga kirishish ehtiyojining ustunligi (11 %);
o’zi xohishlarini ruyobga chiqarish motivi.
O’rganilgan manbalarga ko’ra motivasiya tiplari o’qituvchilarning o’quvchilarga bo’lgan pedagogik talablarining yo’nalishi va xarakteriga ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchining turli tomonli motivasiyasi o’quvchilarning axloqiga va ularning o’quv materialini o’zlashtirishga talabning uyg’unligi bilan tavsiflanadi. O’qituvchilardagi majburiyat motivlarining ustunligi o’quvchilarga fakatgina katta talablar kuyib kolmasdan, balki, katiy intizomni xam talab qiladi. O’quv faniga bo’lgan qiziqish motivlari ustun turuvchi o’qituvchilarda o’quv materialini uzlashtirishga bo’lgan talab kuzga tashlanadi, chunki bunda eng ko’p talab o’quvchi shaxsiga qaratilgan bo’ladi.
A.K.Baymetov ta’kidlab o’tganidek, avtoritarlikka moyillik motivining ustunligi avtoritar o’qituvchilarda muloqot motivining ustunligi liberal o’qituvchilar u yoki