1.3. Sotsial psixologiyaningasosiy bo`limlari. Kishilarning birgalikdagi faoliyatlarida amalga oshiriladigan o’zaro ta’sir va muloqot jarayonlari qonuniyatlarini o’rganish.
Ijtimoiy guruhlar va ularning psixologik xususiyatlarini o’rganish
Shaxs psixologiyasi
Ijtimoy psixologiyaning asosiy bo’limlari qo’yidagilardan iborat
1.7-sxema.
Har bir shaxs hamisha ma’lum sotsial guruhlar doirasida faoliyat ko’rsatadi. Bu uning oilasi, mehnat jamoasi, ko’cha-kuyda norasmiy guruhlardagi davrasi, o’quv jamoasi vaboshqalar.
Shaxsning yakka va turli guruhlar doirasida o’zini tutishi, xulq-atvori, mavqei, unga o’zga xos guruhiy tasirlar,guruhdagi shaxslararo moslik, liderlik, guruhiy tazyiqqa beriluvchanlik kabi qator xodisalarni o’rganish ijtimoy psixologiyaning muhim sohalaridan biridir.
Shaxs psixologiyasi, uning ijtimoy- psixologik qiyofasi masalasi ham bugungi kundagi o’zgarishlar va ma’naviy jihatdan poklanish davrida o’ta muhim sohasidir.
Har bir shaxsning jamiyatda ro’y berayotgan tub islohatlarga munosabati, ularni idrok qilish va anglash darajasi, o’z-o’ziga nisbatan munosabatining tabiati, xulqidagi sotsial motivlar va yo’nalishlar katta ahamiyatga egadir. Jamiyat miqiyosida ro’y beradigan ommaviy xodisalar ham ijtimoy psixologiya uchun tadbiqiy ahamiyatga ega. Chunki alohida shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruhlarning ta’sirini inkor etib bo’lmaydi.
Mamlakatimizda ro’y berayotgan tub sotsial – siyosiy islohatlar sotsial taraqqiyot va tafakkuri rivojlanishini tezlashtiruvchi, davr va kishilar ruhiga xamohang tarzda kechishini ta’minlab beruvchi tadbiqiy ishlar xususida, yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir.
Sotsial psixologiyaning alohida sohalari:
Hozirgi kunda sotsial psixologiya har bir sohaga kirib brogan. M: Isotsial psixologiya oilani o`ziga xos sotsial guruh sifatida tekshirib, unda sodir bo`ladigan barcha ruhiy jarayonlarni o`rganadi. Respublikamizda oila va nikoh masalalariga e’tiborning kattaligini hisobga olib, ko`pchilik tadqiqotchilar o`z ilmiy ishlarini ana shu muammolarga bag`ishlaganlar.