Gazeta o‘qiyotgan qiz (tema) shu yerga kelganda o‘zini tutolmadi (rema),
qo‘llari (tema) qaltiray boshladi (rema) (R.Fayziy. Hazrati inson).
고모가
(tema)
간호사 누나에게 물었는데
(rema),
예쁜 형이
(tema)
미리 대답을
하는 것이었습니다
(rema). (“
별이 된 도깨비 누나”, 김정환
143 bet)
Ammam (tema) hamshiradan so’ragan edilar (rema), lekin kelishgan
yigit (tema) oldin javob berdi (rema).
Gapning aktual bo‘laklarga bo‘linishining sintaktik tabiati an’anaviy
sintaktik tahlil kategoriyalariga o‘xshashligining sababi, tema va rema ham
tilning grammatik vositalari yordamida ifodalanishidadir. Ifodalanayotgan xabar
ma’nosining temadan remaga qarab kengayib, o‘sib borishi me’yoriy-neytral
holat hisoblanadi. Bu holat, odatda, gapdagi to‘g‘ri so‘z tartibida vujudga keladi.
Ko‘pincha, to‘g‘ri so‘z tartibi orqali tuzilgan jumlalarda gapning aktual
bo‘laklarga bo‘linishining tartibi grammatik (sintaktik) jihatdan bo‘laklarga
bo‘linish bilan mos keladi. Boshqacha aytganda, tema egaga, rema esa kesimga
mos keladi. Temaga mos kelgan ega predmetlik ifodalovchi so‘zlar bilan,
remaga mos kelgan kesim esa fe’l bilan ifodalanadi. Tema va remaning bunday
ifodalanishi progressiv usul deyiladi.
To‘g‘ri so‘z tartibi jarayonida ifodalangan rema fraza urg‘usini oladi va
ba’zan faqat, -gina kabi kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari bilan ham qo‘llanadi.
Tema esa olmosh bilan ifodalanadi:
1
Qarang: Крушельницкая К.Г. К вопросу о смысловом членении предложения // Вопросы
языкознания, 1956, № 5. –С. 55-56.
|