I bob. Tilshunoslikda paradigma va uning kelib chiqishi


II BOB YUZASIDAN XULOSALAR



Yüklə 41,45 Kb.
səhifə10/10
tarix16.05.2023
ölçüsü41,45 Kb.
#114348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I bob. Tilshunoslikda paradigma va uning kelib chiqishi

II BOB YUZASIDAN XULOSALAR
O‘tgan asr so‘ngida bozor iqtisodiyotining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, zamonaviy axborot texnologiyalarining ommalashuvi, ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish dolzarblashib, tilshunoslik ham amaliy vazifalariga – nutq samaradorligi tadqiqiga e’tiborni kuchaytirdi. Natijada fanda sotsiolingvistika, etnosotsiolingvistika, lingvopragmatika, pragmalingvistika, pragmatika, psixolingvistika kabi nomlar bilan yuritiluvchi yangi tarmoqlari shakllandi. Bu yo‘nalishlarni o‘zida mujassamlashtirgan yangi davr tilshunosligi nutqqa insoniy faoliyat – fikr almashish va o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatish, bunyod qilishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashib, uning ixchamligi, samaradorligi va ta’sirchanligi, mantiqiyligi tadqiqini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Xususan, bugungi kunda jahon tilshunosligida nutqning faoliyat sifatidagi qiymati hamda uning implikaturalari bo‘lgan ko‘chma va tag ma’nolarni, ochiq ifodalanmagan, lekin ifodalanishi so‘zlovchining maqsadi bo‘lgan ma’lumot-axborotni aniqlash usullari ishlab chiqildi va u tezda ommalashib ulgurdi.
Struktur tilshunoslik, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tilga boshqa hodisalardan, xususan, inson omilidan xoli qilingan “quruq”, statik sistema sifatida munosabatda bo‘lib keldi.
Tilning voqelanishda inson omili bilan bog‘liq ravishdagi nutqiy muloqot jarayonini tadqiq qilish lingvopragmatik va psixolingvistik yo‘nalishning o‘rganish manbaini tashkil etadi. Ma’lumki, nutqiy muloqot o‘nlab – milliy, etnografik, ijtimoiy, falsafiy-madaniy, axloqiy-estetik, tarixiy, maishiy va ruhiy omillarning lisoniy birliklar voqelanishi bilan qorishuvidan iborat dinamik sistemadir. Demak, insonning mental faoliyati bilan bog‘liq ravishdagi hodisalarni tadqiq qiluvchi kulьturologiya fanining muhim tarmoqlaridan biri sifatidagi pragmatik tilshunoslik inson sub’ekti va ob’ektivlik (lison)ni qorishiq yaxlitlik sifatida tadqiq qiladi. Zero, nutqda sub’ektivlik va ob’ektivlikni bir-biridan ajratgan holda tadqiq qilish mumkin emas, sistemaviylik yaxlitlik xossasi bilan xarakterlanadi. Demak, nutqiy faoliyat unga yondosh va insonga xos ruhiy, fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy sistemalar bilan bog‘liqlikda tadqiq etilgandagina nutqiy muloqotning mohiyati ochiladi va individual hodisa sifatidagi nutqqa ob’ektiv baho beriladi.
Lisonning nutqiy voqelanishini unga hamrohlik qiluvchi nutqiy paradigmalar (fiziologik, ruhiy, professional, axloqiy, estetik, madaniy, nutq vaziyati – nutq sharoiti, nutq uslubi) qurshovida tekshirish natijasida lisonni modifikatsiya qiluvchi vositalarning ta’siri va roliga baho, nutqning ijtimoiy qiymatiga va ta’sirchanlik – bunyodkorlik ahamiyatiga ilmiy tavsif beriladi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI


1. Шайхисламов, Н. (2020). Абай поэзиясындаFы философиялык сарын. Абай ижоди ва илмий меросини урганиш масалалари, 154-157.
2. Шайхисламов, Н. (2020). Фондаментхои технологияи асосии забон ва назарияи гендерй. Мактабгача таълим муассасаларида, умумтаълим мактабларида ва олий таълим муассасаларида чет тиллар уцитишнинг узвийлиги, 734-735.
3. Shofqorov, A. M., & Shayxislamov, N. (2020). Ona tili ta’limda lingivistik mashqlarning o „rni. Science and Education, 1(Special Issue 2).
4. Shaykhislamov, N. Z., & Makhmudov, K. S. (2020). Linguistics and Its Modern Types. Academic Research in Educational Sciences, 1(1), 358-361. cademic Research, Uzbekistan Page 229 www.ares.uz 5
5. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o’qitishning muammolari. Science and Education, 1(Special Issue 2).
6. Shayxislamov, N. Z. Umumta’lim maktablarida ona tili fanini o„qitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. Science and Education, 1(7), 373-378.
7. Махмудов, К,. Ш., Санакулов, З. И., Шайхисломов, Н. З., & Кдршиева, Д. Э. (2020). Педагогик таълимда "Кластер". Science and Education, 1(7), 587-593. ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохи. Science and Education, 1(5).
8. Ugli, M. K. S., & Qizi, A. D. A. (2020). Raising english learning awareness of students whose speacialties are non-lingusitic. Science and Education, 1(3).
9. Шайхисламов, Н. (2020). Изучение языка в социолингвистике и культура речи. Экономика и социум, 10(77).
10. Chaves, A. (2011) Ta'lim psixologiyasining turli xil paradigmalari doirasida o'rganishni baholash
11. Concept definition.de (2014) Paradigma ta'rifi Conceptdefinition
12. Gonsales, A. (2003) Ijtimoiy fanlarning tadqiqot paradigmalari. Sociologiaunah.files.wordpress.com
13. Grey, J. (2012) Fanning rivojlanishi: 4 ta paradigma
14. Ernandes Roxas, G. (2010). Ta'lim psixologiyasidagi paradigmalar. Birinchi nashr. pp. 79-245. Meksika. D.F. Meksika.: Paydos.
15. Luna, L. (2011) Paradigmlar: tushuncha, evolyutsiya, turlari
16. Nunez, P. (2009) Psixopedagogika Kognitiv paradigma
17. Explorable.com Paradigma nima? Tomas Kun paradigmalar haqida

1 Roget, 1952

2 Webster, 1852

3 Rachel Speght. Mortalities Memorandum, 1621

4 Tomas Jeferson (1816

5 Th. Jefferson, Letters, 1816

6 V.S.Stepin

7 https://hozir.org/download/fanda-paradigmalar-almashinuvi-haqida.doc

Yüklə 41,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin