I bob. Tilshunoslikda paradigma va uning kelib chiqishi


XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi



Yüklə 41,45 Kb.
səhifə5/10
tarix16.05.2023
ölçüsü41,45 Kb.
#114348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I bob. Tilshunoslikda paradigma va uning kelib chiqishi

1.2. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi
XIX asrning boshlariga kelib, tilshunoslikka alohida fan sifatida qarash g‘oyasi qat’iy tus oldi. Ushbu asrning 1-choragida turli tillar haqida dalillar yig‘ish, to‘plangan ma’lumotlarni qiyosiy-tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilish avj oldi. Olimlar ancha oldin ayrim tillar o‘rtasida o‘xshashlik borligiga e’tibor qaratgan bo‘lsalar-da, ushbu o‘xshashliklarning asl sababalari ilmiy jihatdan yoritilmagan edi. Aynan XIX asrga kelib, deyarli bir vaqtda turli mamlakatdardagi tilshunoslar tillar o‘rtasidagi sistematik o‘xshashlikni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalari, ya’ni tillar bir umumiy bobotildan kelib chiqqanligi, keyinchalik esa ularning har biri mustaqil rivojlanganligi bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga keldilar. Bunga tilni tarixiylik jihatidan o‘rganish, xususan, jonli tillarning o‘tmishini o‘rganish, sanskrit bilan yaqindan tanishish katta turtki bo‘ldi.
Tillarni tarixiy jihatdan o‘rganish va qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maydonga kelishida ingliz sharqshunosi va huquqshunosi Vilyam Jonsning (1746-1794) sanskrit tili bilan yunon va lotin tillari o‘rtasida yaqinlik borligi haqidagi fikrlari, nemis olimi Fridrix Shlegel (1772-1829) tomonidan yaratilgan “Hindlarning tili va donoligi” asari zamin bo‘lib xizmat qildi. Ushbu asarda sanskrit tilining nafaqat lug‘at tarkibi jihatidan, balki grammatik tuzilishi jihatidan ham lotin, grek, german va fors tillariga qarindosh ekanligi, ularning bir umumiy asosdan kelib chiqqanligi qayd etilgan edi. Bu juda ko‘p jonli va qadimiy tillarni tarixiy va qiyosiy jihatdan o‘rganilishiga va qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishiga, ayni paytda tilshunoslik fanining ham tarixiy, ham ilmiy-tarixiy nuqtai nazardan mustahkam asosga ega bo‘lishiga olib keldi.
Qiyosiy-tarixiy metod o‘z oldiga qarindosh tillarni qiyoslash orqali o‘rganish hamda u yoki bu tilning tarixini, unda yuz bergan o‘zgarishlarni, til taraqqiyotidagi qonuniyatlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish vazifalarini qo‘yadi. Ushbu metodning yaratilishida Frans Bopp, Rasmus Rask, Yakob Grimm, Aleksandr Vostokovlarning xizmatlari nihoyatda katta bo‘ldi. Ularning ijodiy izlanishlari natijasida Hind-Yevropa tillari deyarli to‘liq o‘rganildi. Bu jarayon 4 davrga bo‘linadi:

  1. Qiyosiy-tarixiy metod yaratilishidan to yosh grammatiklar maktabigacha bo‘lgan davr (XIX asrning 1-choragi).

  2. Yosh grammatiklar maktabi davri (1870-1890).

  3. Yosh grammatiklardan F. De Sossyurgacha bo‘lgan davr.

  4. Sossyur ta’limotidan bugungi kungacha bo‘lgan davr.

Birinchi davrning o‘zi 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda qiyosiytarixiy metod yaratilgan bo‘lsa, 2-bosqichda umumiy tilshunoslik faniga asos solindi.
XVII asr tilshunoslari ratsionistlarning “aql inson faoliyatida yetakchi rol o‘ynaydi”, degan fikrini olib, uni tilga tadbiq qilganlar, ya’ni aqlga, mantiqqa aloqador bo‘lgan qonuniyatlarni tilga nisbatan qo‘llaganlar. Shuning uchun PorRoyal tadqiqotchilari tadqiqot ishlarini fransuz tilini tavsiflashdan boshlagan bo‘lsalar ham, o‘z fikrlarini dalillashda grek, lotin, hatto qadimgi yahudiy tili dalillariga ham murojaat qilganlar. XVII-XVIII asrlar davomida “ratsional” va “universal” grammatikalarning bir necha variantlari yaratilgan bo‘lib, ular falsafiy, mantiqiy grammatika deb ham yuritilgan. Ularning fikricha, gap mantig‘ida universal grammatikaning falsafiy asosi bo‘lgan ratsionalizm mavjud (ratsionalizm
– aql).

Yüklə 41,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin