I bob. Tilshunoslikda paradigma va uning kelib chiqishi


Aleksandr Xristoforovich Vostokov



Yüklə 41,45 Kb.
səhifə7/10
tarix16.05.2023
ölçüsü41,45 Kb.
#114348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I bob. Tilshunoslikda paradigma va uning kelib chiqishi

Aleksandr Xristoforovich Vostokov (1781-1864) – rus tilshunosi.
Asarlari: “Slavyan tili haqida mulohazalar” (1820), “Rus grammatikasi” (1831), “Rumyansev muzeyidagi rus va slavyan qo‘lyozmalarining tasviri”, “Cherkov slavyan tili lug‘ati” (1858-1861). U slavyan tillari tarixiy taraqqiyotini davrlashtirgan, shu oilaga mansub tillarni tarixiylik nuqtai nazaridan o‘rganishni boshlab bergan olimdir.

I BOB YAKUNI BO’YICHA XULOSALAR

Xulosa qilib aytganda, bu davrda ijod qilgan olimlar juda katta amaliy ish bajardilar. R. Rask skandinaviya tillarini, F. Bopp Yevropa tillari va qadimgi hind tilini, Ya. Grimm esa got-german tillarini tadqiq qilib, bu tillarning yagona oilaga mansubligini o‘rganadi. Ushbu olimlar olib borgan tadqiqotlar kamparativistika - qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishiga va tilshunoslik fanini mustaqil fan sifatida shakllanishiga zamin yaratdi.


Xulosa qilib aytganda, ushbu dalillar shuni ko’rsatadiki, paradigmaning kelib chiqishi uzoq tarixga ega va uning rivojanishi tilning sayqallanib yanada ma’noli bo’lishiga o’z hissasini qo’shadi.
O’sha paytdagi yozuvchi, olim va tilshunoslar paradigmaning ko’pgina yo’nalishlarini topishgan lekin o’z isbotini topmaganligi sababli tilshunoslik kitoblariga kiritimagan. Ammo tilshunos Ferdinand de Sossyur ushbu atamani keng o’rganib uni birinchi marta qo’llab uni hususiyatlarini keng yoritganligi bilan tarixda muhrlanib qolgan.
Hozirgi paytda ham uni o’rganib ilmiy ishlar olib borayotgan nomzodlar bir qanchani tashkil etadi. Shu bois, paradigma bundanda yuqori o’rganish va tadqiqodlarga boydir.

II BOB. O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LINGVISTIK PARADIGMA
2.1. Sistem struktur an'analarning o'zbek tilshunosligida o'rni
Barcha fanlar struktura va uni tashkil etgan elementlarning o‘zaro munosabatini o'rganishga asosiy e’tibor bera boshladi. Natijada fizikada nafaqat kristall va atomning strukturaga ega ekanligi, balki nur ham muayyan strukturadan tashkil topganligi ma’lum bo‘ldi.
Fiziologiyada I.P.Pavlovning oliy asab sistemasi haqidagi ta'limotining vujudga kelishi, matematikada 30-yillarda m atem atik struktura nazariyasining, psixologiyada struktur psixologiyaning maydonga kelishi obyektga struktura sifatida yondashuvning natijasi bo‘ldi. Bu davrda struktura tushunchasi barcha fanlar uchun ommaviy tushunchaga aylandi.
Bundan tilshunoslik ham istisno emas. Ana shunday umumiy an’ana ta’sirida sistemaviy-struktur tilshunoslik maydonga keldi. Barcha fanlarda struktura atamasi keng qo‘llanilayotgan bo‘lsa ham, lekin bu atama talqmida xilma-xillik vujudga keldi. Ana shunday xilma-xillik tilshunoslikka ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Tilshunoslikda struktura atamasi turli ma’noda talqin qilinadi. Ulardan keng tarqalgani ikki xildir.
B i r i n ch i s i d a struktura deganda, o‘zaro bog‘langan va shartlangan munosabatda bo‘lgan elementlardan tashkil topuvchi butunlik tushuniladi. Strukturaga bunday yondashuv o ‘rganilayotgan obyektni, uni tashkil etgan elementlar o‘rtasidagi ichki aloqa va bog‘liqlikni yoritishni talab etadi.
I k k i n ch i y o ‘ n a 1 i sh d a esa struktura sof shakllar va sof munosabatlar sifatida tushuniladi. Shakl esa aniq qo‘llanilishdan uzilgan holda talqin qilinadi. Ana shundan kelib chiqqan holda struktur tilshunoslikning turli tarm oqlari dunyoga keldi. Ular funksional lingvistika, glossematika va deskriptiv lingvistika yo‘nalishlaridir. Yuqorida ta’kidlanganidek, struktur tilshunoslik yosh grammatikachilar bag‘rida, unga tanqidiy baho berish natijasida maydonga keldi.
Bugungi kunda tilshunoslik quyidagi taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi: 1)tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy davri. Bu davrda til sistemalarining kelib chiqishiga asosiy urg‘u berilib, til yaxlit olinib, uning birliklarini lisoniy va nutqiy turlarga ajratish masalasiga e’tibor qaratilmadi;
2)tilshunoslikning sistem-struktur davri. Bu davrda tillarning sistemaviy xususiyatlariga, til birliklarini lisoniy va nutqiy turlarga ajratishga asosiy urg‘u berilib, lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishiga e’tibor qaratilmadi; 3)tilshunoslikning antroposentrik davri. Bu davrda til sistemalarining amal qilish xususiyatlariga, lisoniy imkoniyatlardan kishilarning nutqda amaliy foydalanish samaradorligiga e’tibor qaratila boshladi.



Yüklə 41,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin