I bobIssiqlik o’tkazuvchanlik va issiqlik almashinuvi haqida umumiy tushuncha



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/34
tarix31.12.2021
ölçüsü1,28 Mb.
#49996
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
issiqlik almashinuv apparatlarini oqitishda pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish

Individual yondashuv nima? 

1.  Guruhlarda  ishlaganda,  o`quv  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etganda  har  bir 

talaba  (o`quvchi)  bilan  yakkama-yakka  ishlaganda  ularning  shaxsiy 

xususiyatlari  doimo  o`qituvchi  diqqat  markazida  turmog`i  hisobga 

olinmog`i kerak. 

2.  Talaba  (o`quvchi)  bilan  muloqot  olib  borganda  ham,  uning  o`ziga 

xosliklari diqqat e`tiborda tutilishi kerak. 

3.  ta`lim  jarayonida  ham  uning  qobiliyati,  imkoniyatlari  nazarda  tutilishi 

kerak. 


4.  pedagogik  -  psixologik  jarayonlarni  olib  borishda  talaba  (o`quvchi)ining 

shaxsiy rivojlanish darajasini ko`zda tutish zarur. 

Individuallashgan ta`lim prinsiplari 

-  Individuallashtirish – o`quv jarayonining bosh strategiyasidir. 

-  O`quv  jarayonini  individuallashtirish  orqali  –  shaxsni  rivojlantirish 

ta`minlanadi. 

-  Har  bir  o`quv  predmetini  o`qitishni  individuallashtirish  bilan 

integraciyalash sharoiti yaratiladi. 

-  Individuallashgan  ta`lim  –  o`quv  jarayonini  sifat  va  samaradorligini 

ta`minlaydi. 




 

33 


-  Individuallashgan  ta`limda  ko`nikma,  malaka,  bilim  olish  talaba 

(o`quvchi)ning qiziqishi asosida kechadi. 

-  Mustaqil ishlay olish talaba (o`quvchi)ning umumiy o`quv ko`nikmasini 

rivojlantiradi, taraqqiy ettiradi. 

Demak,  ta`lim-tarbiya  sifati  va  samaradorligi  o`quvchining  o`quv 

mazmunini  o`zlashtirishga  yo`naltirilgan  mustaqil  mutolaa  bilan  samarali 

shug`ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog`liq. 

Interfaol  metodlarda  dars  jarayonini  olib  borishda  o`quvchilarda  quyidagi 

xususiyatlarning rivojlanishini ko`rsatish mumkin. 

Talaba(o’quvchi)  o`qitilmaydi,  uni  mustaqild  o`qish,  o`rganish  ishlashga 

o`rgatiladi. 

  Bunda  talaba  (o`quvchi)lar  mustaqil  ravishda  tahlil  qilish  orqali 



o`zlashtirishga,  ijodiy  mulohaza  yuritishga,  shaxsiy  xulosalar  asosida 

erkin  fikr  yuritishga  o`rgatiladi.  Bizga  yod  fikrlarga  qarshi  fikr  yurita 

olish, o`z pozitsiyasini himoya qila olish ko`nikmalari shakllantiriladi. 

  Talaba  (o`quvchi)ga  bilimlar  tayyor  holda  berilmasdan,  bilimlarni 



darsliklardan,  internetdan,  turli  boshqa  manbalardan  izlash,  topish,  qayta 

ishlash  orqali  uning  bilim  olish  malakasi  shakllantiriladi.  Olgan  bilimlari 

orqali ijodiy mushohada yuritish, imkoniyati yaratiladi. Talaba o`quvchini 

darsliklar  bilan  ishlash,  o`qish,  o`rganish,  konspekt  yozish,  qo`shimcha 

adabiyot, 

qo’lanmalardan 

foydalanib 

mustaqil 

o`zlashtirish 

ko`nikmalarini egallashga o`rgatiladi. 

  Sinfdagi  barcha  talaba  (o`quvchi)larning  o`z  qobiliyatlari  darajasida 



albatta  o`zlashtirishlari  kafolatlanadi.  Bunda  talaba(o`quvchi)ning 

o`zlashtirganligi  olgan  bilimlarini  hayotda,  amaliy  faoliyatda  foydalana 

olish ko`nikma va malakalari bilan belgilanadi. 



 

34 


  Barcha  o`qituvchi-talaba  (o`quvchi)lar  interfaol  metodlar  asosida 

ishlashni  o`rganib,  uni  o`z  o`quv-biluv  faoliyatlariga  olib  kira  olsalar 

barcha talaba (o`quvchi)lar bir xil natijalarga erisha oladilar. 

  Interfaol asosda dars jarayonini tashkil etilganda: 



1.  Talaba  (o`quvchi)ning  o`zaro  faolligi  oshadi,  hamkor,  ijodkorlikda 

ishlash ko`nikmalari shakllanadi. 

2.  O`quv  reja,  dastur,  darslik,  standart  me`yor,  qo`llanmalar,  mavzu 

mazmuni bilan ishlash malakalari shakllanadi. 

3.  Ta`lim  mazmunini,  matnini  mustaqil  mutolaa  qilish,  ishlash, 

o`zlashtirish kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi. 

4.   Talaba (o`quvchi) erkin fikr bildirish, o`z fikrini himoya qilish, isbotlay 

olish, tasdiqlay olishga odatlanadi. 

5.  Eng  muhimi  o`quv  jarayonida  didaktik  motivlar  vujudga  keladi.  Ya`ni 

talaba  (o`quvchi)ning  ehtiyoj,  xohish,  istagi  qondiriladi.  O`quv-biluv 

jarayonida  talaba  (o`quvchi)ning  manfaatdorligi  oshadi.  Bu  holat 

o`quvchini o`quv maqsadlariga erishishda yuqori bosqichga ko`taradi. 

 


Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin