31
Talaba o’qituvchi bilan birgalikda faoliyat ko’rsatib, bilimlarni o’zlashtirish
bilan birga, uni o’zining ijodiy kashfiyoti sifatida his etadi. Bunda o’qish
faoliyati shaxsiy yutuq sifatida his etiladi, bilish motivasiyasi o’sadi, o’qishga
qiziqish kelib chiqadi.
2.2. O’quv jarayonida Interfaol uslublar va pedagogik texnalogiyalarni
qo’llash uslubiyati.
“Ta`lim tug’risidagi qonuni” “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Maktab
ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”ni ta`lim jarayoniga tatbiq
etish bilan ta`limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali modernizasiya
qilingan ta`lim standartlari to`liq bajarilishi ta`min etish davri boshlanadi.
Asbob-uskunalar, takomillashtirilgan dasturlar, modernizaciya qilingan, tajriba-
sinovdan o`tgan standartlar, darsliklarni yangi avlodi bilan (ijara tariqasida)
ta`minlash, komp`yuterlashtirish Davlat umummilliy dasturi asosida izchil
amalga oshirilmoqda.
Endi o`quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob
beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi.
Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o`rniga darslarni tashkil etishga
mas`uliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega,
mas`uliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal
o`zlashtirib olgan, innovaciyalar asosida ta`limni tashkil eta oladigan
o`qituvchilarga talab oshib bormoqda. Ta`limda moddiy baza, standart, o`quv
rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy
natijaga erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o`zlashtirishga
erishish bevosita nazariy va amaliy mashg`ulotlarni olib boruvchi `qituvchining
ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga, pedagogik mahoratiga bog`lanib
qolaveradi.
Har qanday ta`lim o`quvchi shaxsiga, uning qiziqish, xoxish istagiga
ehtiyojiga qaratilmog`i kerak. Ya`ni ta`limni individuallashtirishga qaratilmog`i
32
talab etiladi. Endi ta`limni individuallashtirish nima? -degan savolga javob
beraylik:
- ta`lim jarayonini individuallashtirish shunday o`qitish usuliki, bunda har
bir talaba (o`quvchi) o`quv jarayonida faol ishtirok etib, o`quv biluv
jarayoniga shaxsiy hissa qo`shishi hisobga olinadi;
- ta`lim jarayonini tashkil etishda o`qituvchining uslubiy yondashuvi,
tezkorligi, o`quvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi;
- o`quv-metodik, psixologik, pedagogik tashkiliy boshqaruv ishlarini olib
borishda talaba (o`quvchi) shaxsi o`quv biluv markazida bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: