I bobIssiqlik o’tkazuvchanlik va issiqlik almashinuvi haqida umumiy tushuncha


Interfaol metod nima yoki nimani anglatadi?



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/34
tarix31.12.2021
ölçüsü1,28 Mb.
#49996
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
issiqlik almashinuv apparatlarini oqitishda pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish

Interfaol metod nima yoki nimani anglatadi? 

 

Interfaol  metodlar  –  shunday  metodlarki  u  talabalarning  o`zaro  muloqot 



va o`zaro ta`siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi  usul  – “interaktiv” so`zi 

ingliz  so`zidan  olingan  bo`lib,  “Interakt”,  ya`ni  Inter  –  bu  “o`zaro”,  “akt”  – 

“harakat, ta`sir, faollik” ma`nolarini beradi. 

 

Interfaol  usullardagi  dars  talabani  ijodiy  fikrlashga,  olingan  axborotlarni 



faollikda  hal  etishga,  fikrni  erkin  bayon  etishga,  tashabbuskorlikka,  guruhlarda 

masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda 

bayon etishga chorlaydi. 

 

Interfaol metodlarda ish yuritish, an`anaviy usullardan voz kechish degani 



emas. Balki mazmunni o`zaro faollikda hal eta olish demakdir.  

Endi interfaol metodlarga batafsil to`xtalamiz 

 

Hozirda  yangicha  metodlarni  yoki  innovatsiyalarni  ta`lim  jarayoniga 



tadbiq  etish  haqida  gap  borganda  interfaol  usullarning  o`quv  jarayonida 

qo`llinilishi tushuniladi. 

 

Interfaollik bu o`zaro ikki kishi faolligi, ya`ni bunda o`quv-biluv jarayoni 



o`zaro  suhbat  tariqasida,  dialog  shaklida  (komp`yuter  aloqasi)  yoki  talabaning 

o`zaro muloqotiga asosan kechadi. 

 

Interfaollik  –  o`zaro  faollik,  harakat,  ta`sirchanlik,  u  talaba  va  o`qituvchi 



muloqotlarida  sodir  bo`ladi.  Interfaol  usulning  bosh  maqsadi  o`quv  jarayoni 

uchun  eng  qulay  vaziyat  yaratish  orqali  o`quvining  faol,  erkin  fikr  yuritishiga 




 

40 


muhit  yaratishdir.  U  o`zini  intellektual  salohiyatini,  imkoniyatlarini  namoyon 

etadi va o`quv sifati va samaradorligini oshiradi, ta`min etadi. 

 

Interfaollik  asosida  o`tgan  darsni  tashkil  etish  shunday  kechadiki,  bu 



jarayonda  birorta  ham  talaba  chetda  qolmaydi,  ya`ni  ular  ko`rgan,  bilgan, 

o`ylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. 

 

O`quvchilar 



hamkorlikda 

ishlashda 

mavzu 

mazmunini 



bilish 

o`zlashtirishda  o`zlarining  shaxsiy  hissasini  qo`shish  imkoniyatiga  ega 

bo`ladilar.  O`zaro  bilimlar,  g`oyalar,  fikrlarni  almashish  jarayoni  sodir  bo`ladi. 

Bunday  holatlar  o`zaro  samimiylikni  ta`minlaydi,  yangi  bilimlarni  olish, 

o`zlashtirishga  xavas  ortadi,  shu  jarayonda  bir-birlarini  qo`llab-quvvatlash, 

o`zaro  do`stona  munosabatlar  vujudga  keladi.  Buning  tarbiyaviy  ahamiyati 

katta. 

 

Dialog  asosida  kechgan  o`quv  jarayonlarida  talaba  tanqidiy  fikrlashga, 



murakkab masalalarni tahlil asosda echimini topishga, shunga yarasha axborotni 

izlash,  ayrim  al`ternativ  fikrlarni  o`zaro  munozalarda  erkin  bayon  qilishga 

o`rganadi va shunday ko`nikmalar shakllanadi. 

 

Interfaol  darslarni  tashkil  etishda  o`quv  jarayonida  yakka  tartibda,  juft 



bo`lib ishlash, guruhlarda ishlash, izlanishga asoslangan loyihalar, rolli o`yinlar, 

hujjatlar  bilan  ishlash,  axborot  manbalari  bilan  ishlash,  ijodiy  ishlashdan 

foydalanish mumkin. 

 

Interfaol  usullar  nimalarni  o`z  ichiga  oladi?  Hozirgi  kunda  metodistlar, 



amaliyotchi o`qituvchilar tomonidan turli shakl-formalar taklif etilgan. 

 

Ulardan: 



-  juftlikda ishlash; 

-  korusel`; 

-  kichik guruhlarda ishlash; 

-  akvarium; 




 

41 


-  tugallanmagan gaplar; 

-  aqliy hujum; 

-  Broun harakati; 

-  Daraxt yechimi; 

-  O`z nomimdan so`zlayman; 

-  Fuqarolar eshituvchi; 

-  Rolli o`yinlar; 

-  Press metod; 

-  O`z pozitsiyasini egallash; 

-  Munozara; 

-  Debantlar; 

-  Katta davra. 

Yuqoridagilardan  foydalanishda  qandaydir  bir  maqsadni  ko`zda  tutib, 

muammoni  keltirib,  o`quvchilarni  shu  jarayonda  ishlashga  tayyorlab,  uni 

ma`lum  malakalarga ega bo`lgan holatlarda qo`llanilsa kutilgan natijalarni olish 

mumkin. 


Qo`yilayotgan  muammo  juda  puxta  o`ylangan  keng  qamrovli  diqqatni 

tortadigan holda bo`lgani ma`qul. 

Umuman yuqorida keltirilgan biror formada ish yuritish, darsni tashkil etish 

uchun  har  bir  mashg`ulotning  konsepsiyasini  yaratilishi,  shu  asosda  uning 

ketma-ketligi,  reglamenti,  ish  tartibi,  maqsad,  vazifalari  kutilayotgan  natijalar 

oldindan belgilab olinishi va undan talabalar boxabar etilishi kerak. 

Interfaol  o`qitishda  o`qitish  muhiti  tashkil  etiladi,  qulay  muhit  yaratiladi, 

yaxshi tashkil etilgan o`qitish muhiti: 

  O`qish va tadqiqotlarga ko`maklashadi; 



  Turli tadqiqotlar olib borish uchun materiallarga ega bo`ladi; 

  Ijodkorlik qobiliyatlariga rag`bat beradi; 



  Ijtimoiy va kommunikativ ko`nikmalarni rivojlantiradi; 




 

42 


  Fikrlar va axborotlar almashinuviga imkon yaratadi; 

  Nutqiy rivojlantirishni rag`batlantiradi; 



  Ma`lumotlarni mustaqil olish ko`nikmalarini shakllantiradi; 

  Uzluksiz ta`lim olish ko`nikmalarini rivojlantiradi; 



  Turli usullar bilan ma`lumot olish uchun resurslarni o`z ichiga oladi; 

  Ma`lumotnomalar,  lug`atlar,  ensiklopediyalar,  geografik  xaritalar, 



komp`yuter,  tajriba  o`tkazish  uchun  turli  asboblar,  materiallar  bilan 

ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi. 

O`quv  material  mazmuni,  nimaga  o`rgatilishi  tahlili  motivacsiyasi 

o`qituvchi talaba ketma-ketlikdagi harakatlari ko`zda tutiladi. 

Aqliy hujum metodi” 

Keyingi  paytda  miya  ish  faoliyatining  foydali  ish  koeffisientini  oshirishga 

mo`ljallangan 

turli 


xil 

metodlar 

ishlab 

chiqilmoqda. 

Vaholangki, 

mutaxassislarning fikricha, miyaning bor yo`g`i etti foizigina ishlar ekan, xolos. 

Miya  faoliyatini  faolashtiradigan  ta`lim  usullarida  ijtimoiy  psixologik  trening, 

sinektika,  autogen  mashq,  morfologik  tahlil,  rolli  o`yin,  “aqliy  hujum”  va 

boshqalar kiradi. 

“Aqliy  hujum”  –  “breynstorming”  (brain  storming)  inglizcha  so`zdan 

olingan bo`lib, faol ta`limning, boshqaruvning va tadqiqotning metodlaridan biri 

hisoblanadi.  Bu  metod  aqliy  faollikni  qo`zg`atadi,  ijodiy  va  innovacion 

jarayonlarni jadallashtiradi. 

Bu  metodning  paydo  bo`lishi  ikkinchi  jahon  urushida  Yapon  dengizida 

xizmat  qilgan  amerikalik  mutaxassis  A.Osborn  bilan  bog`liq  bo`lib,  ular  harbiy 

kemani  qanday  qilib  torpedalardan  himoya  qilish  mumkinligi  masalasida  kema 

Kengashi  o`tkaziladi.  Kengash  qoidasiga  ko`ra  hamma  -  yungadan  tortib 

kapitangacha  har  qanday  hatto  hayotiy  va  amalga  oshirib  bo`lmaydigan 

g`oyalarni  ham  aytaversa  bo`lardi,  har  qanday  takliflar  yozilib  borildi. 

Matroslardan  biri  shunday  fikrni  ilgari  surdi:  “Torpedoni  sezib  qolsam,  men 




 

43 


butun  komandani  bortga  tizardimda,  torpedoga  qarab  puflashni  buyurardim”. 

G`oyani eshitib hamma kulib yubordi, hatto shu  g`oya  ham  yozildi. Muhokama 

paytida  bu  g`oya  qaytadan  ishlab  chiqildi  va  suvning  kuchli  oqimidan 

foydalanishga  qaror  qilindi.  Suv  nasosidan  otilayotgan  suv  oqimi  yordamida 

torpedoga  urildi  va  u  to`xtatildi.  Bir  qarashda  kulgili  tuyulgan  g`oya  masalani 

hal qildi qo`ydi. 

50-yillarning  oxiriga  kelib  amerikalik  psixolog  A.Osborn  o`zi  ishlayotgan 

universitetda  “aqliy  hujum”  metodini  kutilmagan  g`oya  va  takliflar  to`plash  va 

murakkab bo`lgan masalalarni echish usuli sifatida targ`ib qila boshladi. 

Ijodiy  faollikning  va  mahsuldorlikning  stimulyatori  hisoblangan  “aqliy 

hujum”  metodi  asosan  yangi  original  fikrlarning  tug`ilishiga  qarshilik 

ko`rsatuvchi  tanqidiy  muhitning  yo`qligi  deb  atalgan  psixologik  mexanizmga 

tayanadi.  Bunday  muhitda  hech  qanday  fikr  tanqid  qilinmaydi,  noto`g`ri  fikr 

aytishdan qo`rqilmaydi, hech kimning ustidan kulinmaydi. 

Shunday  qilib,  “aqliy  hujum”  metodi  dastlab  AQSh,  Angliya,  Franciyada 

so`ngra  Yaponiyada  ishlatilgan.  70-yillardan  boshlab  Rossiyada  90-yillardan 

boshlab esa O`zbekistonda qo`llanila boshlandi. 

“Aqliy hujum” metodining asosiy qoidalari quyidagicha: 

 

 

 




 

44 


 

 

 



  

 

 




Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin