I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   116
ma\'ruza matn

 Texnik tavsifnomasi. 
Ishlab chiqarish quvvati, t/soat
2-8 
Gabaritlari, mm 
6750x830x2700 
Og’irligi, kg
3100 
59-rasm. Rz-VPU markali Press. 


73 
SH10-KPE MARKALI LENTALI PRESS 
Bu Press meva mezgasidan sharbatni ajratish (siqish) uchun mo’ljallangan 
(60-rasm). 
60-rasm. SH10-KPE markali lentali Press. 
1-tortish barabani; 2-tozalash va yuvish uchun mexanizm; 3-rama; 4-manba; 
5-tasma; 6-yo’naltiruvchi; 7-egiluvchan baraban; 8-Presslovich transPortyor. 
Unumdorligi 3-5 t/soat; lenta harakat tezligi 0,04-0,12 m/s; quvvati 28,4 
kVt; gabarit o’lchamlari 6870x2985x2570 mm; massasi 15 170 kg. 
TINDIRISH QURILMALARI 
SEPARATOR - G9 KOV 
Ishlatilishi: osma zarrachalardan sharbatlarni tozalash uchun ishlatiladi. 
Ishlash tartibi. 
Vertikal o’kda rotor o’rnatilgan bo’lib, elektrodvigatel yordamida xarakatga 
keladi. Rotor kojuxni ichida o’rnatilgan. Baraban dasta tarelkalardan iborat. 
SHarbat barabanning ichiga truba orqali kiritiladi va tarelklarning orasini 
to’ldiradi. Markazdan qochma kuch ta’sirida sharbat ikki qismiga bo’linadi: yengil 
va og’ir. Og’ir qismi barabanning devoriga otilib tushadi, yengil qismi 
tarelkalarning orasidan o’tib yuqoriga ko’tariladi. 
Texnik tavsifnomasi. 
Ishlab chiarish quvvati,m
3
/s 
10 
Energiya quvvati, kVt 
13 
Gabaritlari, mm 
1500x1132x1650 
Og’irligi, kg
1840 
FILTR-PRESS 
Ishlatilishi: SHarbatlarni, siroPlarni filtrlash uchun ishlatiladi. 
Filtr-Pressning ko’rinishi 61-rasmda keltirilgan. 


74 
61-rasm. Filtr-Press. 
1-stanina; 2-elektrodvigatel; 3-nasos; 4-sharbat keltirish yo’llari; 5-tayanch 
Plitasi; 6-traversa; 7-vint; 8-boshqaruvchi qismi; 9-band; 10-bostiruv Plitasi; 11-
Plitalar; 12-metall sterjen. 
Ishlash tartibi. 
Xarakatdagi Plita va bostiruv Plita sterjenga tayanib bikin okuva Paydo 
bo’ladi. Oquva Plitalarni Pastki va tePadagi qismda joylashgan bo’lib, Plitalar 
qotirilganda u yoqdan bu yoqqa o’tadigan kanal Paydo bo’ladi. Plitalar orasida 
filtr-qog’oz joylashtiriladi. Kanaldagi filtrlanmagan sharbat oqib Plitalar orasiga 
tushadi va to’siqlar orasidan o’tib filtrlanadi. 
Texnik tavsifnomasi. 
Ishlab chiqarish quvvati, m
3
/soat 

Energiya quvvati, kVt 
4,0 
Gabaritlari, mm 
1700x780x1225 
Og’irligi, kg
476 
MATNLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI MUHIM TAYANCH SO’Z VA 
IBORALAR: 
- sharbat olish; qattiq qismi; suyuq qismi; 
- baraban; teshiklarning diametri; o’q; 
- tig’lar; siqish; shnek; markazdan qochma kuch; 
- gidravlik qarshilik. 
MATNLARNI YORITISH SAVOLLARI: 
1. 
Ishqalash mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi. 
2. 
Presslarning sinflari. 
3. 
Uzluksiz ishlaydigan Presslarning vazifasi va ishlash tartibi. 
4. 
Markazdan qochma kuch ta’sirida qanday jarayon boradi va qanday 
uskuna ishlatiladi? 
ISSIQLIK QURILMALARI 


75 
Blanshirlash aPParatlari 
Bu blanshirlash qurilmalari xom ashyoni blanshirlash uchun ishlatiladi. 
Ularning bir necha turlari mavjud. 
BK markali blanshirlash qurilmasi ham bug’da ham suvda blanshirlash 
uchun qo’llaniladi (62-rasm). Bunda meva va sabzavotlar o’zining xususiyatlarini 
saqlab qoladi. Bu qurilma vanna va lentali transPortyordan iborat.lentali 
transPortyor 2ta zanjirdan tashkil toPgan bo’lib, ularga sharnirli qilib cho’michlar 
qistiriladi. Qurilmaning unumdorligi 500-8000 kg/soatgacha; elektrodvigatel 
quvvati 1,7 kVt; o’qning aylanish tezligi 140 rad/s. 
62-rasm. BK markali cho’michli blanshirlash qurilmasi.
1-uzatma; 2-tunnel; 3-cho’michli transPortyor; 4-karkas; 5-bug’ kiradigan 
quvur; 6-suv kiradigan quvur. 
63-rasm. Skrebkali-lentali blanshirlash qurilmasi. 
1-mahsulot kiradigan joy; 2-lentali transPortyor; 3-to’kuvchi quvur; 4-
ochiluvchan qoPqoq; 5-mahsulot chiqadigan joy; 6-reduktor; 7-elektrodvigatel; 8-
vanna; 9-vannani cho’kmadan tozalash uchun eshik. 


76 
Meva va sabzavotlarni issiqlik ishlovi bilan berish jarayonlaridan biri 
Pishirishdir. Pishirish jarayoni Pishirish qozonlarida olib boriladi (64-rasm). 
64-rasm. MZ-2S-244b markali Pishirish qozoni. 
1-tayanch; 2-tsaPfa; 3-bug’ qobig’i; 4-korPus; 5-aralashtirgich. 
Jihozning ishlashi Pishirish kamerasidagi termometr, monovakuummetr, 
manometr va bug’ kamerasining himoya qiluvchi klaPani yordamida nazorat 
qilinadi. 
65-rasm. Pishirish qozoni. 


77 
BUG’LATISH APPARATLARI 
Bu aPParatlar meva Pyurelari, murabbo, djem, Povidlo, quyultirilgan tomat 
mahsulotlari, quyultrilgan meva va sabzavot kontsentratlari ishlab chiqarishda 
keng foydalaniladi. 
Uning bir necha turlari mavjud. 
MZS-320 markali bug’latish mashinasi tomat Pyure va tomat Pasta, turli 
xildagi souslar, Povidlo, murabbo va rassollar tayyorlashda ishlatiladi (66-rasm). 
66-rasm. MZS-320 markali bug’latish aPParati. 
1-ushlagich; 2-qoPqoq; 3-aralashtirgich; 4-korPus; 5-elektrodvigatel; 6-
reduktor. 
Uning ishchi hajmi 1000 dm
3
; isitish yuzasining maydoni 3,66 m
2
; bug’ning 
ishchi bosimi 0,4 MPa; aralashtirgich valining aylanish chastotasi 57 min
-1
; quvvati 
2,7 kVt; gabarit o’lchamlari 1310x1310x3180 mm. 
SHu bilan birgalikda ikki, uch korPusli bug’latish aPParatlari ham mavjud
(67-rasm). 


78 
 
67-rasm. Past haroratli ikki korPusli bug’latish aPParati. 
1-sovutgich; 2-bug’latgich; 3-seParator; 4-ammiakli bug’latkich; 5-kondensat 
uchun nasos; 6-qabul qiluvchi bak; 7-tsirkulyatsion nasos; 8-ammiak uchun idish; 
9-komPressor; 10-boshqaruv Pulti. 
ISITISH APPARATLARI 
68- rasm. Deaerator-Pasterizator DPU. 
1 – vakuum Plyonkali deaerator; 2 –Plastinali Pasterizator; 3 – boyler; 4 – 
tenglashtiruvchi bak; 5- ushlagich; 6 – maydoncha; 7 – vakuum-nasos; 8 – 
sharbatni uzatish uchun nasos; 9 – Pasterizatsiya sektsiyasiga issiq suvni uzatish 
uchun nasos. 


79 
Sabzavotlarni qovurish jarayoni qovurish Pechlarida olib boriladi (69-rasm). 
69-rasm. APMP-1 markali qovurish Pechi. 
1-tashuvchi vosita; 2-uzatma; 3-vanna; 4-tortish vositasi; 5-elevator; 6-bak; 
7-nasos.yo 
70-rasm. Uzluksiz ishlaydigan sabzavotlarni qovuradigan aPParat. 
1-qovuruvchi sektsiyalar; 2-aralashtirgich; 3-o’q; 4-tarqatuvchi konus; 5-
Purkagich; 6-tashuvchi vosita; 7-yog’ idish; 8-elektr uzatma. 


80 
71-rasm. KPP-1 markali universal bug’li Plita. 
1-korPus; 2-tortuvchi kiydirgich; 3-korPusni ko’taruvchi (ag’daruvchi) 
mexanizm; 4-armatura; 5-o’ng va chaP tayanchlar. 
STERILIZATORLAR 
Konserva zavodlarida termosterilizatsiya jarayoni yuqori bosimda olib 
borish uchun ishlatiladigan qurilmalarda – sterilizatorlar va avtoklavlarda olib 
boriladi.
Uzluksiz ishlaydigan barabanli sterilizator (72-rasm) metall idshlarga 
qadoqlangan konserva mahsulotlarini 100 °C va undan yuqori haroratda sterillash 
uchun mo’ljallangan. U qizdirish, sterillash va sovutish bo’g’inlaridan tashkil 
toPgan.
72-rasm. Barabanli sterilizator. 


81 
1-tsilindr shaklidagi korPus; 2-sPiralsimon yo’naltiruvchi; 3-baraban; 4-
qabul qiluvchi qurilma; 5-zanjirli elevator; 6-tushirib beruvchi qurilma. 
Bu sterilizator qo’zg’almas korPusdan (1), uning ichidagi o’qqa o’rnatilgan 
barabandan (3) iborat.
Atmosfera bosimi ostidagi bankalarni yuqori bosimli muhitga kiritish uchun 
mahsulot to’ldirilgan bankalar kiradigan (4) va chiqadigan (6) qismlari bor. 
Bankalar kirish joyiga zanjirli elevator (5) yordamida uzatiladi. Undan bankalar 
baraban ichiga tushadi. Barabanning aylanishi bilan bankalar sPiral shaklidagi 
yo’naltiruvchi 
(2) 
yordamida 
baraban 
oxiriga 
qarab 
harakatlanadi. 
Yo’naltiruvchining qadami bankaning balandligiga teng. Bunda bankalar baraban 
bilan birga, uning o’qi bo’ylab va o’z o’qi atrofida harakatlanadi. Qizdirgichda 
bankalar va uning ichidagi mahsulot 98 
0
S gacha, kirish joyidagi harorati 40-50 
0
S, 
chiqish joyidagi harorati 98 
0
S bo’lgan suvda qizdiriladi. Suv jihozning Pastki 
qismidan yuboriladigan bug’ bilan qizdiriladi. Qizdirgichdan bankalar mustahkam 
yoPilgan klaPan yordamida sterillash bo’g’iniga uzatiladi va rotorning (baraban) 
aylanishi bilan jihozning oxiriga qarab harakatlanadi. Sterillangan mahsulotli 
bankalar tushiruvchi klaPan yordamida sovutish bo’g’iniga uzatiladi. Sterillash 
jarayonidagi bosimni avtomatik ravishda sterillash haroratiga mos holda 
boshqariladigan suv-bug’li muhitda olib boriladi. Sovutkichda rotor bilan 
harakatlanayotgan bankalar oqova suv bilan 30-40 
0
S haroratgacha sovutiladi. 
Bankalarning Pachoqlanishini oldini olish uchun sovutish Paytida havoda ortiqcha 
bosim hosil qilinadi. Bankalarni sovutkichdan chiqarib olish yuklash kabidek, 
mustahkam yoPilgan klaPanlar yordamida amalga oshiriladi. 
Rotor buralib ketishining oldini olish uchun barabanning o’qi har ikkala 
tomondan ham aylanma harakatga keltiriladi. Rotorning aylanish tezligini 
o’zgartirish bilan sterillash muddati boshqariladi. Haroratni boshqaradigan bu 
qurilma bug’ uzatiladigan ventilga ta’sir ko’rsatadigan, o’zi yozadigan, Pnevmatik 
harorat boshqarish asbobi bilan jihozlangan. 
Qurilma ichidagi bosim to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatuvchi differentsial 
bosimni boshqarish asbobi yordamida boshqariladi. 
Rotorli sterilizatorning kamchiligi faqat bir xil o’lchamdagi va metall 
idishlarga qadoqlangan mahsulotni sterillay olishi, harorat va bosimning keskin 
o’zgarishi ta’sirida bankalarning Pachaqlanishi va ishqalanishi ta’sirida 
bankalarning 
ko’ndalang 
choklaridagi 
qalay 
qoPlamasining yemirilishi 
hisoblanadi. 
Uzluksiz ishlaydigan gidrostatik “Xinister” sterilizatori diametri 76-100 mm 
bo’lgan shisha va metall idishlarga qadoqlangan konserva mahsulotlarini sterillash 
uchun mo’ljallangan (73-rasm). 
Bu sterilizator 14 ta minoradan tashkil toPgan bo’lib, har qaysisi ikkitadan 
kanalga ega. Bankalarni tashuvchi konveyer ketma-ket barcha kanallardan o’tadi 
va shundan so’ng minoralar ostidan chiqish joyiga qaytib keladi. Qizdirish jarayoni 
birinchi oltita minorada olib boriladi, keyingi ikkita minorada sterillash va undan 
keyingi oltita minorada esa sovutish jarayoni boradi. Konserva to’ldirilgan 


82 
bankalarni banka tashuvchiga solish va undan chiqarib olish maxsus moslama 
yordamida amalga oshiriladi. 
 
73-rasm. „Xinister“ Pnevmo-gidrostatik sterilizator. 
1-avtomatik yo’naltiruvchi qurilma; 2-suv kolonkasi; 3-konserva to’ldirilgan 
bankalar; 4-olib yuruvchi moslama; 5-transPortyor zanjiri; 6-yuqorigi maydon; 7-
uzatma; 8-bosimni rostlagich; 9-issiqlikdan himoyalagich; 10-avtomatik chiqarib 
beruvchi qurilma; 11-zanjirning Pastki qismi. 
Birinchi oltita minoraning bittasida va oxirgi oltita minoraning har qaysisida 
balandligi 4m bo’lgan suv ustuni bo’lib, u yordamida bu minoralarda 0,04 MPa 
gidrostatik bosim hosil qlinadi. Har qaysi minoraning ikkinchi kanalida bu bosim 
havo yordamida ushlab turiladi. Minoralar kanallarining bir-biri bilan birikkanligi 
yettinchi va sakkizinchi minoralarda 0,24MPa bosimni hosil qiladi. Bu bosimga 
bug’ning 125
0
S harorati mos keladi. Oxirgi ikkita minoradan boshqa barcha 
minoralarga barbotyor orqali bug’ yuboriladi va u minoralarda quyidagi 
haroratlarni ushlab turadi: 60-70-80-90-95-110-120-132-90-70-60-50-40-30-20
0
S-
lar. 
„Xinister“ sterilizatorining texnik tavsifi 
Ishlab chiqarish unumdorligi, banka/soat -8280 
Bug’ sarfi, l/kg konservalangan mahsulot uchun -1,5 
Tashuvchi transPort uzunligi, mm -1400 
Tashuvchilarning qadami, mm 
-150 
Harakat tezligi, m/s
-0,017-0,067 
Banka tashuvchining tezligi, m/s
-0,04 
O’lchamlari, mm 
-9700x1680x5800 
Og’irligi, kg
-98 000 
Avtoklavlarda 
yuqori 
bosim 
va 
harorat 
ta’sirida 
mahsulotni 
sterilizatsiyalashdan tashqari uni Pishirish yoki quyiltirish mumkin. Mahsulotning 
turiga qarab avtoklav turli bosim va haroratda ishlatiladi. 
Avtoklav zich yoPiladigan Po’lat tsilindr bo’lib, uning ichki sirti emal bilan 
qoPlangan. TSilindr ichiga doira shaklida yaxlit bug’ g’ilof o’rnatilgan. Avtoklav 


83 
manometr, termometr va soat bilan ta’minlangan. Avtoklavda harorat va bosim 
sterilizatsiya formulasi bo’yicha ko’tariladi va avtomatik ravishda boshqariladi. 
Pasterilizatsiyalashda xom-ashyo solingan bankalar qoPqoqsiz yoki temir 
qoPqoqlar bilan yuzaki yoPilib, vannadagi qaynoq (50-60
0
S) suvga qo’yiladi, 
vannadagi suv hajmi taxminan bankalar hajmiga teng kelishi kerak. Qaynash 
Paytida shisha banka yorilib ketmasligi uchun vanna tubiga latta yoki faner bo’lagi 
qo’yiladi. Bankalar solingan vannadagi suv qaynatiladi. Suv qaynab chiqqandan 
so’ng sterilizatsiya vaqti belgilanadi. Turli meva va sabzavotlar uchun sterilizatsiya 
muddati (ya’ni qaynab turgan suv haroratida ushlab turish) har xil. 
Sterilizatsiya Paytida suv qattiq qaynab ketmasligi kerak, aks holda banka 
ichiga suv sachrashi mumkin. Sterilizatsiya vaqti tugagach bankalar mahsus 
qisqichlar yordamida vannadan olinadi va og’zi zich qilib berkitiladi. Mahkam 
berkitilgan bankalar og’zini Pastga qilib sovitish uchun stolga qo’yiladi. 
Termosterilizatsiya turlaridan biri qaynoq sharbatni tayyorlangan steril 
bankalarga solishdir.
AVTOKLAV B6-KAV-2 
Vertikal avtoklav - zich yoPiladigan qalin qoPqoqli ikkita qozondan iborat 
bo’lib, sirtdan metall g’ilof bilan qoPlangan (74-rasm).
74-rasm. Avtoklav B6-KAV-2. 


84 
1- tenglashtiruvchi moslama; 2 – qisqich; 3 – korPus; 4 – qoPqoq; 5 – 
himoya klaPani; 6 – namuna tushiruvchi jo’mrak; 7 – termometr; 8 – manometr; 9 
– PRP-2 tiPdagi dasturli rostlagich; 10 – korzina; 11 – bug’li barbotyor. 
Tashqi qozonga suv, ichki qozonga esa sterillanadigan material qo’yiladi. 
Isigan suv bug’i ichki qozonning teshigi orqali tashqi qozonga o’tadi. Ichki 
qozonning tubidagi teshiklardan bug’ o’tkazuvchi naycha boshlanadi. U bug’ 
chiqarish jo’mragi bilan tugaydi. Avtoklavning yon devoriga manometr va kontakt 
manometr mahkamlangan. Kontakt manometr esa belgilangan bosimni saqlab 
turadi. Bulardan tashqari, yon devorda ehtiyot jo’mragi va suv o’lchaydigan nay 
ham bor. Avtoklavda bosim belgilangan miqdordan oshib ketsa, ehtiyot jo’mragi 
o’z-o’zidan ochiladi. Suv o’lchaydigan nay avtoklavdagi suv satxini aniqlashga 
yordam beradi.
Ishlash tartibi 
Avtoklavda sterillash quyidagicha o’tkaziladi: avvalo tashqi qozonga 
voronka orqali suv quyiladi, ichki qozonga esa sterillanadigan material (idishlar, 
oziq muhitlar, byukslarda bog’lov materiali va hokazo) joylanadi. So’ngra 
qoPqoqni yoPadigan vintlar bilan burab mahkamlanadi va avtoklav Primus 
alangasi, gaz gorelkasi yoki elektr yordamida qizdira boshlanadi. Suv qaytib 
chiqadigan jo’mrak shu Paytda ochiq bo’lishi kerak. Qaynab chiqqan suv bug’ 
holatida avtoklav devorlari orasidan ko’tarilib ichki qozonga o’tadi va undagi 
havoni siqib chiqaradi. Bu havo jo’mrak orqali tashqariga chiqa boshlaydi, bug’ 
holatidagi havo avtoklavning ichki bo’shliqlarini to’ldiradi va kuchli bug’ oqimi 
zarb bilan jo’mrakka urilib jo’mrakni yoPadi. Jo’mrak yoPilishi bilan avtoklavning 
ichki qismida bosim hosil bo’la boshlaydi va manometr strelkasiga qarab turiladi. 
Avtoklavdagi bug’ bosimi 0,5 atm dan oshganda harorat 110,8
0
S ga, 1 atm 
dan oshganda -120,6
0
S ga, 2 atm dan oshganda 132,9
0
S ga yetadi. 
120
0
S vegetativ va sPora hosil qiluvchi mikroblarga ta’sir etib nobud qiladi. 
Sterillash Protsessi tamom bo’lgach, issiqlik manbalari o’chiriladi va 
manometr strelkasi 0 raqamiga tushmaguncha avtoklavdagi havo chiqaradigan 
jo’mrak ochilmaydi. Avtoklav ichidagi bosim 0 ni ko’rsatganda havo chiqarish 
jo’mragi ochilib bug’ asta -sekin chiqa boshlaydi va bug’ butunlay chiqqandan 
so’ng avtoklavning qoPqog’i ochilib, sterillangan material ichidan olinadi. 
Avtoklavni ishlatganda material sterillanayotganiga to’la ishonch hosil 
qilmoq uchun vaqt-vaqti bilan uni tekshirib turish kerak. Buni har-xil usullarda 
tekshiriladi.
Masalan, manometr 1atm bosimni ko’rsatsa, avtoklav ichidagi temPeratura 
120,6
0
S ga teng bo’lishi kerak. Bunga ishonmoq uchun avtoklavga sterillangan 
materiallar bilan birga, ikki tomondan Payvand qilingan (kavsharlangan) shisha 
naycha yoki Probirka joylashtiriladi. Uning ichiga oltingugurt Poroshogi bilan 
birga bir necha fuksin kristallari va ikkinchisiga esa antiPirin bilan metilen 
ko’kining aralashmasi quyiladi. Oltingugurtning suyuqlanish temPeraturasi 115
0
S, 
antiPirinniki esa 120
0
S. 


85 
Agarda avtoklav to’g’ri ishlasa, oltingugurt va antiPirin ham erib 
suyuqlanishi kerak. Avtoklavning ichidagi temPeratura 1 atm bosimida 120,6
0
S ga 
yetgan bo’lsa, oltinguguri va antiPirin suyuqlanib bo’yoqlar bilan aralashib 
muayyan tusga kiradi. 
Gorizontal avtoklavning vertikal avtoklavdan farqi shuki, bunda bug’ hosil 
qiladigan qozon sterillaydigan qozonning Pastida joylashgan bo’ladi. Sterillash 
kamerasi va yuqoridagi qozonlar gorizontal holatda joylashgan. 
Ikkala avtoklavda ham materialni harakatdagi bug’ bilan sterillash mumkin. 
Buning uchun chiqarish jo’mragi berkitilmaydi va qoPqoq vintlar bilan jiPs 
yoPilmaydi. 
MATNLARNI O’ZLASHTIRISHDAGI MUHIM TAYANCH SO’Z VA 
IBORALAR: 
Avtoklav; sterilizator; baraban; qoPqoq; diametr; korPus; jo’mrak; qozon; 
temometr; manometr; qobiq. 
MATNLARNI YORITISH SAVOLLARI: 
1.
Sterilizatorlar, ularning vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi. 
2.
Sterilizatsiya qilish aPParatlarini sinflanishi. 
3.
Avtoklavlarning konstruktsiyasiga ko’ra turlarini ayting. 
4.
B6-KAV-2 markali vertikal avtoklavning vazifasi, tuzilishi va ishlash 
tartibini ayting. 
5.
Korzinalarning soniga ko’ra avtoklav nechta markasi mavjud. 
QURITISH APPARATLARI 
XOM ASHYOGA BIRLAMCHI ISHLOV BERUVCHI QURITISH 
QURILMASI
Poliz ekinlarini quritish uchun birlamchi ishlov beruvchi quritish 
qurilmalaridan foydalaniladi (75-rasm). 







12 


86 
75-rasm. Xom ashyoga birlamchi ishlov beruvchi quritish qurilmasi. 
1-kamera; 2-korPus; 3-lamPa balandligini rostlagich; 4-qurilmani qo’shish 
uchun o’it; 5-IQ-nurlarni qaytarish uchun ekran; 6-elektron Potentsiometr KSP; 7-
termoPara XK; 8-tarozilar; 9-namlikni yo’qotilishini o’lchash uchun asbob; 10-
Poddon; 11-Poddonni (taglik) rostlagich; 12-material. 
Ishlash tartibi 
Ekran bo’ylab vertikal bo’lgan vint (3) yordamida harakatlanadigan 
izolyatsiyalangan korPus (2) ko’rinishida ishchi kamera (1) bajarilgan. Ishchi 
kamerada KG- 220-1500 tiPidagi IK-nur tarqatuvchi manba mahkamlangan. 
Ekranni harakati vint (3) yordamida 150-230 mm masofa oralig’ida amalga 
oshiriladi. 
Nurlatgichlarni isitish harorati kuchlanishning o’zgarishi hisobiga rostlanadi. 
Mahsulotda IQ-nurlar tomonidan hosil qilinayotgan harorat xromel-kaPelli 
termoelektrik o’zgartgichlar (7) yordamida o’lchanadi va o’zi yozuvchi KSP-4 
tiPidagi elektron Potentsiometrda (aniqlik sinf 0,25) qayd qilinadi.
ISSIQ HAVONI UZLUKSIZ RAVISHDA UZATISH UCHUN QURITISH 
QURILMASI 
SHu bilan birgalikda qishloq xo’jalik mahsulotlarini uzluksiz ravishda quritish 
uchun issiq havoni uzluksiz ravishda uzatish uchun quritish qurilmasi ham mavjud 
(76-rasm).

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin