I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari


Bolg’achali maydalagichlar



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   116
ma\'ruza matn

Bolg’achali maydalagichlar. 
Valetsli maydalagichlardan farqli bo’lgan 
bolg’achali maydalagichlarda, ishchi organi sifatida aylanuvchi val yoki sharnirli 
diskka mahkamlangan Po’lat bolg’achalar xizmat qiladi. Bunday rotorning 
aylanishida markazdan qochma kuch ta’sirida bolg’achalar rotorga PerPendikulyar 
ravishda joy egallaydi va rotorning butun uzunligi joylashgan vintli liniya bo’yicha 
joylashgan, staninaga mahkamlangan qirg’ich va bolg’achalar orasidagi bo’shliqqa 
suyak yoki boshqa mahsulot kelib tushib maydalanadi. 
Maydalangan mahsulot (suyak, jizza) tushadi va mahsulotning talab etilgan 
maydalanish darajasigacha tegishli o’lchamda teshikli to’r orqali elaklanadi. 
DM-300-4 bolg’achali maydalagich. 
Bu maydalagich (45-rasm) go’sht 
korxonalarida suyak va jizzalarni maydalash uchun ko’P qo’llaniladi. U bolt 4 
bilan yoPiladigan yon eshikli 3 yuklash bo’yniga 2 ega staninadan 1 iborat. 
Staninaning ichida ikki PodshiPnikka 5 o’ng tomoni oxiriga kiydirilgan shkivli 7 
val o’rnatilgan. Valga 6 Po’lat disklar 5 mahkamlangan, ularga boltlar 10 bilan 
Po’lat bolg’achalar 9 sharnirli biriktirilgan.
Maydalagich tasmali uzatma orqali alohida turgan dvigateldan harakatga 
keltiriladi. Suyak (yoki boshqa maydalanadigan mahsulot) bo’yin 2 orqali 
yuqoridan yuklanadi. Bunda suyakni kelib tushishi zaslonkada 14 rostlanadi.
YUklangan suyak aylanuvchi bolg’achalar bilan tezlikda ushlab olinadi va Pastdan 
Prujina 12 bilan ushlab turiladigan va yuqorigi qismga sharnirli ravishda 
mahkamalangan, qirrali (rifli) yuzaga ega Po’lat qaytargichga 11 kelib tushadi va 
kerakli o’lchamdagi bo’laklarga maydalanadi. KorPusning quyi qismiga 
maydalangan mahsulotni elash uchun to’r 13 o’rnatilgan.
Maydalagichning unumdorligi soatiga 300 kg, rotorning ichki diametri 
(bolg’achalar aylanasi bo’yicha) 300 mm. Keltirilgan konstruktsiyadagi 
maydalagich yana suyakdan sovuq usulda yog’ni ajartish uchun imPuls aPParat 
sifatida qo’llash mumkin. Bu usul valtsli maydalagichda dastlabki maydalangan 
suyak DM-300-4 maydalagichga suv yetti karrali miqdorda solinishidan iborat. 
Bolg’achalarning suv bo’yicha urilishi gidravlik imPulsli urilishilarni keltirib 


138 
chiqaradi, ularning ta’sirida suyak sinadi, to’qimalaridan yog’ ajraladi va 
maydalagichdan suv bilan birgalikda chiqariladi. 
45-rasm. DM-300-4 bolg’achali maydalagich: 
1- stanina; 
2-
yuklash bo’yni; 
3-
yon eshiklar; 
4-
uloqtiruvchi boltlar, 5-val 
PodshiPniklari; 
6- 
val; 7-uzatmali shkiv; 8-disklar; 9-bolg’achalar; 
10-
boltlar; 
11-qaytargich; 
12-
Prujina; 
13-
mahsulotni elash uchun to’r; 14
-
rostlovchi 
zaslonka; 
15-
qarshi yuk. 
ImPulsli aPParat sifatida DM-300-4 maydalagichni ishlashi uchun rotorda 
uzunligi 65 mm, eni 45 mm va qalinligi 10-12 mm bo’lgan 36 ta bolg’achalar 
o’rnatiladi. Disk bilan val 2800—3000 ayl
/min
tezlikda aylanadi, iste’mol qiladigan 
quvvati 5 kvt. Suyak uchun to’r uzunligi 130 mm va eni 5-25 mm bo’lgan to’g’ri 
burchakli teshiklardan iborat. 

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin