RDB-3000 bolg’achali maydalagich (don maydalagich). Ba’zi go’sht
korxonalarida qo’llaniladigan bunday maydalagichlar unumdorligi 1 t/soat.
Rotorning minutiga aylanishlar soni 2100, bolg’achalar soni 55, bolg’achalar
uzunligi 140 mm, eni 60 mm, qalinligi 20 mm, bolg’achalarning aylanma diametri
500 mm -ga teng.
Maydalagichning yuqorigi qismida suyak uchun iste’molchi va metall
aralashmalarini ajratish uchun magnitli seParator bo’lishidan tashqari, yuqorida
ta’kidlab o’tilgan maydalagichlar konstruktsiyasiga mos.
Bolg’achali maydalagichlar unumdorligi rotorning uzunligi va uning
aylanishlar soniga, bolg’achali rotor diametriga, hamda mahsulotning maydalanish
darajasiga bog’liq.
Po’lat bolg’achalar yuzasining yemirilishidan maydalagichning unumdorligi
kamayadi, shuning uchun bolg’achalarni almashtirish talab etiladi.
M a y d a l a s h - k e s i s h m a s h i n a l a r i .
139
Go’sht korxonalarida qo’llaniladigan maydalash-kesish mashinalariga kuch
bilan ishlaydigan maydalagichlar va ishchi organi maxsus shakldagi Pichoqlar
ko’rinishidagi maydalagichlar taalluqlidir.
Kuch bilan ishlaydigan SI-20 maydalagichi. Bu mashina (46-rasm) quruq
oqsilga boy yem ishlab chiqarishga va texnik yog’ni eritishga keladigan texnik
chiqindilar yoki suyaklar va konfiskatlar, go’sht tanasining suyak qismini dag’al
maydalash uchun mo’ljallangan.
46-rasm. Kuch bilan ishlaydigan SI-20 maydalagichi:
1-stanina;
2- yuklash bo’yni;
3- Pichoqli val;
4- shnekli Pichoqlar; 5-
qo’zg’almas Pichoqlar;
6- elektrodvigatel; 7-tasmali uzatma; 8-reduktor;
9- rama-
stanina;
10- chiqarish teshigi.
Mashina maksimal 600x750 mm o’lchamli xomashyo bo’lakchalarini
yuklanadigan yuklash bo’yniga 2 ega va shvellerdan 9 iborat ramaga o’rnatilgan
massivli Po’lat staninadan 1 iborat.
KorPusning ichida rotor-valga 3 mahkamlangan shahobchali shnek-
Pichoqlar 4 joylashgan. Pichoqli val 3, 39 ayl/min ega reduktor 8 va tasmali
uzatma 7 orqali 30 kvt quvvatli elektrodvigateldan 6 harakatga keltiriladi.
Elektrodvigatel tasmalarni kerakli taranglashishini ta’minlash uchun surilib,
taranglatuvchiga (salazkaga) o’rnatiladi.
SHneklar 4 shahobchalari orasida qo’zg’almas Po’lat Pichoqlar 5
mahkamlangan. Xomashyo aylanayotgan shneklar va qo’zg’almas Pichoqlar
orasiga tushayotib, 50x50 mm o’lchamgacha maydalanadi va tushirish teshigiga
10 shneklar yordamida korPus bo’ylab bir vaqtda siljiydi.
Kuch bilan ishlaydigan SI-20 maydalagichi unumdorligi soatiga 8-9 tonnani
tashki etadi.
Kuch bilan ishlaydigan maydalagich quvvati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
1000
AQ N =
kVt (5-5)
Bu yerda
A — amaliy yo’l bilan toPiladigan, go’sht tanasining suyak qismini
140
maydalashdagi solishtirma energiya sarfi
A = 3,2-3,5
kvt •soat/t, suyakni maydalash uchun
A = 3,6-3,9
kvt •soat/t; Q — maydalagich unumdorligi,
kg/soat.