I-modul. Boshqarish ilmining shakllanishi. 1-Mavzu: “Menejment tarixi” fanining nazariy asoslari. “Menejment” tushunchasi, fanning maqsad va uslublari. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi. Mavzu rejasi
I-modul. Boshqarish ilmining shakllanishi. 1-Mavzu: “Menejment tarixi” fanining nazariy asoslari. “Menejment” tushunchasi, fanning maqsad va uslublari. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi.
Mavzu rejasi:
1.“Menejment” tushunchasi. Menejment ob’ekti va sub’ekti.
2.“Menejment tarixi” fanining maqsad va uslublari.
3. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi.
Tayanch tushunchalar:
Menejment, ob`ekt, sub`ekt, boshqaruv, harajat, naf, baho, menejment tarixi, analitik usul, sintetik usul, fanlararo tahlil usuli, boshqaruv madaniyati.
1. “Menejment” tushunchasi. Menejment ob’ekti va sub’ekti.
Menejment - bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta'rifga binoan u:
- boshqaruv hokimiyati va san'ati;
- resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma'muriy ko’nikm*дalar tushuniladi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya'ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv-bu o’ziga xos yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo tanlovni to’g’ri bajara olishga, ma'qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilishni talab qiladi