Menejment fani bu - boshqaruvchiga tanlovni to'g’ri amalga oshirishni va oqil qarorni qabul qilishni o'rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo'g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
“Menejment tarixi” fanini o`rganish - bu insonning tabiati, uning faoliyati va tashkilotlarning faoliyati to`g`risida doimiy ravishda o'zgarishni o'rganishdir. Ushbu fan ko'p asrlik boshqaruv amaliyotiga asoslangan professional boshqaruv ongini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
Menejerlar ( Inglizcha – boshqaruvchi ) korxona va kompaniya egalari bo’lmagan yollanma malakali boshqaruvchilar. XIX asr va XX asr boshlarida menejment alohida – mustaqil fan sifatida shakllandi. Menejmentning amaliy qismi boshqarishning qonuniyatlari, jihatlari bilan bir qatorda aniq ishlab chiqarish jarayonida mehnat unumdorligini oshirish, malum holatlarda qatiy qarorlarni qabul qilishni o’rgatadi.
Menejment ob'ekti
Menejment ob'ekti haqida so'z yuritganda, eng avvalo, ob'ekt so'zining lug’aviy ma'nosiga e'tibor berish kerak bo'ladi. Shu ma'noda ob'ekt - bu:
- bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
- kishi-faoliyati, diqqat-e'tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;
- xo'jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo'lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va b.
Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub'ekti, ya'ni boshqaruv organlari yoki menejerlar-boshqaruvchilar bo'lib hisoblanadi.
Ob'ekti (boshqariluvchi hodisa, voqelik)
Sub'ekti (boshqaruv organi, rahbarlik)
2.“Menejment tarixi” fanining maqsad va uslublari.
“Menejment tarixi” fani
“Menejment tarixi” fanini o`rganish - bu insonning tabiati, uning faoliyati va tashkilotlarning faoliyati to`g`risida doimiy ravishda o'zgarishni o'rganishdir. Ushbu fan ko'p asrlik boshqaruv amaliyotiga asoslangan professional boshqaruv ongini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
Fanni o’zlashtirishda menejment shakllanishining ilk boshqichlaridan: Qadimgi Sharq mamlakatlarida, O'rta asr Evropada va ilm-fan rivojlangan davrgacha (XX asr boshlarigacha bo'lgan davr) yetarlicha batafsil o’rganilgan.