I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish


Marketinning funksional strategiyalari



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə72/97
tarix16.06.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#131102
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97
UMK

Marketinning funksional strategiyalari korxona tomonidan maqsadli bozorlarni tanlash va ular uchun mos strategiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Ular ham uch guruhdan iborat, ya’ni: bozorni segmentlash strategiyalari, mavqelashtirish va marketing kompleksi strategiyalari.
Marketingning instrumental strategiyalari korxonaga marketing kompleksi doirasida (tovar, narx, siljitish, sotish) maqsadli bozordagi marketing harakatlarining samaradorligini oshirish uchun eng yaxshilarini tanlab olishga (vujudga kelgan bozor holatini hisobga olgan holda) imkoniyat beradi. Strategiyalarni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: oziq-ovqat strategiyalari, narx strategiyalari, taqsimlash va siljitish strategiyalari.
Portfelli strategiyalar. Marketing amaliyoti «portfel»ni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan xo‘jalik bo‘linmalari, bir kompaniya yoki firma strategik birliklarining jamlanmasi ko‘rinishida ko‘rib chiqadi (moliya sohasida kapitallarni joylashtirishga o‘xshash holda). Bular asosida korxonaning turli faoliyat sohalarini ularning bozor ehtiyojlarini qondirish va har bir sohaga kapital qo‘yilmalarni amalga oshirishdagi o‘rni va roli nuqtai nazaridan boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar samarali hal etiladi. O‘z portfelining tahlili ko‘p profilli firmaga cheklangan resurslarni turli xil tovar bozorlari o‘rtasida taqsimlashga yordam berishi kerak. Korxona resurslarini bozor faoliyatining xo‘jalik yo‘nalishlarini tanlash asosida boshqarish «jozibalik — raqobatbardoshlik matritsasi» deb nomlanadigan Boston konsalting gruppasi (BKG) uslubidan foydalanish yordamida amalga oshiriladi. Bu uslub «Djeneral Elektrik» va «Makkenzi» firmalariga ham tegishlidir.
BKG matritsasida ikkita mezon qo‘llaniladi: o‘sishning marketing imkoniyatlari — korxona mahsulotiga talabning o‘zgarish sur’atlari ko‘rsatkichlari bozorning jozibaligi indikatori sifatida va ichki potensial — eng xavfli raqobatchiga nisbatan olingan bozor ulushi raqobatbardoshlik indikatori sifatida foydalaniladi.
Bozor o‘sishining sur’atlari muayyan bozor segmentida tovarlarning haqiqiy sotilishi bilan belgilanadi. Bunda «bozor o‘sishining sur’atlari» o‘qiga nisbatan o‘sishning yuqori va past sur’atlarni ajratib turuvchi asosiy chiziq mazkur tovarning bozorda sotilishini yoki korxona faoliyat yuritayotgan bozorning turli segmentlarida talab o‘sishi sur’atlarining o‘rtacha qiymatlariga mos kelishi mumkin.
Bozordagi ulush eng xavfli raqobatchi yoki bozor etakchisiga nisbatan hisoblanadi. Bunda «bozor ulushi» o‘qi uchun bo‘linish chizig‘i «1» orqali o‘tadi. Bu yerda qo‘yidagi qoida amal qiladi: agar korxona ulushi raqobatchi ulushiga nisbati 1 dan kam bo‘lsa, u past bo‘ladi, 1 dan katta bo‘lsa, u holda korxonaning ulushi baland bo‘ladi. To‘rtta kvadratdan har biri ham investitsiyalar, ham marketing strategiyalari nuqtai nazaridan alohida yondashuvlarni talab etadigan bir-biridan farq qiluvchi har xil vaziyatlarni tasvirlaydi. Bu yerda quyidagi strategiyalar amal qilishi mumkin:
«Yulduz» — rivojlanayotgan tarmoqda etakchilik qilayotgan tovar yoki tovarlar guruhining shartli belgilanishi. «Yulduz»lardan tushgan foyda juda muhimdir. Lekin shu bilan birga keyingi o‘sish uchun katta hajmdagi moliyaviy resurslar zarur bo‘ladi. Demak, firma strategiyasining asosiy maqsadi — etakchilykni saqlash va mustahkamlash. Buning uchun mahsulotni takomillashtirish, narxni pasaytirish, reklama tadbirlarini kuchaytirish, keng taqsimot kabilar maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Biroq tarmoq rivojlanishining sekinlashishi bilan «yulduz» «sog‘iladigan sigar»ga aylanadi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin