O‘sish strategiyalari bozor talablariga yaxshiroq javob berishi uchun korxona qaysi yo‘nalishda rivojlanish kerakligini, shuningdek, buning uchun o‘z resurslari yetarlimi yoki chetdan jalb qilish va o‘z faoliyatini diversifikatsiya qilish kerakligini aniqlaydi.
O‘sishni boshqarishni Ansoff matritsasi asosida amalga oshirish mumkin. Bu matritsa mahsulotlarni sotish istiqbollarining noaniqlik darajasiga yoki mazkur mahsulotning mazkur bozorga kirish imkoniyatlariga bog‘liq holda mahsulot va bozorlarni tasniflash uchun qurol hisoblanadi.
U yoki bu strategiyaning marketing jihatidan jozibaligi Ansoff matritsasi bo‘yicha sotilishlar kattaligi va kutiladigan xavf-xatar darajasi bilan aniqlanadi.
Sotilishlarning potensial hajmi mazkur bozor segmentining sig‘imi bilan, xavf-xatar darajasi esa (% ifodasida) ekspert yo‘li bilan belgilanadi. Olingan ko‘rsatkichlar mazkur strategiyani amalga oshirish uchun kutiladigan xarajatlar kattaligi bilan ham solishtiriladi. SHunday qilib, o‘sish strategiyasi muhim bo‘ladi, agar korxona bozordagi o‘zining tovarlari bilan bog‘liq bo‘lgan imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmagan bo‘lsa.
Korxonaning marketing urinishlari har bir strategik kvadrantning yo‘nalishini shartlab qo‘yadi. Xususan, bozorga kirish strategiyasi, qoida bo‘yicha, an’anaviy xaridorlar bilan tovarlarni rag‘batlantirish, bozor ulushini ko‘paytirish, raqobatchilardan xaridorlarni yoki yangi iste’molchilarni jalb qilish.
Bozor rivojlanish strategiyasi — bu asosan yangi iste’molchi segmentlarga, yangi hududiy bozorlarga va yangi sotish tarmoqlariga chiqish.
Mahsulot rivojlanish strategiyasi yaxshilangan yoki yangi tovarlarni tayyorlash (innovatsiya, yangi marka, assortiment modifikatsiyasi, mahsulot parametrlarini yaxshilash, instrumental va emotsional tavsiflarni rivojlantirish) hisobiga sotuv o‘sishiga yo‘naltirilgan.
Diversifikatsiya strategiyasi yangi bozorlar uchun mo‘ljallangan yangi mahsulotlar bilan bog‘liq. Albatta, bu strategiya qiyin va hatarli, chunki u korxonani yangi sohalarga olib chiqadi. Ularning muvaffaqiyati uchun yirik kadr va moliya resurslarini jalb qilish talab etiladi.