IV. AZOТLI ORGANIK BIRIKMALAR.
(47, 48, 49, 50, 51, 52, 53, 54, 55-darslar)
47-DARS. Azotli organik birikmalar. Nitrobirikmalar. Хossalari.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga azotli organik birikmalar haqida umumiy ma’lumot va nitrobirikmalar, ularning olinishi, xossalari, nitrobirikmalarni olinishi, nitrobirikmalar olishdagi organik moddalar haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars rejasi:
Azotli organik birikmalar.
Nitrobirikmalar.
Olinishi.
Хossalari.
Molekulasi tarkibida uglerod atomiga bevosita bog‘langan nitroguruh tutuvchi moddalar nitrobirikmalar deyiladi.
Bu darsda o‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagilarni tushuntiradi:
a) Nitrobirikmalar molekulasining tuzilishi
b) Izomeriyasi va nomlanishi.
CH3-NO2 -nitrometan
CH3(CH2)3-NO2 –1-nitrobutan
CH3CH2CH(CH3)-NO2 –2-nitrobutan
CH3C(CH3)(NO2)CH3 –2-metil-2-nitropropan
v) Olinish usullari.
to‘yingan uglevodorodlarni nitrolash (Konovalov reaksiyasi)
Тo‘yingan uglevodorodlarni monogalogenli hosilalariga nitrat kislota tuzlari ta’sir ettirib.
g) fizikaviy xossalari.
d) kimyoviy xossalari.
nitrobirikmalarni qaytarish
Uyga vazifa: O‘tilgan mavzulardagi nitrobirikmalarni o‘rganish.
48-DARS. Aminlar. Тuzilishi. Sinflanishi. Izomeriyasi. Nomlanishi. Fizik va kimyoviy xossalari.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning aminlar haqida 9- sinfda olgan bilimlari rivojlantiriladi.
Dars rejasi:
Aminlar. Тuzilishi.
Izomeriyasi.
Nomenklaturasi.
Olinishi.
Fizikaviy xossalari.
Kimyoviy xossalari.
Uglevodorod radikali -R bilan aminoguruh -NH2 ning birikishidan hosil bo‘lgan moddalar aminlar R-NH2 deyiladi.
NH3
|
RNH2
|
birlamchi amin
|
HNR1R2
|
ikkilamchi amin
|
NR1R2R3
|
uchlamchi amin
|
Shundan so‘ng aminlarni izomeriya va nomlanishi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, ishlatilishi haqida bilim, ko‘nikma va malaka beriladi.
Dars yakunida o‘quvchilar bilan quyidagi mashqlar bajariladi:
Ammiak bilan aminlarning xossalarini taqqoslovchi jadval tuzing va jadvalni kerakli tushunchalar bilan to‘ldirib, fikrlaringizni umumlashtiring.
Metandan foydalanib nitrometan olishga imkon beruvchi reaksiya tenglamasini yozing.
Aminlarning va ammiakning asosli xossalarini taqqoslang.
Uyga vazifa: Darslikdan aminlar mavzusini o‘qing va quyidagi savolga javob bering.
CH3NH3Cl tarkibli birikmada azotning valentligi va oksidlanish darajasini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |