Uyga vazifa: Darslikdan 139-bet. 6,7,8-savollar, 1,2-masala
40-DARS. Yog‘lar. Тabiatda uchrashi. Тuzilishi. Fizik va kimyoviy xossalari. Ishlatilishi.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga yog‘larning tuzilishi, tabiatda uchrashi, xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars rejasi: Yog‘lar.
Тabiatda uchrashi.
Тuzilishi.
Fizikaviy va kimyoviy xossalari.
Ishlatilishi.
Laboratoriya ishi №6. Yog‘lar bilan o‘tkaziladigan tajribalar (Darslikdan 140-bet)
Yog‘larning kimyoviy tarkibi fransuz olimlari E.Shevrel va M.Bertlolarning ishlari natijasida aniqlangan.
Yog‘lar-glitserin va karbon kislotalarning murakkab efirlaridir.
Yog‘lar
Qattiq yog‘lar
Suyuq yog‘lar
C3H5(OCO)3R1R2R3
C3H5(OCO)3R1R2R3
R1R2R3-to‘yingan yuqori molekulyar karbon kislotalar qoldiqlari (mn: stearin C17H35, palmitin C15H31)
R1R2R3-to‘yinmagan yuqori molekulyar karbon kislotalar qoldiqlari (mn: olein C17H33, linol C17H31)
Yog‘ning gidroliz soni. 1 g yog‘ning gidrolizlanishi natijasida hosil bo‘lgan alifatik kislotalarni neytrallash uchun ketgan o‘yuvchi kaliyning milligrammlar soni yog‘ning gidroliz soni deyiladi.
Yog‘ning yod soni. Yog‘ning to‘yinmaganligi ko‘rsatkichi 100 g yog‘ga birikadigan yodning grammlar soni yog‘ning yod soni deyiladi.
Yog‘ning tarkibida to‘yinmagan kislota qoldiqlaridagi qo‘sh bog‘ga galogenlar, jumladan yod birikadi. Qanchalik ko‘p yod biriksa yog‘ tarkibida qo‘shbog‘ shunchalik ko‘p deb hisoblanadi.
Uyga vazifa:Darslikdan 139-bet. 9-13 savollar va 3,4 mashq, masalalarni yechish.