I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


-DARS. Sovunlar. Sintetik yuvish vositalari. Тabiatni muhofaza qilish. Sirt aktiv moddalar va ularning ishlatilishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə42/61
tarix12.02.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#84021
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
10metqul

41-DARS. Sovunlar. Sintetik yuvish vositalari. Тabiatni muhofaza qilish. Sirt aktiv moddalar va ularning ishlatilishi.


Darsning maqsadi: O‘quvchilarga sovunlar va sintetik yuvish vositalarini tuzilishi, xossalari va amaliy ahamiyati haqida nazariy ma’lumotlar berish.


Dars rejasi:

  1. Sovunlar.

  2. Sintetik yuvish vositalari.

  3. Ishlatilishi.

  4. Тabiatni muhofaza qilish.

  5. Sirt aktiv moddalar.

Qattiq sovunlar yuqori molekulyar karbon kislotalarning natriyli tuzlari bo‘lib hisoblanadi.


C17H35COOH  NaOH  C17H35-COONa  H2O


C17H35-COONa-natriy stearat

Suyuq sovunlar yuqori molekulyar karbon kislotalarning kaliyli tuzlari bo‘lib hisoblanadi.


C17H35COOH  KOH  C17H35-COOK  H2O


C17H35-COOK-kaliy stearat

Yuqoridagi har ikki holatda ham Na2CO3 yoki K2CO3 dan foydalanish mumkin.


Sintetik yuvish vositalari yuqori molekulyar spirtlarning nordon sulfoefirlarining natriyli tuzlari bo‘lib hisoblanadi.

R-CH2OH  H2SO4  R-CH2OSO2OH  H2O


R-CH2OSO2OH  NaOH  R-CH2OSO2ONa  H2O
R-CH2OSO2ONa-sintetik yuvish vositasi.


Uyga vazifa: Darslikdan 137-138 betlarda joylashgan 15-jadvaldagi ma’lumotlarni o‘rganish.


7. UGLEVODLAR (42, 43, 44-darslar)

Uglevodlar haqida o‘quvchilar 9-sinf kimyo va biologiya kurslarida dastlabki tushunchalarga ega bo‘lishgan. Shuning uchun o‘quvchilarga 9-sinfda o‘rgangan mavzularni takrorlab chiqish topshiriq qilib beriladi.


O‘quvchilarning mustaqil ishlari tekshirilib, munozara qilinadi.



Uglevodlar 

 monosaxaridlar

glyukoza
 fruktoza
 riboza

 disaxaridlar

saxaroza
 laktoza

 polisaxaridlar

kraxmal
 sellyuloza

Monosaxaridlar uchun bir soat vaqt ajratilib (42-dars) unda glyukozaning siklik holatlari, - va -ko‘rinishlarini ochiq zanjirli ko‘rinishidan farq tomonlarini solishtirib o‘rganiladi.


Glyukozaning xossalarini, izomerlaridan fruktozaning xossalarini bir muncha chuqurroq o‘rganiladi.
Shuningdek, monosaxaridlar sinfiga kiruvchi, tirik organizmlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan RNK va DNK tarkibiga kiruvchi riboza hamda dezoksiriboza haqida bilimlar beriladi.
Laboratoriya ishi №7 ni bajarish. Glyukozaning mis (II)-gidroksid bilan o‘zaro ta’sirlashuvi. (Darslikdan 156-bet).
Disaxaridlar (43-dars) mavzusini quyida bilimlar bilan rivojlantirish kerak.

  1. Saxaroza mineral kislotalar ishtirokida qizdirilsa, gidrolizlanib, glyukoza va fruktoza hosil qiladi.

  2. Тabiatda tarqalishi.

  3. Olinishi.

Qand lavlagini maydalab kesish va suvda eritish  eritmani ohakli suv bilan ishlash  eritmani bug‘latish  tozalash  saxaroza.

  1. Fizik va kimyoviy xossalari.

Polisaxaridlar (44-dars) mavzusida o‘quvchilarning kraxmal va sellyuloza haqida, sun’iy tolalar haqida bilimlarini sinab ko‘rishdan boshlanib, quyidagi bilimlarni rivojlantirish bilan yakunlanadi.





  1. Kraxmal molekulasining tuzilishi.

  2. Sellyuloza molekulasining tuzilishi va kraxmal molekulasining tuzilishi bilan farq va o‘xshash tomonlari.

  3. Kraxmal molekulasining gidrolizlanishi.

  4. Sellyulozaning kimyoviy xossalari.

a) gidrolizi
b) nitrat kislotaga ta’siri
v) sirka kislotasiga ta’siri

  1. Sun’iy tolalar.

  2. Ishlatilishi.

  3. Laboratoriya ishi №8. Kraxmal bilan tajribalar o‘tkazish. (Darslikdan 157-bet).

Uglevodlar haqidagi bilimlarni umumlashtirish uchun quyidagi savollarga javob topiladi:


Darslikdan 155-bet 1-24 savolgacha, 1-3 hisoblashga doir masalalar yechiladi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin